Kadrlarni puxtaroq tayyorlamay turib ularni qadriga yetmay turib biror bir sohada muvaffaqiytga erishib bo`lmaydi
Download 1.68 Mb.
|
Botirov kurs ishi
1.3.Gibbs.Karnavalov qonunlari
Uchuvchan moddalar aralashmalari (eritmalari) bug’ bosimining qonuniyatlarini Gibbs–Konovalov qonunlari ifodalaydi. Ushbu haroratda yuqori bug’ bosimiga ega bo’lgan suyuqlikka uchuvchan suyuq modda deyiladi. Ikkala komponenti uchuvchan suyuqliklardan iborat bo’lgan eritmalarni uchuvchan suyuq aralashmalar deyiladi (neftь va toshkumirni qayta ishlash maxsulotlari bunga misol bo’ladi). Uchuvchan aralashmalar 2 xil bo’ladi: umumiy bug’ bosimining eritma tarkibidan bog’lanishida ekstremal nuqtalar bo’lmagan va ekstremal nuqtalarga ega bo’lgan bog’lanishli aralashmalar. Gibbs–Konovalov qonunlari suyuqlik bilan bug’ning tarkibi orasidagi munosabatlarni o’rnatganligi sababli ularning ahamiyati juda katta. Masalan, rektifikatsiya jarayonlari suyuqlik–bug’ muvozanati o’rnatilganda suyuqlikning va bug’ning tarkiblari teng emasligiga asoslangan. Ushbu xodisalarni ifodalashda Gibbs–Dyugem va Dyugem–Margulis tenglamalari ahamiyatli, chunki uchuvchan aralashmalar, asosan, noideal (real) eritmalardir. Ammo, avvalambor ikkala fazalarning muvozanat tarkibini ko’rib chiqish foydalidir. O’zining bug’i bilan kontaktda bo’lgan ideal suyuq eritmalar uchun ham tarkiblar turlicha bo’lishi mumkin ekan. Raul qonuniga binoan ri = xi pi0, bu yerda xi eritmaning tarkibini ifodalaydi. Bug’ning tarkibini ui bilan belgilaylik. Holat tenglamasini V=sonst da Dalьton qonuni ko’rinishida yozishimiz mumkin: (VI.104) Dalьton qonuni bug’ning tarkibi ui ni partsial pi va umumiy bosim lar orqali ifodalaydi: (VI.105) Raulь qonuni ri ni i- komponentning eritmadagi molyar qismi xi bilan bog’lab turadi. Bu biz qidirayotgan xi va ui orasidagi munosabatni beradi: yoki (VI.106) (VI.106) tenglamadan ideal eritmalarda gaz fazasi doimo uchuvchanligi yuqoriroq komponent bilan boyiganligi kelib chiqadi. Bu VI.8–rasmda ko’rsatilgan: a). b).
1-rasm. Suyuqlikning x (uzluksiz chiziqlar) va bug’ning u (punktir) tarkiblari (2 komponentli ideal suyuq eritmalar uchun). Bug’ning yuqoriroq bosimi qaynash haroratining pastroq ekanligini bildiradi. SHuning uchun eritmalar nazariyasida ham, rektifikatsiya jarayonlarini ifodalashda ham tarkibni eritmaning qaynash haroratidan bog’liqlik grafigi keng ishlatiladi, bunda umumiy bosim rΣ tashqi bosimga tenglashadi: normal qaynash harorati uchun 1 atm. Binar ideal eritmalarning xossalarini ifodalash uchun qo’llaniladigan diagrammalarning to’plami 7- rasmda misol tariqasida keltirilgan (sxema).
Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling