Kadrlar tayyorlash milliy dasturi umumiy qoidalar
Download 494.39 Kb. Pdf ko'rish
|
Publitsistik nutq uslubi.Publitsistik maqolalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- T a v s i f n о m a.
ARIZA Muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat. Ariza ijtimoiy hayotda eng ko‘p qo‘llaniladigan va keng tarqalgan ish qog‘ozidir. Maktab o‘quvchisi va talaba, ishchi va dehqon, muhandis va olim, xizmatchi va yuqori mansabdor shaxs – jamiyatning barcha a’zosi ariza yozishdan xoli emas. Ariza yozuvchilarning yoshi va ijtimoiy vazifasi turlicha ekan, ariza yo‘llanayotgan muassasalar va idoralar ham xilma-xildir. Arizalar bog‘cha mudirasiga, maktab direktoriga, oliy o‘quv yurti rektoriga, magazin mudiriga, kolxoz boshqaruviga, korxona rahbariyatiga – xullas, oddiy arizachining taklif, iltimos yoki shikoyatini ko‘rib chiqib hal qila oladigan har qanday idora, har qanday boshliq nomiga yozilishi mumkin. Hajmi, uslubi va turidan qat’i nazar, ariza o‘zining umumiy zaruriy qismlariga ega va u ana shu qismlarning izchilligi asosida tuziladi. Arizaning zaruriy qismlari: Ariza yo‘llangan muassasaning yoki mansabdor shaxsning nomi. Ariza yozuvchining turar joyi, vazifasi, ismi, otasining ismi va familiyasi. Hujjatning nomi (Ariza). Asosiy matn (taklif, iltimos, shikoyat). Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar nomi (agar zarur deb topilsa). Ariza yozuvchining imzosi, ismi va otasining ismini bosh harflari, familiyasi. Ariza yozilgan vaqt (yil, kun va oy). T a v s i f n о m a. Ma’lum bir shaхsning mеhnat va ijtimоiy faоliyati, shuningdеk, uning uziga хоs hislat va fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjat. Tavsifnоma muassasa ma’muriyati tоmоnidan o‘z хоdimiga bir qancha maqsadlar uchun (o‘quv yurtiga kirishda хоrijiy mamlakatlarga ishlash va bоshqa yumushlar uchun kеtishda, lavоzimga tayyorlashda yoki shahоdatlantirishda va bоshqalarda) bеriladi. MA’LUMOTNOMA Bo‘lgan voqea yoki mavjud holatlarni bildirish-axborot berish mazmunida ifodalaydigan hujjat. Ma’lumotnomalar, odatda, yuqori idora, mansabdor shaxs hamda oddiy kishilarning ko‘rsatmasiga, talabiga yoki iltimosiga binoan tuziladi hamda so‘ralayotgan yoki iltimos qilinayotgan axborot va ma’lumotlarni o‘zida aks ettiradi. Ma’lumotnoma o‘z xususiyati va mazmuniga ko‘ra ikkiga: xizmat ma’lumotnomasi va shaxsiy ma’lumotnomaga bo‘linadi. Rasmiy xizmat ma’lumotnomasida bosma ish qog‘ozidagi yozuvlardan tashqari, yana quyidagi zaruriy qismlar bo‘ladi: Hujjat jo‘natiladigan yuqori idora yoki mansabdor shaxsning nomi (bosma ish qog‘ozining yarmidan o‘ng tomonga yoziladi). Shaxsiy ma’lumotnomalar quyidagi zaruriy qismlarni o‘z ichiga oladi: Ma’lumotnoma beruvchi tashkilotning nomi. Ma’lumotnomaning tartib raqami va berilgan sanasi. Hujjat turining nomi (Ma’lumotnoma). Ma’lumotnoma berilayotgan shaxsning ismi, otasining ismi va familiyasi Ma’lumotnoma matni (u tasdiqlayotgan voqea yoki holat bayoni). Ma’lumotnomaning maqsadi (ma’lumotnoma ko‘rsatiladigan, taqdim etiladigan joy nomi). Mansabdor shaxs(lar) ning imzosi (lavozimi va familiyasi). Muhr. Dastlabki uch zaruriy qism bosma ish qog‘ozida (bosma ish qog‘ozi bo‘lmagan hollarda to‘rtburchak muhrda) o‘z aksini topgan bo‘ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling