Kadrlar tayyorlash milliy dastirining umumiy qoidalar o’zbek tilini davlat tili sifatida o’qitish
Download 443.74 Kb.
|
22 talik mavzu hammasi bittada 3 listdan 22B1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashqi hujjat
- Sodda hujjat
- 2. Xizmat oluvchilarni xabardor qilish
- 3. Xizmat ko‘rsatish
- 4.Xizmat ko‘rsatish tartibi
Ichki hujjat – muassasa yoki korxonani o‘zida tuzi-ladigan va shu korxona ichida foyda-laniladigan hujjatlardir. Bularga xo-dimning shaxsiy vara-qasi, majlis bayonnomasi, ichki buyruq va boshqalar kiradi.
Yoki xizmat yozishmalarida mana bunday qoliplashgan so‘zlardan foydalanish mumkin:. 1) “Sizga . . .ni ma’lum qilamiz”;“Sizga . . .ni bildiramiz”; “Sizga . . .ni eslatamiz”;2) “. . . yordam tariqasida . . .”, “. . . munosabat bilan . . . ”, “. . . qaroriga muvofiq ravishda . . .”3) “. . . ga zavod ma’muriyati qarshi emas”; “. . . ga zavod kafolat beradi” va h.k. O`zbek tilidagi hujjatchilik takomillashaborgani sari, bunday qoliplashgan birikmalar ham ko`payib, mukammalashib boradi. Buning natijasida hujjatlarni tuzish va rasmiylashtirishishi ham bir qadar yengillashadi. Anashu qoliplashgan birikmalarning ishtirokiga ko`ra, hujjatchilar “hujjatlar yozilmaydi, balki tuziladi” deydilar. Tashqi hujjat – korxonaga, boshqa tash-kilot va ayrim shaxslardan keladigan hujjatlardir. Bularga taklifnoma, ishonchnoma, yo‘riqnoma, kafolatxati, tavsiyanoma va boshqalar kiradi. Hujjatshunoslikda hujjatlar bir necha jihatlarga ko‘ra tasnif qilinadi. Tasnifnomada mutlaqo bir xil guruhlantirish mavjud bo‘lmasa-da, har qalay ularni bir qadar yagonalashgan holda guruhlantirish mumkin. Hujjatshunoslikdagi ana shu an’anaga ko‘ra ish yuritishdagi hujjatlar quyidagicha tasniflanadi: 2.Mazmuniga ko‘ra sodda vamurakkabhujjatlar farqlanadi: Sodda hujjat – bir masalani o‘z ichiga oladigan hujjatdir. Bulargaariza, e’lon, tilxat, kafolatxativa boshqalar kiradi. 3.Mazmun bayonining shakli jihatidan xususiy, namunaviy, qoliplihujjatlar farqlanadi. Tashkilot hujjatlari va ularni tahlil qilish 1. Xizmatning tavsifi (pasporti) 1.1. Xizmatning nomi Tashkilotlar ish yuritishida hujjatlarni tashkil etish bo‘yicha ichki me’yoriy va uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish va ularning hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha faoliyatini o‘rganish. 1.1.1. Xizmat turlari: tashkilotlar ish yuritishida hujjatlarni tashkil etish bo‘yicha ichki me’yoriy va uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish va ularning hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha faoliyatini o‘rganish bo‘yicha ishlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: tashkilotning ish yuritish va arxiv ishini hamda idoraviy arxivni yalpi o‘rganish; tashkilotlardagi arxiv ishi va ish yuritishni tashkil etish bo‘yicha konsalting xizmati ko‘rsatish; tanlangan mavzu bo‘yicha idoraviy arxiv faoliyatining ayrim yo‘nalishlari va tashkilotning ish yuritish xizmatini o‘rganish va yanada takomillashtirish yuzasidan tashkilotga tavsiyalar, maslahatlar berish; sohaviy va tarmoq (xujjatlarni saklov muddati kursatilgan) ro‘yxatlarini tuzish; namunaviy, taxminiy va alohida yig‘majildlar nomenklaturasini tayyorlash; ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqish; tashkilotning idoraviy arxivi va ekspert komissiyasi to‘g‘risida nizomlarni ishlab chiqish; davlat saqloviga topshirilishi lozim bo‘lgan hujjatlarning ro‘yxatini tayyorlash; davlat saqloviga topshirilishi lozim bo‘lgan ilmiy-texnikaviy hujjatlar, loyihalar, muammolar (mavzu) ro‘yxatini tayyorlash; tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarining idoraviy saqlovini tashkil etilishi to‘g‘risida statistik hisobotlarni tuzish. 1.2. Xizmatning natijasi: ko‘rsatilgan xizmat natijasida tashkilotlarga tegishli uslubiy ko‘rsatmalar beriladi va ichki me’yoriy, uslubiy hujjat tayyorlab beriladi. Muddati - cheksiz. 1.3. Xizmat ko‘rsatuvchi organ va blanklar olish joyi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb yuritiladi) tizimidagi xizmatlar nomenklaturasida mazkur xizmat turi kiritilgan davlat arxivlari. 1.4. Huqukiy asoslar: O‘zbekiston Respublikasining 2010 yil 15 iyundagi “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonuni; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mhkamasining 1999 yil 12 yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlash to‘g‘risida”gi 12-son qarori; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mhkamasining 1999 yil 29 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tadiqlash haqida”gi 140-son qarori; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 30 oktyabrdagi “Arxiv ishi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 482-son qarori; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 26 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 194-son qarori; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 5 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 101-son qarori; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 22 apreldagi “Arxivlarning asosiy ish turlari bo‘yicha vaqt va ishlab chiqarish namunaviy normalari to‘g‘risida”gi 100-son qarori; O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014 yil 12 sentyabrda 2615-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan pulli asosda ko‘rsatiladigan xizmatlar nomenklaturasini tuzish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom”. 1.5. Xizmatni oluvchilar: yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda buyurtmachilar). 1.6. So‘rov taqdim etish muddati: so‘rovlarni taqdim etish muddatlari, qoida tariqasida belgilanmaydi. 1.7. So‘rovni ko‘rib chiqish muddati: rasmiy xatlar davlat arxiviga kelib tushgan kundan e’tiboran 15 kun ichida ko‘riladi; qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa 1 oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi; so‘rovni ko‘rib chiqish muddati uzaytirilsa bu haqda murojaat etuvchiga xabar qilinadi; takliflar davlat arxiviga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi; qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno, bu haqda taklifni kiritgan yuridik shaxsga o‘n kunlik muddatda yozma shaklda xabar qilinadi. 2. Xizmat oluvchilarni xabardor qilish 2.1. Ma’lumot tarkibi va hajmi har bir murojaat qilgan shaxsga quyidagi ma’lumotlar taqdim etilishi kafolatlanadi: xizmat ko‘rsatuvchi organning joylashgan joyi, uning ish vaqti jadvali, hujjatlarni qabul kilish tartibi; xizmat olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati; arizani ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im to‘lash tartibi; xizmat olish tartibi; xizmat ko‘rsatish muddati; xizmatning reglamenti mavjudligi va reglament bilan tanishish usullari. 2.2. Keng xabardor qilish: tashkilotlar ish yuritishida hujjatlarni tashkil etish, ichki me’yoriy va uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish va ularning hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha faoliyatini o‘rganish yuzasidan ma’lumotlarni Agentlikning rasmiy veb-saytidan (www.archive.uz) va davlat arxivlarining jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish xonalari e’lonlar taxtasidan olish mumkin. 2.3. So‘rov bo‘yicha xabardor qilish: xizmat oluvchi yoki uning vakili ma’lumot olish uchun quyidagi usullarda murojaat kilishi mumkin: yozma ravishda: soat 9-00 dan 17-00 gacha bevosita yoki pochta aloqasi vositasi orkali amalga oshiriladi. Xat shakli, zarur ma’lumotlar tarkibi ko‘rsatilgan holda, ixtiyoriy ravishda tuziladi; telefon orqali: soat 9-00 dan 18-00 gacha xizmat olish buyicha savollar yuzasidan og‘zaki xabardor qilish (5 daqiqadan ortiq bo‘lmagan xolda). Tushlik vaqti soat 13-00 dan 14-00 gacha; elektron pochta orqali 9-00 dan 17-00 gacha (dushanbadan juma kunlarigacha) turli xil yozma (DOC, RTF, PDF) shaklda. 2.4. Xizmat ko‘rsatish joyida xabardor qilish: manzil: 100043, Toshkent shahri, CHilonzor 2; mo‘ljal: “O‘zbekfilьm” kinostudiyasi binosi oldida; jamoat transporti bekati: CHorsudan 84 va 103-son avtobuslar “Kinostudiya” avtobus bekati, "Milliy bog‘" metro bekati. Foydalaniladigan xujjatlar blanklari (shakllari): Agentlik tizimidagi tegishli davlat arxivi direktori buyrug‘i bilan tasdiqlangan shakl bo‘yicha shartnoma rasmiylashtiriladi. 3. Xizmat ko‘rsatish 3.1. Ish vaqti: ish kunlari soat: 9-00 dan 18-00 gacha, dushanbadan jumagacha. tushlik vaqti soat: 13-00 dan 14-00 gacha. 3.2. Kutish shartlari: kelishuv asosida belgilanadi. 4.Xizmat ko‘rsatish tartibi 4.1.Zarur hujjatlar: buyurtmachi davlat arxiviga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: rasmiy xat; yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli; tashkilot joylashgan joyi (pochta manzili); bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami; yuridik shaxs tartibga keltirilishi mo‘ljallanayotgan hujjat turlari va miqdori xatta ko‘rsatilgan holda. Download 443.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling