Кафедраси 99-бет “менежмент” фанидан маърузалар курси


Tashkiliy o‘zgarishlarni boshqarish. Boshqarish samaradorligi


Download 0.6 Mb.
bet38/58
Sana30.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1416154
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   58
Bog'liq
1-maruza kursi Mentjmtnt 2-kurs Buh.His. (2)

5.4. Tashkiliy o‘zgarishlarni boshqarish. Boshqarish samaradorligi

Murakkab va harakatchan tashqi muxit sharoitida tashkilotlar o‘z maqsad masalalarini samarali amalga oshirishlari uchun, ulur o‘z strukturalarini doimiy ravishda qayta ko‘rib, maqsadlarga va tashqi muxitga mosligini ta’minlashlari zarur.


Tashkiliy strukturani qayta tashkil qilishning usullari, shakillari turli tumandir. Ularni bir necha yo‘nalishlarga jamlash mumkin:
1. Strukturani soddalashtirish hisobiga takomillashtirish.
2. Mexanik turdagi strukturani organik struktura bilan almashtirish.
3. Mexanik strukturalar ichida har xil shakildagi organik tarkib- larni yaratish.
4. Konglomerat tarkibini bunyod etish.
5. Kelajakda bo‘lishi mumkin bo‘lgan tarkiblar - modulli va atomistik tashkilotlar paydo bo‘lishi. Bu kabi tashkilotlarning elementlari bir biri bilan o‘zaro korporativ madaniyat va telealoqa yo‘llari bilan bog‘langan bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda tashkilotlarda o‘zaro munosabatlarni tashkil etish va tashkilot tarkibini shakllantirish menejmentning asosiy va muxim vazifasi bo‘lib, tashkilotning maqsadga erishishi ushbu vazifani to‘g‘ri va samarali bajarilishiga bog‘liq.
Ishlab chiqarishni boshqarishning natijaviyligini baholash tashkilotning rivojlanish imkoniyatlari va yo‘llarini aniqlashga yordam beradi, yangi turdagi mahsulotni ishlab chiqarish yoki ishlab chiqarilayotganini takomillashtirish, diversifikatsiyalash, ishlab chiqarish jarayoni ishtirokchilari orasidagi munosabatlar to‘g‘risida ma’lumot olish imkonini beradi.
Lotin tilida effectivus suzi ma’lum samara beruvchi ta’sirchanlikni, unumdorlikni angalatadi. Bu keng kamrovli tushuncha bulib, undan inson faoliyatining barcha soxalarida foydalaniladi. Mazmunan samaradorlik ish faoliyatining natijaviyligi va ushbu ishni bajarish uchun sarflangan eng oz (minimal) xarajatlar xajmini aks ettiruvchi - tejamlilik tushunchalari bilan bevosita bog‘liq. Samaradorlik deganda sarflangan xarajatlar bilan natijaviylik darajasini taqqoslash tushuniladi. Menejment samaradorligini boshqarish faoliyatida “samaradorlik ”tushunchasini namoyon bo‘lish shakli deb karash to‘g‘ri buladi.
Ishlab chiqarishni boshqarish samaradorligi bu boshqarish faoliyati natijaviyligidir.
Ishlab chiqarish samaradorligi uning boshqariluvchi ob’ekt maqsadlariga erishishdagi va ijtimoiy-iqtisodiy samarasini ta’minlashdagi natijaviyligi bilan ushbu natijalarga erishishda sarflangan xarajatlarini va unda foydalanilgan resurslarni takkoslash orqali aniqlanadi. Ishlab chiqarish samaradorligining iqtisodiy ma’nosi – ishlab chiqarish va boshqarish xarajatlarining joriy xolatida makro va mikro darajada eng kup iqtisodiy samarani ta’minlash bulsa, ijtimoiy ma’nosi - ishlab chiqarish va boshqarish xarajatlarining joriy xolatida eng kup ijtimoiy samarani ta’minlashdir.
Umuman jamiyat nuktai - nazaridan iqtisodiy samara yangitdan xosil qilingan qiymat yoki ichki yalpi mahsulot (YAIM), yalpi milliy mahsulot (YAMM), milliy daromad (MD) ko‘rinishlarida ifodalanadi.
Aloxida olingan xo‘jalik yurituvchi buginning iqtisodiy samarasi sof daromad va foyda mikdori bilan namoyon buladi. Iqtisodiy samaraning bunday izoxlanishi boshqarish samaradorligini aniqlashning yagona usulini kullash imkoniyatini beradi.
Ishlab chiqarishni boshqarishning ijtimoiy-samarasini aniqlashda xam xuddi shunday karashni (konsepsiyani) kullash mumkin. Ijtimoiy-iqtisodiy tizim nuktai-nazaridan ijtimoiy samara - xodimlar mehnatining engillashishi, bo‘sh vaqtining ko‘payishi щamda ular turmushining darajasi va sifati bilan ifodalanadi.
Eng yuqori iqtisodiy samaraga erishish uchun ishlab chiqarishni to‘g‘ri tashkil etish, ishlab chiqarish quvvatlaridan va asbob –uskunalardan unumli foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish, resurslardan tejamli foydalanish evaziga xarajatlarni kamaytirish zarur. Albatta bularning barchasi boshqaruv tizimini to‘g‘ri tashkil etish, uning samaradorligini oshirish, oqilona qarorlar kabul qilish bilan birgalikda erishilgandagina kutilgan natijani berishi mumkin.
Foyda samaradorlikni baholashning ko‘rsatkichi sifatida xalq xo‘jaligi tarmoqlari, korxona va tashkilotlar bo‘yicha samaradorlikni hisoblashda ma’lum uslubiy qo`llashni ta’minlaydi. SHu munosabat bilan boshqa teng sharoitlarda samaradorlikning ko‘rsatkichi sifatida foydani kuyish kerak.
Tashkilot faoliyatining samaradorligi, undan chiqarilayotgan natijalar miqdori va qiymatining kirishdagi resurslar miqdoriga va qiymatiga nisbati bilan ulchanadi.
Unumdorlikka ishlab chiqarishda foydalanilayotgan resurslarni kamaytirish orqali erishiladi. Siz resurslarni qanchalik kam ishlatsangiz, ishlab chiqarilayotgan mahsulotingiz xajmi va sifati o‘zgarmas, unumdorlik shunchalik yuqori bo‘ladi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling