Кафедраси 99-бет “менежмент” фанидан маърузалар курси


Download 0.6 Mb.
bet32/58
Sana30.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1416154
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   58
Bog'liq
1-maruza kursi Mentjmtnt 2-kurs Buh.His. (2)

6. Muximligi bo‘yicha - bir laxzali va kechiktirilgan qarorlar. Bir laxzali qarorlar rahbarda berilgan vaziyatni uylab ko‘rishga, fikrlashga vaqt yo‘qligida qabul qilinadi. Kechiktirilgan qarorlar esa o‘z vaqtida qabul qilinmagan qarorlardir.
7. Ushbu ob’ektga nisbatan - tashqi va ichki qarorlar. Tashqi qarorlar - yuqori idoralar tomonidan qabul qilinadigan qarorlar bo‘lsa, ichki qarorlar boshqarish ob’ektining bevosita faoliyati davomida qabul qilinadi.
8. Mazmun va paydo bo‘lishiga qarab - andozali va noandozali qarorlar. Andoza bu qaror qabul qilinishi protsedurasi va uning tarkibi ishlab chiqilgan qarorlardir.
9. Ta’sir soxasi bo‘yicha - umumiy va shaxsiy .
Umumiy qarorlar-barcha jamoaga ta’sir ko‘rsatadi. SHaxsiy qarorlar-bitta guruxda, bitta uchastkada, bitta brigadada ishlatiladi.
Majmuaviy qarorlar - bu jamoa tavsifiga ega qarorlardir.

Bizga ma’lumki, qaror muammoni samarali hal qilishga qaratilgan bo‘ladi. Buning uchun avvalo:


1. Muammoga diagnoz qo‘yiladi.
2. Qarorning chegaralari va me’zoni aniqlanadi.
3. Imkoniyatlar aniqlanadi.
4. Imkoniyatlar solishtiriladi va baholanadi.
5. Imkoniyatlardan biri tanlanadi.
Kengroq ma’noda boshqarish qarorlarini qabul qilish jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga kamrab oladi:
1. Informatsiya yig‘ish. Zaruriy ma’lumotlarni yig‘ish orqali muammoga, masalaga, qaror qabul qilish muxitiga aniqlik kiritiladi.
2. Informatsiyani keraksiz ma’lumotlardan tozalash.
Nozarur informatsiya qaror qabul qiluvchilarni asosiy yo‘nalishdan chalgitadi.
3. Qarorni turli loyihalarini ishlab chiqish. SHakllangan muammoga (masalan, cheklangan resurslarni taqsimlash)ga nisbatan turli nuqtai nazarlarning mavjudligi qarorning turli loyihalarini ishlab chiqishni taqazo etadi.
4. Loyihalarni solishtirma taxlil qilish. Turli nuqtai nazarlarni umumiy maxrajga keltirish uchun loyihalar solishtiriladi. Amalda bunday jarayon majlislar, yigilishlar ko‘rinishida ruy beradi.
5. Hal qiluvchi tanlov - loyihalardan birini tanlash jarayoni. Bu bosqich qaror qabul qilish jarayonida muxim hisoblanib, unda rahbar hal qiluvchi o‘rin egallaydi.
6. Qarorni joylarga etkazish. Qarorni uning ta’sir doirasi (chegaralari) asosida joylarga etkazish va uning ijrochilarida ma’suliyatni shakllantirish rahbarlarning boshqarish san’atini kay darajada egallaganliklariga bog‘liq.
7. Qarorni bajarilishini nazorat qilish. Qarorni joylarga etkazish bilan qaror qabul qilish jarayoni tugallangan hisoblanmaydi. Ushbu jarayon muammo hal bo‘lganda yoki masala echilgandagina tugallanadi. Nazorat qilish erishilgan natijalarni standartlar (qarordagi ko‘rsatkichlar) bilan solish tirishni, baholashni nazarda to‘tadi.
Qarorlar muxokama yoki rahbar intuitsiyasi asosida qabul qilinishi mumkin. Qarorlarning samaradorligiga rahbarlarning xarakterlari, masalalarga yondoshishlari, muxitga aniqlik kirituvchi informatsiyaning miqdori va sifati bevosita ta’sir ko‘rsatadilar.

M asala yoki muammoga tegishli informatsiyani yig‘ish




Informatsiya-ni keraksiz ma’lumotlardan tozalash




Qarorni turli loyihalarini ishlab chiqish




Loyihalarni muxokama qilish




yo‘q

hal qiluvchi tanlov




Qarorni joylarga yetkazish




bajarilishi-ni nazorat qilish




Natija qoniqarli





Ushbu masala yoki muammo bo‘yicha qaror qabul qilish jarayoni yakunlandi

xa

2-rasm. Boshqarish qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilish texnologiyasi.



Qarorni bajaruvchilarga ma’lum qilishgandan keyin uni bajarilishini nazorat qilish va tekshirib borish kerak.
Nazoratni tashkil qilishda topshirikni bajaruvchilar orasida masalalarni aniq ifodalash va taqsimlash zarur. Nazoratni samaradorligi bajaruvchilarga asoslangan va aniq topshirik berish hisobiga erishiladi. Bajarishni nazoratini tashkil etishda eng muxim shart qarorni bajarilishiga xolisona baho berishdir. Ko‘plab korxona va tashkilotlar qarorni, buyruq va farmoyishni bajarilishini nazoratini kartotekalar yordamida hamda EXM yordamida amalga oshiradilar.



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling