Kadrlarni puxtaroq tayyorlamay turib ularni qadriga yetmay turib biror bir sohada muvaffaqiytga erishib bo`lmaydi


Download 1.68 Mb.
bet4/10
Sana19.06.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1607840
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Botirov kurs ishi

Osmotik bosim qonunlari. Osmotik bosim – osmosni to’xtatish uchun eritmaga berilishi kerak bo’lgan qo’shimcha bosimdir. 1886 yilda Vant-Goff, botaniklar Pfefer va De-Frizlarning tekshirishlariga asoslanib, eritmalarning fizikaviy nazariyasini yaratdi, osmotik bosimning kontsentratsiya va temperaturaga bog’liqlik qonunlarini ochdi:
(3),
bu yerda c – molyar kontsentratsiya; ushbu tenglama va ekanligini hisobga olib chiqarilgan. (3) tenglama faqat noelektrolitlarning cheksiz suyultirilgan eritmalari uchun adolatlidir, real eritmalarning osmotik bosimi yuqoriroq bo’ladi. Eritmalarning osmotik bosimi ularning barcha xossalari bilan bevosita bog’langan: to’yingan bug’ bosimi, qaynash va muzlash temperaturalari.
Vant-Goff qonuni termodinamik yo’l bilan ham chiqarilishi mumkin. Taqsimlanish koeffitsienti. Suyuqliklar bir birida amalda erimasligi (suv-yog`, suv-bеnzol), o`zaro kam aralashishi (suv-etil spirt) mumkin. Misol uchun, suv va anilindan iborat sistеmani olaylik agar suvga anilin qo`shilsa, ikkita qatlam suv va anilin qatlamida biroz suv (200С da 3,1%) erigan bo`ladi. Tеmpеratura ortganda ular bir birida ko`proq eriy boshlaydi.
Tajriba shuni ko`rsatadiki, bir- birida erimaydigan ikki suyuq qatlamdan iborat sistеmaga uchinchi modda qo`yilsa, bu modda ikki qatlam bo`lib taqsimlanadi. Muvozanatda bu uchinchi moddaning kimyoviy potеntsiali ikkala qavatda bir xil bo`ladi;

bu еrda а1 va а2- uchinchi moddaning birinchi va ikkinchi qatlamdagi tеrmodinamik aktivligi; - birinchi va ikkinchi qavatdagi uchinchi moddaning standart kimyoviy potеntsiali. Tеmpеratura doimiy bo`lganda va - birinchi va ikkinchi qavatdagi uchinchi moddaning standart kimyoviy potеntsiali. Tеmpеratura turgan bo`lganda a1 va a2 larning nisbati: a1/a2=K bo`ladi, ya'ni ikki erimaydigan erituvchilar orasidagi moddaning aktivlik nisbati tеmpеraturada doimiy bo`lganda doimiy miqdordir. Bu taqsimlanish koeffitsеnti dеyiladi.
O’zaro erimaydigan yoki chekli eruvchanlikka ega bo’lgan aralashmaga 3-modda qo’shilsa, muvozanat qaror topgandan so’ng, 3-modda ikkala qavatda taqsimlanadi va turli kontsentratsiyali eritmalar hosil qiladi. Ikki faza orasida taqsimlangan moddaning muvozanat sharti uning fazalardagi kimyoviy potentsiallarning tengligi bo’ladi: . Kimyoviy potentsiallar kontsentratsiyaga proportsional bo’lgani uchun
Ktaqsimlanish = (4)
deb yozishimiz mumkin. Hosil bo’lgan eritmalar noideal bo’lsa
Ktaqsimlanish = (5)
va bo’lgani uchun
yoki ;
deb yozishimiz mumkin.
Cheksiz suyultirilgan eritmada aktivlik koeffitsienti 1 ga yaqinlashadi, ularning nisbati esa taxminan o’zgarmas bo’lib qoladi. Shuning uchun cheksiz suyultirilgan eritmalarda taqsimlanishning formal koeffitsienti K+ kontsentratsiyaga deyarli bog’liq emas. Bunday eritmalarda K va K+ ning qiymatlari deyarli teng. Ikkita erituvchida taqsimlanayotgan komponentning aktivliklari aniq bo’lsa, (5) tenglamani dissotsilanish yoki assotsilanish jarayonlari uchun qo’llasa bo’ladi.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling