Kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash va malakasini oshirish asosiy xususiyatlar
Download 153.81 Kb.
|
4-mustaqil ish beznes
- Bu sahifa navigatsiya:
- Venchur va innovatsiya tuzilmalari
Loyixaviy tuzilma - bu aniq vazifani hal etish uchun tashkil etiladigan vaqtinchalik tashkilotdir. U funksional bo‘linma ichida tashkil etiladi.
Matritsali tuzilma loyixaviy tuzilmalarining rivoji (takomili) hisoblanadi. U taqsimlashning ikki turi: vazifalar bo‘yicha va mahsulot bo‘yicha taqsimlashning uyg‘unlashuvidir. Venchur va innovatsiya tuzilmalari loyixaviy (dasturiy-maqsadli) tashkiliy tuzilmalarining zamonaviy ko‘rinishi hisoblanadi. Biznesda tavakkal ish innovatsiyalar, ya’ni yangi texnologiyalar, tovarlar yoki xizmatlarni ishlab chiqarishni tashkil etishda qo‘llaniladi. Strukturaga o‘zgartirishlar kiritish va uni almashtirish -bu jahon amaliyotidagi doimiy jarayondir. AQSH firmalarida, G‘arbiy Yevropa va rivojlangan Sharq davlatlarida boshqaruv strukturasi o‘rtacha 3-5 yilda almashtirib turiladi. Masalan, bozorga qadoqlangan tovarlar taklif qiladigan “KRAIT FOODS“ kabi korxonalar odatdagi tovar va uni markasini boshqarishga asoslangan struktura o‘rniga asosiy e’tiborni o‘z iste’molchilariga qaratuvchi kombinatsiyalashtirilgan (aralash) strukturaga o‘tmoqda.1Bunda korxonalar tashkiliy strukturalari asosan 3 ta ishchi guruhidan iborat bo‘lib, birinchi guruh maqsadli segmentlarga iste’molchilarga xizmat ko‘rsatadi. Logistika bo‘limii vazifasini bajaruvchi uchinchi guruh mol yetkazib beruvchilar bilan optimal aloqani tashkil qilish natijasida tovarlarni o‘z vaqtida yetkazib berishni ta’minlaydi. Bundan tashqari, strategik integratsiya guruhi mavjud bo‘lib, bu barcha ishchi guruhlar faoliyatini muvofiqlashtirib, kompaniyaning umumiy strategiyasini ishlab chiqadi, bozor sharoitini o‘rganadi. Ayrim hollarda bunday tashkiliy strukturalarda odatdagi funksional bo‘limlarni saqlab qolgan holda, ayrim bir biznes jarayonning pirovard natijalari uchun javob beruvchi ishchi guruhlar tashkil qilinadi, funksional bo‘limlar ishlarini muvofiqlashtirib, keskin raqobat sharoitida korxonaning yuqori samaradorlik bilan faoliyat ko‘rsatishi ta’minlanadi.Yuqorida ko‘rsatilgan strukturaviy o‘zgarishlarning bosh omili bozor talablariga tezlikda moslashib, biznesning barcha sohalarida raqobatchilardan ko‘ra ustunlikka erishishdiir. Masalan, LIMITED kompaniyasi ishlab chiqarayotgan mahsuloti - ayolar kiyim-kechagini iste’molchilariga bir necha oyda yetkazib beruvchi raqobatdoshlariga qaraganda o‘zi ishlab chiqarib va bir necha hafta ichida iste’molchilarga yetkazib bermoqda. Bu kompaniyaga raqobat kurashida yuqori darajada ustunlikka erishishiga yordam bermoqda. Download 153.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling