Кафедраси 99-бет “менежмент” фанидан маърузалар курси


Sardorlik (yetakchilik) -


Download 0.6 Mb.
bet41/58
Sana30.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1416154
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   58
Bog'liq
1-maruza kursi Mentjmtnt 2-kurs Buh.His. (2)

Sardorlik (yetakchilik) - bu odamlarni va guruxlarni maqsadlarga erishish yo‘lida ishlashga undovchi ta’sir o‘tkaza olish qobiliyatidir.
Samarali boshqarish va samarali sardorlik - bir xil narsa emas. SHu sababli sardor bo‘lish uchun va samarali sardorlik qilish uchun nimalar zarur, degan savol boshqarish ilmida muxim masalalardan biridir. Boshqarish xulk atvorini o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi olimlar samarali sardorlikning ahamiyatli omillarini aniqlashga uch nuqtai nazardan yondashadilar, bular:
- SHaxsiy xislatlar nuqtai nazaridan yondoshish;
- Xulk atvorli yondoshish;
- Vaziyatli yondoshish;
SHaxsiy xislatlar nuqtai nazaridan yondoshishga asosan, sardor bo‘lish uchun hamma buyuk insonlar, sardorlarga xos shaxsiy xislatlarga ega bo‘lish zarur. Bular yuqori bilim, adolatlilik, haqqoniylik, faollik, ishonchlilik, ma’suliyatlilik va boshqa sifatlardir. Lekin, o‘tkazilgan tadqiqotlar barcha yirik sardorlar ning shaxsiy xislatlarini umumlashtirib, ularni yagona bir tasnifga, ya’ni har bir sardorga xos shaxsiy xislatlar yig‘indisiga keltira olmadi.Turli vaziyatlarda samarali rahbarlar turli xil shaxsiy xislatlarini namoyon qilganlar.
Sardorlikni tushinishga xulk atvorli yondoshuvga asosan samaradorlik rahbarning shaxsiy xislatlari bilan emas, balki uning bo‘ysunuvchilarga nisbatan xulk-atvori va o‘zini to‘tishi bilan belgilanadi. Ushbu yondoshishning boshqaruv ilmiga qo‘shgan asosiy xissasi - rahbarlikning uslublarini turkumlashga asos yaratdi. Lekin, shuning bilan birga, bu yondoshishning asosiy kamchiligi rahbarlikning yagona eng ma’kul (optamal) uslubi mavjud deb hisoblanganidir.
Hozirgi zamon sardorlik nazariyasi ko‘proq vaziyatli yondoshishga e’tiborni qaratmoqda. Bunga ko‘ra, rahbarning u yoki bu shaxsiy xislatlarini, u yoki bu xulk-atvori va o‘zini to‘tishni namoyon qilishi aniq (konkret) vaziyatga bog‘liqdir. Bu yondoshish yuqoridagi ikkala yondoshishlarni tuldirib, mukammalashtiradi.



  1. 3. Rahbarlik uslublarining mazmuni


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling