Кафедраси 99-бет “менежмент” фанидан маърузалар курси


Download 0.6 Mb.
bet18/58
Sana30.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1416154
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   58
Bog'liq
1-maruza kursi Mentjmtnt 2-kurs Buh.His. (2)

Vakolatlar turlari.
Vakolatlar hamisha cheklangan, lekin bu cheklanishlar doirasi vakolatlar mazmunini shu darajada o‘zgatiradiki, ular orasidagi munosabatlarni muvofiklashtirish zarurati tugiladi. Vakolatlar o‘z mazmuniga ko‘ra ikki turga bo‘linadilar: Muntazam (chizikli) va funksional (shtabli) vakolatlarga.
Muntazam vakolatlar - bu bevosita rahbardan bo‘ysunuvchiga va undan so‘ng bo‘ysunuvchilarga uzatiladigan vakolatlardir. Muntazam vakolatlar rahbarga o‘zlarining bevosita bo‘ysunuvchilarini maqsadlarga erishish uchun yo‘naltirishga qonunlashtirilgan huquq beradi. Muntazam vakolatga ega rahbar o‘ziga belgilangan doirada qarorlar qabul qilishi,ma’lum masalalarni boshqa rahbarlar bilan kelishuvlarsiz qabul qilishi mumkin.
Muntazam vakolatlarni uzatish natijasida boshqarish pog‘onalari ierarxiyasi va buyruqlar zanjiri shakklanadi.
Funksional (shtabli) vakolatlar - ma’lum yo‘nalishdagi vazifalar(funksiyalarni) amalga oshirish uchun beriladigan vakolatlardyar. Bu vakolatlar miazkur soxadagi mutaxassislarga beriladi va ular o‘z bilimlari doirasida muntazam rahbarga samarali qarorlar qabul qilish uchun axborotlar va maslaxatlar beradilar. Funksional vakolatga ega ma’muriy apparat o‘ziga berilgan huquqlar doirasida belgilangan ba’zi xatti-harakatlarni tavsiya etish bilan birga,ularni bekor qilish ham mumkin.
Rahbariyat vakolatlarini to‘g‘ri va samarali taqsimlanishi natijasida boshqarishning boshqa funksiyalariga ta’sir ko‘rsatadi, shu sababli vakolatlarni taqsimlash va o‘zaro muvofiklashtirish tashkilotlardagi muxim vazifadir.
O‘zaro munosabatlarni tashkil etishda rahbariyat mazkur faoliyatni muntazam yoki funksional bo‘lishligini oldindan aniqlab olish zarur. Bunda ushbu faoliyatining tashkilot umumiy maqsadlariga erishishga qo‘shgan xissasi hisobga olinadi, ya’ni tashkilotning umumiy missiyasiga bevosita taallukli faoliyat - muntazam faoliyat hisoblanadi. Bunday faoliyatga tashkilotlarda mahsulot va xizmatlarni yaratish, moliyalashtirish va sotish bilan bog‘liq faoliyat kiradi.
Funksional vakolatlarga ega bo‘lgan boshqaruv apparati asosiy boshqaruv funksiyalarini amalga oshirishga yordam beradi.
Qaysi faoliyatni muntazam, qaysilarini funksional deb belgilash tashkilotning missiyasi, maqsadlari va strategiyasiga bog‘liq. Ba’zi tashkilotlarda funksional hisoblangan faoliyat, boshqa tashkilotlarda (missiyasiga qarab) muntazam deb sanalishi mumkin.
Muntazam vakolatlarni muvofiklashtirishga ikkita omil ta’sir ko‘rsatadi:bular - yakka boshchilik prinsipi va boshqarilish me’yorini cheklash zaruriyati.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling