Kafedra : Ijtimoiy fanlar


Download 314.54 Kb.
bet4/5
Sana10.04.2023
Hajmi314.54 Kb.
#1348083
1   2   3   4   5
Bog'liq
Презентация1

Yana shuni ham ta’kidlab o’tish lozimki, insonda nafaqat o’ta rivojlangan tirik jonzotlar, balki o’ta sodda mavjudotlar bilan ham kuchli genetik o’xshashlik mavjud. Xususan, shimpanze bilan bunday o’xshashlik 98% ni, kalamush bilan – 80% ni va hatto banan bilan – 50% ni tashkil etadi. Biroq, shuni ta’kidlash lozimki, «tabiiy» yondashuv tarafdorlari inson kelib chiqishining dunyoviy konsepsiyasiga ham (masalan, darvinchilar bilan bog’liq holda bo’lganidek), kosmik konsepsiyasiga ham tayanishlari mumkin. Ikkinchi yondashuv insonga, Xudo yoki kosmik Aql mehnatining mahsuli sifatida qarab, uni g’ayritabiiy asosdan keltirib chiqaradi. Garchi bu konsepsiya isbotlanganlik jihatidan birinchi ta’limotga hozirgi zamon tabiatshunosligi nuqtai nazaridan yon bersa-da, lekin falsafiy nuqtai nazardan u insonning tabiiy-ilmiy kelib chiqishi konsepsiyasi kabi mavjudlik huquqiga egadir, zero birinchi yondashuv ham, ikkinchi yondashuv ham oqilona asoslangan va uzil-kesil dalil-isbotlar keltirmaydi. Insonga falsafa nuqtai nazaridan yondashuv. Biz insonga nisbatan sof falsafiy yondashuvga hali qaytamiz va falsafa inson bilan qancha shug’ullanmasin, u haqda hamma narsani bilishi va mazkur bilimni uzil-kesil va eng so’nggi haqiqat deb hisoblashi mumkin emasligini ko’rsatib beramiz. Hozir esa shuni qayd etishni istar edikki, o’zi haqida va o’zini qurshagan dunyo haqida inson falsafa paydo bo’lishidan ancha oldin mulohaza yurita boshlagan. Ammo keyinchalik, «donolikka muhabbat» paydo bo’lgach ham, inson mavzusi falsafaning diqqat markazidan darhol o’rin olgani yo’q.

  • Yana shuni ham ta’kidlab o’tish lozimki, insonda nafaqat o’ta rivojlangan tirik jonzotlar, balki o’ta sodda mavjudotlar bilan ham kuchli genetik o’xshashlik mavjud. Xususan, shimpanze bilan bunday o’xshashlik 98% ni, kalamush bilan – 80% ni va hatto banan bilan – 50% ni tashkil etadi. Biroq, shuni ta’kidlash lozimki, «tabiiy» yondashuv tarafdorlari inson kelib chiqishining dunyoviy konsepsiyasiga ham (masalan, darvinchilar bilan bog’liq holda bo’lganidek), kosmik konsepsiyasiga ham tayanishlari mumkin. Ikkinchi yondashuv insonga, Xudo yoki kosmik Aql mehnatining mahsuli sifatida qarab, uni g’ayritabiiy asosdan keltirib chiqaradi. Garchi bu konsepsiya isbotlanganlik jihatidan birinchi ta’limotga hozirgi zamon tabiatshunosligi nuqtai nazaridan yon bersa-da, lekin falsafiy nuqtai nazardan u insonning tabiiy-ilmiy kelib chiqishi konsepsiyasi kabi mavjudlik huquqiga egadir, zero birinchi yondashuv ham, ikkinchi yondashuv ham oqilona asoslangan va uzil-kesil dalil-isbotlar keltirmaydi. Insonga falsafa nuqtai nazaridan yondashuv. Biz insonga nisbatan sof falsafiy yondashuvga hali qaytamiz va falsafa inson bilan qancha shug’ullanmasin, u haqda hamma narsani bilishi va mazkur bilimni uzil-kesil va eng so’nggi haqiqat deb hisoblashi mumkin emasligini ko’rsatib beramiz. Hozir esa shuni qayd etishni istar edikki, o’zi haqida va o’zini qurshagan dunyo haqida inson falsafa paydo bo’lishidan ancha oldin mulohaza yurita boshlagan. Ammo keyinchalik, «donolikka muhabbat» paydo bo’lgach ham, inson mavzusi falsafaning diqqat markazidan darhol o’rin olgani yo’q.

Download 314.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling