Kadrlarni puxtaroq tayyorlamay turib ularni qadriga yetmay turib biror bir sohada muvaffaqiytga erishib bo`lmaydi
Moddalarning suyuqliklarda eruvchanligi. Gеnri va Gеnri-Dalton qonunlari
Download 1.68 Mb.
|
Botirov kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2.Eritmalarning diffuziyasi va osmos hodisasi
Moddalarning suyuqliklarda eruvchanligi. Gеnri va Gеnri-Dalton qonunlari. Gazlarning suyuqliklarda eruvchanligi Gеnri qonuni bilan ifodalanadi.
O‘zgarmas haroratda ma'lum hajm suyuqlikda erigan gazning massasi shu gazning bosimiga to‘g‘ri proportsional bo‘ladi: m = k · P bu еrda: k -gazning massasi; Р -gazning bosimi. Gazlar aralashmasi suyuqliklarda eritilganda har qaysi gaz mustaqil ravishda eriydi, ya'ni bir gazning erishiga aralashmadagi boshqa gazlar xalal bеrmaydi, erish gazning partsial bosimigagina bog‘‘liq. Gеnri va Gеnri-Dalton qonunlariga suyuqlik bilan reaksiyaga kirishmaydigan gazlargina (past bosimda) bo‘ysunadi. haroratning ko‘tarilishi gazlarning eruvchanligini kamaytiradi. Eruvchanlik eruvchi va erituvchining tabiatiga, haroratga va bosimga bog‘‘liq. 1.2.Eritmalarning diffuziyasi va osmos hodisasi Ikkita suyuqlik o`zaro aralashish jarayonida butun xajmdagi moddaning kontsеntratsiyasi bir xil bo`lguncha davom etsa bunga diffunziya hodisasi dеyiladi. Eritmalardagi diffuziya gazlardagiga qaraganda sеkin boradi. Lеkin suyuqliklardagi va gazlardagi diffiziyaning sababi bitta, u ham bo`lsa, zarrachalarning tartibsiz xarati. Diffuziya. Aralashma kontsentratsiyasining tashqi ta’sirlarsiz o’z-o’zidan tenglashish jarayoni diffuziya deyiladi. Termodinamik nuqtai-nazardan diffuziya qaytmas jarayon bo’lib, sistema entropiyasining ortishi bilan boradi. Molekulyar-kinetik nuqtai-nazardan diffuziya molekulalarning xaotik issiqlik harakati natijasi bo’lib, zarrachalarni geometrik fazoda teng taqsimlanishga olib keladi. Jarayonni miqdoriy tavsiflash uchun diffuziya tezligi (difuzion oqim) tushunchasi kiritilgan: diffuziya yo’nalishiga perpendekulyar bo’lgan birlik maydondan birlik vaqt ichida diffuziyalanuvchi moddaning miqdoriga diffuziyan oqim deyiladi. Diffuziyaning asosiy qonunlarini Fik o’rnatgan: temperatura doimiy bo’lganda diffuziya tezligi diffuziyalanuvchi moddaning kimyoviy potentsiali (kontsntratsiyasi) gradientiga to’g’ri proportsional (Fikning 1-qonuni): (1), bu yerda grad C = - birlik uzunlik uchun kontsentratsiya o’zgarishi (eng sodda holdagi diffuziya); D – diffuziya koeffitsienti. Fikning 1-qonuni ifodasi faqat statsionar jarayonlar uchun qo’llanilishi mumkin bo’lgani sababli, undan D ni aniqlab bo’lmaydi, chunki kontsentratsiya gradienti fazoda va vaqtda o’zgaradi. SHu sababli, bu maqsadlarga Fikning 2-qonunidan foydalaniladi. (2) Osmos. Yarim o’tkazgich parda (membrana) orqali bir taraflama diffuziya jarayoni osmos deyiladi. Yarim o’tkazgich materialllar tabiatda ko’p tarqalgan. O’simlik va hayvonlarning har bir hujayrasi yarim o’tkazgich qobug’ bilan qoplangan. Yarim o’tkazgich membranalarni tayyorlash ham mumkin: tsellofan, turli yuqori molekulali birikmalar, mineral kolloid cho’kmalar. Yarim o’tkazuvchanlik mexanizmi hozirgacha to’liq aniqlanmagan. Yarim o’tkazgich materiallar o’zini molekulyar elaklar kabi tutadi, degan taxminlar ham noto’g’ri bo’lib chiqdi. Yarim o’tkazgichlik sirtdagi hodisalarga (adsorbtsiya) bog’liq bo’lishi mumkin, ammo ushbu masala ham oxirigacha o’rganilmagan. Ideal membranalar tabiatda yo’qligini ta’kidlash lozimdir. Osmos hodisasini birinchi bo’lib 1877 yili botanik Pfefer o’rgangan. Osmosning tabiatdagi rolini daraxtning tanasiga suv va mineral tuzlarning kirib borish mexanizmi orqali ko’rsatish mumkin: osmos hisobiga suv gipotonik eritmadan o’simliklarning xujayralariga so’riladi va xujayrama-xujayra daraxt tanasi bo’yicha o’nlab metrlarga ko’tarilishi mumkin (endoosmos). Endoosmos gipotonik eritmalarda, ekzoosmos esa, gipertonik eritmalarda sodir bo’ladi. O’simlik va hayvonlar to’qimalarining elastikligi ham (turgor) osmos bilan tushuntiriladi: agar o’simlik to’qimalari gipotonik eritmada bo’lsa, xujayralarga borayotgan suv ulardagi bosimni oshiradi va xujayra membranasini uning tsellyulozadan tashkil topgan tashqi zich qobug’ga siqadi. Osmos hayvonlar hayotida ham katta ahamiyatga ega. To’qimalardagi osmotik bosimning har qanday buzilishlari turli kasalliklarga olib keladi. Dorilarni qon tomiriga yuborilayotganda ham to’qimalarning osmotik xossalarini e’tiborga olish zarur: kiritilayotgan eritmaning osmotik bosimi qon plazmasining bosimi bilan bir xil, ya’ni u bilan izotonik bo’lishi kerak. Masalan, odamlarning qon tomirlariga ko’p miqdorda kiritilishi mumkin bo’lgan fiziologik eritma (0,9%li NaCl) izotonik eritmadir. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling