Kadrlarni puxtaroq tayyorlamay turib ularni qadriga yetmay turib biror bir sohada muvaffaqiytga erishib bo`lmaydi


Download 1.68 Mb.
bet6/10
Sana19.06.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1607840
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Botirov kurs ishi

Gibbs-Konovalovning 1-qonuni: to’yingan bug’, sistemaga qo’-shilganda, uning umumiy bosimini oshiruvchi, komponent bilan boyigan bo’ladi yoki aralashmadagi komponentlardan qaysi biri aralashmaga qo’shilganda aralashmaning bug’ bosimi ko’tarilsa yoki qaynash harorati pasaysa, bug’da o’sha komponent ko’p bo’ladi.
Gibbs-Konovalovning 2-qonuni: umumiy bosimning ekstremum nuqtalarida suyuqlik va bug’ning tarkiblari bir xildir.
Gibbs-Konovalovning 3-qonuni: T = const va r = const da suyuq va gaz fazalarining tarkiblari mos ravishda o’zgaradi.
Ushbu qoidalarning bajarilishini yuqorida keltirilgan dia-grammalardan kuzatish mumkin. Masalan, 1-qonundan faqat ideal suyuq eritmalar uchun gaz fazaning uchuvchanroq komponent bilan boyishigina emas, balki azeotrop hosil qilishi mumkin bo’lgan eritmalar tarkibi o’zgarishining barcha qonuniyatlari ham kelib chiqadi. Masalan, umumiy bosimida maksimum bo’lgan aralash-malarda (8-rasm) x1 < xA da bug’ uchuvchanligi kamroq bo’lgan 1-komponent bilan boyigan, u qo’shilganda umumiy bosim ortadi. Xuddi shunday, VI.11-rasmda x1 < x1 da bug’ uchuvchanligi kamroq 2-komponent bilan boyigan. Bunday qonuniyatni empirik yo’l bilan o’rnatish juda ham mushkul bo’lar edi. Bu qonuniyat eritmalarning umumiy xossasi bo’lib chiqdi. Gibbs-Konovalovning 1-qonuni kom-ponentlarning kritik haroratidan uzoqroq sohada barcha eritmalar uchun bajariladi. 2- va 3- qonunlar har qanday eritmalar uchun termodinamikaning umumiy qonunlari ekanligi ma’lum bo’ldi.
1.4.Azeotrop aralashmalar va ularning xossalari
1859 yilda xA ning qiymati umumiy bosimga bog’liqligi to-pilgan, 1911 yilda esa, ushbu sinfga tegishli hodisalarni ifodalash uchun azeotropiya atamasi kiritilgan. Azeotrop yoki doi-miy haroratda qaynaydigan x=xA tarkibli aralashmalar, xuddi individual moddalar kabi, tarkibi o’zgarmasdan haydaladi. Ammo qaynash haroratining minimumiga mos keluvchi (ushbu bosimda) azeotrop aralashmaning tarkibi, turli bosimlarda turlichadir. Azeotrop aralashmalarni haydash orqali ajratishning usullaridan biri xuddi shunga asoslangan. Ajratishning boshqa usullaridan biri maxsus tanlab olingan uchinchi komponentni qo’shishdan iborat bo’lib, uning ishtirokida azeotrop umuman hosil bo’lmaydi yoki 2-komponent bilan 3-komponent orasida hosil bo’ladi va 1-komponent sof holda ajratib olinadi.
Azeotrop aralashmalar uchun “uchuvchanligi kattaroq kompo-nent” degan tushunchaning ma’nosi bo’lmaydi. II sohada, ya’ni x1A da bug’ 1- komponent bilan boyigan, x1>xA da esa bug’da 2-komponent ko’proqdir. 1-komponentning ikkala fazadagi molyar qismlari orasidagi munosabat ko’rsatilgan. diagrammalarni solishtirishda toza komponentga mos keluvchi 1- va 2-nuqtalar diagrammalarning qarama-qarshi tomonlarida joylashganligini e’tiborga olish ke-rakdir. diagonal (punktir) suyuqlik va bug’ tarkiblarining tengligiga mos keladi, bunga esa faqat x = xA bo’lganda bosimning ekstremum nuqtasida erishiladi.
Raul qonunidan manfiy chetlanishlarda ushbu haroratda umu-miy bosimning minimumiga yoki o’zgarmas tashqi bosimda qaynash haroratining maksimumiga ega aralashmalar paydo bo’ladi. Bosim va haroratning ekstremumlarida ikkala fazaning tarkiblari bir xildir.
Har bir komponent uchun Raulь qonunidan chetlanishlar bir tipda bo’lmasa, murakkabroq holat diagrammalari kuzatiladi.O’zaro chegarali eruvchi suyuqliklar uchun ham holat diagram-malari murakkabroq bo’ladi.
Shunday qilib, noideal suyuq eritmalarning real holat diagrammalari juda xilma-xildir. Bunday xilma-xil tajribaviy na-tijalardan eritmalar termodinamikasining usullari ayrim umu-miy qonuniyatlarni keltirib chiqarishga erishgan: Konovalov qonunlari va Vrevskiy qoidalari. Avvalo, ushbu qonunlar empirik qonuniyatlar sifatida topilgan, ammo keyinchalik ularni Gibbs-Dyugem tenglamalari yordamida termodinamik nuqtai nazardan asoslab borishga muvaffaq bo’lindi. Hozirgi vaqtda ularni Gibbs-Konovalov qonunlari deyishadi.
Aralashmaning qaynash tеmpеraturasi va uning tarkibi orasidagi bog`lanish. Bug` bosimi diagrammasida maksisum yoki minimum ko`rsatadigan aralashmalarni xaydash nazariyasi D. P. Konovalovning II qonuniga asoslangan. Bu qonunga muvofiq umumiy bug` bosimi diagrammasidagi (yoki qaynash tеmpеraturasi diagrammasidagi) maksimum yoki minmum nuqtalarga to`g`ri kеladigan aralashmalarning tarkibi ular bug` holida bo`lganda ham, suyuq holda bo`lganda ham bir hildir.
O`z tarkibini va qaynash tеmpеraturasining o`zgartirmay xaydaladigan ana shunday aralashmalar azеtrop aralashmalar dеyiladi. Masalan 20% HCI va 80% Н2О dan iborat aralashma1100С da qaynaydi. Bu aralashma qaynaganda chiqqan bug`ning tarkibida ham 20% НСI va 80% Н2О bo`ladi, bu tajribadagi aralashmani qayrtish yo`li bilan HCI va N2O ni bir-biridan ajratib bo`lmaydi
Qaynash tеmpеraturasi diagrammasida maksimumga ega bo`lgan azеotroplar.
1-jadval


Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling