Kadrlar tayyorlash milliy dastirining umumiy qoidalar o’zbek tilini davlat tili sifatida o’qitish


Download 443.74 Kb.
bet15/16
Sana19.06.2023
Hajmi443.74 Kb.
#1611005
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
22 talik mavzu hammasi bittada 3 listdan 22B1

TIJORAT YOZISHMALARI


Reja:

  1. Diplomatik hujjatlar turlari

  2. Xizmat xatlari

  3. Tijorat xatlari

Bunday yozishmalar tashkilotlarning bitim (shartnoma)lar tuzish va ularni bajarish bilan bog`liq bo’lgan tashqi iqtisodiy rasmiy faoliyatining turli tomonlarini ifodalab, o`z yo`nalishi, o`zining huquqiy va iqtisodiy ahamiyatiga ega.
Xalqaro aloqalarda qabul qilingan tijorat xatlarining hozirgi shakli, uning yozilish odobi bundan 150 yil muqaddam Angliyada yuzaga kelgan. Uzbekistan mustaqillikka erishgach, tashqi iqtisodiy aloqalar yo’lga qo’yilishi bilan, uz- uzidan xalkdro ish yuritishda udum bo’lgan hujjatlar, jumladan, tijorat yozishmalari ham yo’lga kuyildi.
Xizmat xatlarining asosiy turlari — iltimos xat, minnatdorchilik xati, axborot xat, kafolat xati, ilova xat, inkor xati, taklif xat kabilar tijorat sohasida ham keng qo’llanadi. Tijorat yozishmalarida shartmomasimon hujjatlar - so`rovnoma, oferta (taklif xat), buyurtma xat, akqept (shartnomaga rozilik xati), shuningdek, bank hujjatlari — schyot, faktura ham o`ziga xos ko’rinishda keng ishlatiladi.
Tijorat xatlarining yozilish uslubi, ran ko’rilishi, suz birikmalari kuproq diplomatik xujjatlarga yaqin turadi. Ular mujmal, noaniq fikrdan xoli bo’lishi, izchil va tugal takliflarni yoritishi, eng muxdmi, iliq iltifotli, sami- miy ruvda bayon etilishi lozim.
Tijorat xati diplomatik xatlarga yaqin lisoniy qoliplarga, so’z birikmalariga ega. Chunonchi, xatning murojaat qismida quyidagi e’zoz-xurmat so’zlari ishlatiladi: «Janob...», «Mister...», «Muxtaram», «Xonim...», «Qadrli», «Aziz...» va boshhalar.
Xatning xulosa qismi xam iltifotli suz va iboralar bi­lan yakunlanadi: «Sizga chuqur hurmat bilan», «Kamoli ehtirom ila», «Eng ezgu tilaklar ila» va h.k.
Tijorat xatlarining asosiy matnida quyidagi birikmalar ko’p qo’llanadi: «....bayon etilgan»;«.... (sana) yozilgan xatingizni olib mamnun bo’ldik»; «Bizning taklifimiz haqida Siz nima deysiz»; «Siz bitim loyihasiga rozimisiz»; «.... bo’yicha Sizning iltimosingizni qo’llab-quvvatlaymiz»; «Ushbu maktub orqali Sizga minnatdorchilik izxhor etmoqchiman»; «Buyurtmangizni ko’rib chiqishga tayyormiz va Sizlar bilan hamkorlik qilishdan mamnunmiz»;«.... kabi masalalar bo’yicha Sizlar bilan o’zaro foydali iqisodiy aloqa o’rnatmoqchi edik»; «Bu bizning istakka ham muvofiq keladi»; «Sizlarning dastgohlaringizni olishdan manfaatdormiz, buyurtma berishni mo’ljallayapmiz» va h.k.
Tijorat-xatlari vazifasiga ko’ra asosan 2 turga bo’linadi: so’rov — so’rovga javob; oferta (taklif) — taklifga javob. Amaliyotda tijorat xatlarining da’vo (reklamaqiya) —da’voga javob shakli ham uchrab turadi.Tijoriy xatlarning aynan shu turlari tomonlar o’rtasidagi hujjat almashtirish jarayonini belgilaydi.

Download 443.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling