Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida


II. Ko‘chmas mulk obyektlarining turar joy fondiga oid qismiga kadastr yig‘majildini tayyorlash


Download 1.82 Mb.
bet35/36
Sana26.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1656237
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
Vazirlar Mahkamasi 2020 yil 2 Sentyabr 535-son karoriga 1-ILOVA 23-bandiga asosan rad etish

II. Ko‘chmas mulk obyektlarining turar joy fondiga oid qismiga kadastr yig‘majildini tayyorlash

2.1.

Ko‘p kvartirali uydagi kvartira

Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,15 foizi

2.2.

Yakka tartibdagi turar joy

Obyektning 1 kvadrat metr ma�doni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,15 foizi

Izoh.
1. Umumiy maydonni aniqlashda barcha bino va inshootlarning umumiy maydoni hisobga olinadi.
2. I va II guruhlar nogironlari va Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uchun xizmatlar narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi.
3. Ushbu ilovaga muvofiq belgilangan davlat xizmatlari uchun jismoniy shaxslarga hisoblangan haq miqdorlariga quyidagi kamaytiruvchi koeffitsiyentlar qo‘llaniladi:
tumanlarda (shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar, tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar va tuman markazi hisoblangan shaharchalar bundan mustasno) — 0,9;
borish qiyin bo‘lgan va tog‘li hududlarda — 0,8.
(5a — 5v-ilovalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qaroriga
6-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 71-modda) bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilash tartibida:
a) 4.10-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ipoteka va ipoteka haqidagi shartnomani, shuningdek, ijara huquqini, yer uchastkasi bo‘yicha servitutni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda garov xatini rasmiylashtirish”;
b) 4.11.-pozitsiyaning “Davlat xizmatlarining nomi” ustunidagi “axborot” so‘zi “ma’lumotnoma” so‘zi bilan hamda “Ishlar narxi” ustunidagi “20 foizi” so‘zlari “3 foizi (har bir fuqaro uchun)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 4.12 va 4.13-pozitsiyalar qo‘shilsin:



4.12.

Ko‘chmas mulkka oid kadastr ma’lumotlarini taqdim etish

Bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi (davlat organlari uchun bepul)

4.13.

Shahodatnomaga ega bo‘lgan kadastr muhandisi tomonidan tayyorlangan kadastr yig‘majildiga asosan ko‘chmas mulkni hisobga olish va kadastr pasportini berish

a) bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari
b) ko‘chmas mulk obyektining kadastr qiymatini hisoblash talab etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari



v) Izohlar qismida:
1-banddagi “208” raqami “243” raqami bilan almashtirilsin;
2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Quyidagi hollarda davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun yig‘imlar undirilmaydi:
a) kadastr pasportini rasmiylashtirishda:
ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;
ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga;
rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;
kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan);
b) ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda:
fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda;
tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi o‘zgarganda”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 12-son, 318-modda) bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 5-bandning o‘n birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“kadastr pasporti — huquq egasiga beriladigan hamda ko‘chmas mulk obyekti va obyektning kadastr raqami haqida umumiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan plastik shaklda yoki qog‘oz shaklda beriladigan elektron hujjat”;
b) 6-bandning birinchi xatboshidagi “tegishli tuman (shahar)dagi filiallari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
v) 7-bandda:
birinchi xatboshiga “bekor bo‘lishi haqidagi axborot” so‘zlaridan keyin “va hujjatlarni” so‘zlari qo‘shilsin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
g) 71-bandning birinchi xatboshidagi “elektron shakldagi kadastr pasportini tayyorlash yakunlari bo‘yicha notariuslar tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda (ko‘chmas mulk bilan bitim tasdiqlanishidan avval)” va “bir vaqtning o‘zida” so‘zlari chiqarib tashlansin;
d) 9-bandning uchinchi xatboshidagi “texnik xatlovdan o‘tkazish” so‘zlari “kadastr pasportini tayyorlash” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 10 va 11-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquq turi yoki egasi o‘zgarganda, ushbu Nizomga asosan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng kadastr pasporti faqat ko‘chmas mulk obyekti mulkdorining ixtiyori va so‘roviga ko‘ra rasmiylashtiriladi.
Bunda ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki unda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lganda, obyektni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kadastr pasporti rasmiylashtirilgandan so‘ng amalga oshiriladi.
11. Ko‘chmas mulk obyekti mulkdorlari yoxud ushbu obyekt bo‘yicha ashyoviy huquqlar egalari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar yoki ularning vakolatli vakillari ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar vujudga kelganda, boshqa shaxsga o‘tganda, cheklanganda yoki bekor bo‘lganda yoxud ko‘chmas mulk obyektining huquqiy holati o‘zgargan kundan boshlab bir oy muddatda mazkur Nizomning 21, 22, 23, 30, 31, 32, 35, 38, 39, 40, 41, 42, 43-bandlarida ko‘rsatilgan huquqni belgilovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona davlat xizmatlari portali orqali, garov xati rasmiylashtirilganda esa — ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga murojaat qilishlari shart.
Arizada ko‘chmas mulk obyektining turi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan huquq, unga kadastr yig‘majildi tayyorlangan yoki qayta rasmiylashtirilgan ko‘chmas mulk obyektining nomi va u tayyorlangan sana (mavjud bo‘lsa) ko‘rsatiladi”;
j) 15-bandning beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“birlamchi kadastr yig‘majildining (kadastr pasporti) mavjud emasligi;”
z) 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun belgilangan yig‘im miqdori ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) tashkilotlarga, Markazga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron ravishda yuboriladi.”.
i) quyidagi mazmundagi 171 va 172-bandlar qo‘shilsin:
“171. Markazlar yoki tashkilotlar yig‘im summasi ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) kelib tushganidan so‘ng real vaqt rejimida bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali ariza beruvchini xabardor qiladi.
Ariza beruvchi xabarnomada ko‘rsatilgan miqdorda yig‘im summasini to‘laydi.
Reyestrdan ko‘chirma berish uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda ushbu bandda ko‘rsatilgan yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.
172. Yig‘imlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Markazlar orqali murojaat etganda:
20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘lar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk davlat korxonalari hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
b) ko‘chmas mulk “E-IJRO AUKSION” Yagona elektron savdo maydonchasida auksion orqali sotilganda va rieltorlik xizmatlari ko‘rsatilganda:
10 foizi — Davlat aktivlarini boshqarish agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘lar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk davlat korxonalari hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
v) tijorat banklari tomonidan uy-joyga nisbatan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda, shu jumladan qurilishi tugallangan uy-joyni rasmiylashtirishda:
10 foizi — tijorat banklarning bank hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘lar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk davlat korxonalari hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
g) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
qolgan mablag‘lar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk davlat korxonalari hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
d) notarial idora orqali murojaat etilganda:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
qolgan mablag‘lar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk davlat korxonalari hisobvarag‘iga o‘tkaziladi”;
k) 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Xabarnomada ko‘rsatilgan yig‘im to‘liq to‘langanidan so‘ng real vaqt rejimida markazlar yoki tashkilotlar xodimi tomonidan tizimdan mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda tegishli huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi elektron ko‘rinishdagi Reyestrdan ko‘chirma yuklab olish imkoni paydo bo‘ladi va ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra unga reyestrdan ko‘chirma elektron shaklda yoki qog‘oz shaklda berilishi mumkin.
Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi”;
l) quyidagi mazmundagi 211-band qo‘shilsin:
“211. “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasiga qo‘yish uchun tayyorlangan yer uchastkasi haqidagi materiallar ushbu yer uchastkasi bo‘yiicha kadastr yig‘majildi shaklida qabul qilinadi”;
m) 22-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining “Yer to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni amal qilgan davrda (1990 — 1998-yillarda) olingan yer uchastkalariga bo‘lgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat arxivlari tomonidan tasdiqlangan quyidagi hujjatlar asos bo‘ladi, shuningdek, mazkur hujjatlar davlat arxivlari saqlovida mavjud bo‘lmagan yoki ularni topish imkoni qolmagan taqdirda, o‘rnatilgan tartibda sudning qarori bilan belgilanadi:”;
n) 23-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston SSRning Yer kodeksi amal qilgan davrda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining olingan yer uchastkalariga bo‘lgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat arxivlari tomonidan tasdiqlangan quyidagi hujjatlar asos bo‘ladi, shuningdek, mazkur hujjatlar davlat arxivlari saqlovida mavjud bo‘lmagan yoki ularni topish imkoni qolmagan taqdirda, o‘rnatilgan tartibda sudning qarori bilan belgilanadi:”;
o) 27-bandda:
quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar qo‘shilsin:
“Yakka tartibdagi turar-joy noturar joy toifasiga o‘tkazilgan taqdirda, yer uchastkasi doimiy foydalanish huquqida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Noturar joy yakka tartibdagi turar-joy toifasiga o‘tgazilganda, yer uchastkasi meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi”;
uchinchi — o‘n uchinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi — o‘n beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
p) 35-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlar tegishli loyiha tashkiloti tomonidan ularning qurilishi boshlanganligi tasdiqlangan taqdirda, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi mumkin. Bunda bino va inshootning poydevor va birinchi qavati devorlarining qurilish ishlari yakunlanganligi qurilishni boshlangan deb topish uchun asosi hisoblanadi”;
uchinchi xatboshidagi “Qurilishi tugallanmagan” so‘zlaridan keyin “turar va” so‘zlari qo‘shilsin;
r) 39-bandda:
o‘ninchi xatboshidagi “tasarruf etish huquqi bilan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
o‘n ikkinchi xatboshidagi “sifatida berish” so‘zlaridan keyin “(turar joy obyekti bo‘lsa, notarial tasdiqlangan)” so‘zlari qo‘shilsin;
o‘n uchinchi xatboshidagi “qaytarib berish” so‘zlaridan keyin “(turar joy obyekti bo‘lsa, notarial tasdiqlangan)” so‘zlari qo‘shilsin;
o‘n beshinchi xatboshidagi “hokimining” so‘zi “qurilish bo‘limlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
s) 42-bandda:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qo‘shilsin:
“tasarruf etish huquqisiz berilgan davlat orderi;”
beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
t) 51-bandga quyidagi tahrirdagi to‘qqizinchi xatboshi qo‘shilsin:
“yer uchastkasiga bo‘lgan huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganda”;
u) 54-bandning ikkinchi xatboshidagi “davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya Milliy markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
f) 55-bandda:
birinchi xatboshida:
“notarial idoralar” so‘zlaridan keyin “va tijorat banklari” so‘zlari qo‘shilsin;
“davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga” so‘zlari “Markazga” so‘zi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Markaz ipoteka to‘g‘risidagi shartnomani yuridik va jismoniy shaxslar arizalari, shuningdek notarial idoralar va tijorat banklari tomonidan elektron shaklda tuzilgan qonun asosida ipoteka shartnomasi haqida axborotlar asosida ro‘yxatga oladi va ipoteka taqiqi qo‘yadi.”;
x) 56-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ” so‘zlari “Markaz” so‘zi bilan almashtirilsin;
ch) 60-bandning birinchi xatboshidagi “davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ” so‘zlari “Markaz” so‘zi bilan almashtirilsin;
sh) 89-banddagi “organning” so‘zi “organ va Markazning” so‘zlari bilan almashtirilsin.
e) 3-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling