Кафедраси 99-бет “менежмент” фанидан маърузалар курси
Menejer va yetakchi. Yetakchilik sifatlari nazariyasi
Download 0.6 Mb.
|
1-maruza kursi Mentjmtnt 2-kurs Buh.His. (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- T a ‘ s i r
- X o k i m i ya t
- "xokimiyat har bir tashkilotning orqasida turadi va uning strukturasini ushlab turadi. Xokimiyatsiz tashkilot ham, tartib ham yo‘qdir".
2. Menejer va yetakchi. Yetakchilik sifatlari nazariyasi
Tashkilotni samarali boshqarish va rahbarlik vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun rahbarlar xodimlarga umumiy maqsadlar yo‘lida ta’sir ko‘rsata olishi, xukm o‘tkaza olishi zarur. Buning uchun ta’sir o‘tkazish va xokimiyatning yo‘llari va vositalarini chuqur o‘rganishlari lozimdir. Rahbarlikning asosini bo‘ysunuvchilarga ta’sir o‘tkaza olish imkoniyati tashkil etadi. T a ‘ s i r - bu bir odamning boshqa shaxsning xatti-harakatlari, xulk-atvori, munosabatlari va x.k.larida o‘zgarish sodir etuvchi har qanday xatti-harakatidir.Ta’sir ko‘rsatishning usul va vositalari turlichadir: imo-ishoradan tortib, tazyik o‘tkazishgacha. Samarali rahbarlik qilish uchun rahbar ta’sir va xokimiyatni o‘tkazishni bilishi zarur. X o k i m i ya t (xukm o‘tkazish)- bu boshqalarning xatti-harakatlari va xulk-atvoriga ta’sir eta olish imkoniyati. Boshqarishda xokimiyatning zarurligi shundan kelib chiqadiki, rahbar o‘z faoliyatida o‘zining buyruqlar zanjiri doirasida va undan tashqarida ko‘pgina odamlarga bog‘liq. SHuning uchun unga rasmiy vakolatlarga qo‘shimcha ravishda xokimiyat va hamda undan mos holda foydalanish imkoniyati zarur. Sotsiolog Robert Birstedning ta’kidlashicha, "xokimiyat har bir tashkilotning orqasida turadi va uning strukturasini ushlab turadi. Xokimiyatsiz tashkilot ham, tartib ham yo‘qdir". Tashkilotlarda xokimiyatga faqatgina rahbarlar emas, balki bo‘ysunuvchilar ham ega, ya’ni ba’zi bir masalalarni hal qilishda rahbarlar ularga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan informatsiyani etkazish, boshqa bo‘limlar yoki tashkilotlardagi rahbar uchun keraqli odamlar bilan norasmiy munosabatlari orqali ishga yordam berish va boshqa shunga o‘xshash masalalarda bo‘ysunuvchilar rahbari ustidan xokimiyatga ega. YAxshi rahbar xokimiyatga katta ehtiyoj sezadi, lekin bu xokimiyatni buyruqli, tazyikli ko‘rinishda namoyon etmaydi. SHuning bilan birga xokimiyatning optimal muvozanatini (ya’ni rahbarning bo‘ysunuvchilar ustidan xukm o‘tkazish va bo‘ysunuvchilarning rahbar ustidan xukm o‘tkazishning ma’lum chegarasi) saqlab turish rahbarning xaddan tashqari tazyik o‘tkazishi va buning natijasida bo‘ysunuvchilarning karshilik ko‘rsatishlarini oldini oladi. Rahbarlik qilish uchun ta’sir ko‘rsatish zarur, ta’sir etish uchun esa-xokimiyat uchun asosga ega bo‘lish kerak.. Bunda biron bir odam boshqa odamlar ustidan xokimiyatga ega bo‘lishi uchun ular kadriyatli hisoblangan ne’matlarga yoki intilayotgan muxim narsalarga etishishni o‘z nazoratiga olish imkoniyati bo‘lishi zarur. Demak, xokimiyat bo‘ysunuvchilarning faol ehtiyojlariga murojaat qilishga asoslangan. Xokimiyat turli xil ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Xokimiyat va rahbarlik soxasidagi tadqiqotchilar French va Reyven ishlab chikkan xokimiyat turlarining tasnifiga ko‘ra xokimiyatning besh asosiy shakli mavjud: 1.Majburlash va qo‘rqitishga asoslangan xokimiyat; 2.Rag‘batlantirishga asoslangan xokimiyat; 3.Mutaxassis xokimligi; 4.SHaxsiy ta’sirga (urnakga) asoslangan xokimiyat; 5.Qonuniy yoki an’anaviy xokimiyat. Xukm o‘tkazishning yana bir to‘rini alohida aytib o‘tish zarurki, bu -ishontirish va ishtiroq etishga asoslangan xokimiyatdir. Bu turdagi xukm o‘tkazish vositalaridan rasmiy rahbar ham, norasmiy sardor ham foydalanishi mumkin. Ushbu xokimiyat turlarining barchasining ijobiy va salbiy tomonlari mavjud bo‘lib, ulardan foydalanish boshqaruv vaziyatiga bog‘liqdir. Tashkilotni maqsadlariga erishish yo‘nalishidagi faoliyatini samarali boshqarish uchun rahbar sardorlik xislatlariga ega bo‘lishi zarurdir. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling