Кафедраси 99-бет “менежмент” фанидан маърузалар курси


Xodimlar faoliyatini rag‘batlantiruvchi omillar


Download 0.6 Mb.
bet21/58
Sana30.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1416154
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   58
Bog'liq
1-maruza kursi Mentjmtnt 2-kurs Buh.His. (2)

Xodimlar faoliyatini rag‘batlantiruvchi omillar.
Mehnatni asoslashga turli rag‘batlantiruvchi omillar: iqtisodiy normativlar va imtiyozlar tizimi, ish haqi darajasi va daromadlarni adolatli taqsimlash, mehnat sharoiti va uning mazmundorligi, oila va jamoadagi munosabatlar, atrofdagilarning e’tirof etishi, mansab, muloxazalar, ijodiy tashabbus va qiziqarli ish, o‘zini ko‘rsatish istagi va doimiy ravishda tavakkal qilish, kat’iy tashqi buyruqlar va ichki madaniyat hamda boshqalar ta’sir ko‘rsatadi.
Rag‘batlantirishning asosiy shakllaridan biri ish haqi hisoblanadi. Mehnatga haq to‘lashni tashkil etish va uni tartibga solish usullari murakkab sotsial-iqtisodiy masala bo‘lib, u mamlakatda olib borilayotgan isloxotlarning ajralmas qismidir.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ana’naviy tizimlardan tashqari xorijiy tajribani ham hisobga olgan holda quyidagi tizimlar tadbik etiladi, bular: foydada ishtiroq etish, xissadorlar sarmoyasida qatnashish, transport harajatlariga haq to‘lash, tibbiy xizmat ko‘rsatish dasturi, ta’lim dasturi, turli xil sug‘urtalar, imtiyozlar va kompensatsiyalar, imtiyozli qarz olish tizimi va shu kabilardir. Bu tizimlardan ko‘plari mehnatning nufo‘zini, shaxsning tashabbuskorligini, ijodiy faolligini, ya’ni uning asoslash o‘zagi turli tomonlarini rag‘batlantirishga qaratilgan.
Odamlar uchun eng muximi ularning insoniylik xususiyatlarining kadrlanishi va haqqoniy baholanishidir. Kadrlash, baholash yoki taqdirlash deganda odamlar o‘zlari uchun eng qimmatli narsani tushunadilar. Odamlarni tashkilotlarning umumiy maqsadlari sari intilishlarida muvaffaqiyatni sezishlari, xizmat pog‘onalari bo‘yicha kutarilish imkoniyatlarining borligini bilishlari, atrofdagilar (ayniqsa rahbarlar) tomonidan tan olinishi, ma’suliyat, imkoniyatlarning ortishi kabilar muxim o‘rin to‘tadi. Odamlarning talablari, kutishlari va haqqoniy taqdirlanishini tushunishlari va to‘g‘ri qabul qilishlari orasidagi munosabatlarni o‘rganish va ular asosida tashkilotlarni boshqarish rahbarlarning muxim va ahamiyatli vazifalaridan biridir.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling