Kadrlar xizmatida ish yuritishning mohiyati


Fanning maqsadi va vazifalari


Download 16.95 Kb.
bet2/3
Sana18.03.2023
Hajmi16.95 Kb.
#1281848
1   2   3
Bog'liq
Kadrlar xizmatida ish yuritishning mohiyati

1.2.Fanning maqsadi va vazifalari
Kadrlar xizmatida ish yuritish fani boshqa fanlarga o‘xshash holda o‘ziga tegishli ijtimoiy munosabatlar tizimini o‘rganish va tartibga solish, nazariy-amaliy qoida-tartiblar tizimiga ega. Hujjatshunoslik fanlar tizimining alohida sohasi sifatida ushbu fan muassasalaming asosiy vazifalarini bajarish uchun xodimlar faoliyatiga doir ish yuritishni tashkil etish, ulaming mehnat stajini yoritish va ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlami rasmiylashtirishni o‘rgatishga yo‘naltirilgan maqsad va vazifalarga ega.
Fanning asosiy maqsadi kadrlarni boshqarish ishini to‘g‘ri tashkil etish bilan bog‘liq huquqiy-me’yoriy hujjatlar, shaxsiy tarkib hujjatlari turlari va ulami rasmiylashtirish tartibini o‘rgatishga qaratilgan. Shuningdek, kadrlar xizmatida ish yuritish fanining maqsadi tashkilot, muassasa, korxonani boshqarish sohasidagi tarixiy tajribani o‘rgatish orqali malakali kadrlar boshqaruvi mutaxassislarini tayyorlashda o‘z ifodasini topadi. Ushbu maqsadni amalga oshirishda quyidagi vazifalarni yechish talab etiladi:
— shaxsiy tarkib hujjatlari mazmuni va mohiyatini o‘rganish;
—turli xil muassasalaming tuzilishi hamda faoliyatini o‘rganish;
— muassasalaming shaxsiy tarkib hujjatlarini shakllantirish va rasmiylashtirish borasidagi huquq va majburiyatlari, vazifalarini yoritish;
— zamonaviy xodimlar bo‘limi ish yuritish tizimini takomillashtirishning vosita va yoilarini tushuntirish.
Kadrlar xizmatida ish yuritish deb korxona va tashkilotlardagi yuz beradigan jarayonlami tegishli hujjatlarda aks ettirib, ulami tartib bilan saqlab qo‘yish jarayonlariga aytiladi.
Kadrlar xizmatida ish yuritishning bevosita asosini hujjatlar tashkil etadi. Har qanday korxona, tashkilot yoki firma boiishidan qat'iy nazar xo‘jalik faoliyatini hujjatlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun har bir korxona o‘zining hujjatlariga egadir.
Hujjatlar kishilik jamiyatini uzluksiz faoliyatini tartibga solib turadi. Hujjatlar kechagina vujudga kelgan emas balki, kishilik jamiyati shakllanishi bilanoq bu jamiyat a’zolari o‘zaro munosabatlaridagi muayyan muhim holatlami muntazam va qat’iy qayd etib borishga ehtiyoj sezganlar.
Hujjatlashtirish jarayoni davomida huquqiy kuchga ega bo‘lgan hujjat (lotincha “documentum” - “shahodat”, “isbot”) so‘zidan yuzaga keladi. Boshqaruvga yuklatilgan funksiyalar ifodasini ta’minlashning vositasi boigan hujjatda boshqaruv faoliyatining barcha shakl va usullari o‘z ifodasini topadi. Hujjatni rasmiylashtirishda uning huquqiy kuchga ega bo‘lishini ta’minlovchi majburiy axborot elementi rekvizitdir. Hujjat rekvizitlari odatda davlat standartlari bilan aniq belgilab qo‘yiladi.

Download 16.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling