Кафедраси 99-бет “менежмент” фанидан маърузалар курси


-mavzu. Zamonaviy menejer


Download 0.6 Mb.
bet39/58
Sana30.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1416154
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   58
Bog'liq
1-maruza kursi Mentjmtnt 2-kurs Buh.His. (2)

6-mavzu. Zamonaviy menejer

Reja:

  1. Menejer: tushunchasi, shaxsiy va ishga doir sifatlari, vazifalari. Korxona menejerlarining darajalari

  2. Menejer va yetakchi. Yetakchilik sifatlari nazariyasi

  3. Rahbarlik uslublarining mazmuni

  4. Ishga doir etika va etiket. Nutq madaniyati. Ishbilarmonlik etiketining milliy xususiyatlari




    1. Menejer: tushunchasi, shaxsiy va ishga doir sifatlari, vazifalari. Korxona menejerlarining darajalari


Menejment o‘zi nima?, menejer kim? - degan savollarga olimlar, mutaxassislar turlicha tta’riflar beradilar. Ba’zilar, menejment - boshqarish faoliyati bo‘yicha rahbar kadrlar tayyorlovchi fan deyishsa, ba’zilar, menejment - boshqaruv faoliyatida insonlarning faoliyatini faollashtirish deyishadi. Ingliz tilining fundamental Oksford lugatida menejment - "Insonlarni o‘zaro munosabatlarda bo‘lish usullari, xokimiyat va boshqarish san’ati" ma’nosida tushuntirilgan. Aslida, menejment - fan sifatida murakkab tashkilotlarni boshqarish, mehnat jamoasining muvaffaqiyatini ta’minlash sir-asrorlarini tadqiq qiladi. Faoliyatning turi sifatida esa korxonalar, firmalar va umuman tashkilotlar doirasida mehnat qiluvchi odamlarni umumiy maqsadlar sari yo‘naltirishdir. Menejment ham fan sifatida, ham faoliyatning turi sifatida odamlarning o‘z maqsadlari yo‘nalishidagi intilishlarini kuzatish, taxlil va tadqiq qilish natijalariga hamda uzoq yillar davomida rahbarlik lavozimlarida mehnat qilganlarning tajribalariga tayanadi. Umumiy holda menejment iqtisodiy munosabatlar ustivorlik qilgan murakkab sharoitlarda korxona va tashkilotlarni muvaffaqiyatli boshqarish, ularning muvaffaqiyatini ta’minlash degan ma’noni bildiradi.
Garbiy adabiyotda menejmentning juda ko‘p tushunchalari o‘rin olgan. Ulardan ba’zilarini quyida keltirib utamiz:

  • bu tashkilotni maqsadlariga unda ishlovchi odamlar harakatini aniq yo‘nalishga solish hisobiga erishish;

  • bu tashkil etilmagan bir gurux odamlarni samarali, maqsad sari yo‘naltirilgan va unumli mehnat guruxiga (tashkilotga) aylantiradigan maxsus faoliyat turidir;

  • bu tashkilotni maqsadlariga erishishidagi mehnat va moddiy resurslarni aniq yo‘nalishda ishlatilishi evaziga erishiladigan rejalashtirish, tashkil etish, boshqarish va nazorat qilish jarayonidir.

Ularni umumlashtiruvchi belgilari quyidagilardir:

  1. Boshqaruvda aniq maqsad borligini ko‘rsatishi;

  2. Bu turdagi faoliyatning alohida aqliy tavsifga egaligi;

  3. Har bir tashkilotda boshqaruvning o‘rni borligi.

YUqoridagi qurilgan sifatlarga qo‘shimcha qilib hozirgi zamon menejmenti tarakkiy topgan davlatlarda yana ikkita tavsifga ega:

  1. Menejerlik korpusining faoliyati yuqori sifatli, iste’molchi talabini qondiruvchi mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltirilganligi (menejmentda marketing yondoshuvi).

  2. Menejer ishining tashkilot a’zolari farovonligini oshirishga yo‘naltirilganligi (boshqaruv faoliyatining insonparvarligi).

Bu jixatlar, ayniqsa, hozirgi kunda, Respublikamiz ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tishi sharoitida biznesning oldida to‘rgan vazifalarni hal qilishda juda muximdir.
Menejer – bu, yollanma professional boshqaruvchi bo‘lib, tashkilot faoliyati maqsadlariga erishish yo‘lida mavjud resurslarni to‘g‘ri yo‘naltirish va foydalanishga javobgar shaxsdir.
Tashkilotlarda rahbarning asosiy ishi odamlar bilan ishlashdan iboratdir. Rahbar jamoa oldiga qo‘yilgan maqsadni, rejani, topshirikni, buyurtmani son va sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha bajarishi uchun ishlovchilarningbilimidan, kasbidan, intilishlari va xulk-atvoridan maqsadga muvofik foydalanishi va ularni bir okimga yo‘naltira olish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.
Tashkilot rahbari amalda o‘zining tashkilotchilik qobiliyatini ko‘rsata olgandagina tashkilotchilik rolini muvoffaqiyatli bajarishi mumkin. Buning uchun rahbar o‘z ishini oldindan to‘zilgan shaxsiy rejasiga asosan olib borishi zarur. YAxshi tashkilotchining muxim sifatlaridan biri, uning ishchilarga, ularning tajribasi, qobiliyati, shaxsiy xislatlarini hisobga olgan holda mehnatni taqsimlashidir. Bunda ishlar imkoniyat darajasida (real) holda taqsimlanishi zarur. Talabchanlik, berilgan topshirikning bajarilishini o‘z vaqtida nazorat qilish ham tashkilotchi rahbarning muxim sifatlari jumlasiga kiradi. Tashkilotning ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyati natijalariga rahbarning ta’siri juda kattadir. SHuning bilan birga o‘zi boshqaradigan xodimlarini tarbiyalash rahbarning diqqat markazida bo‘lishi kerak. Har bir rahbar doimiy ravishda xo‘jalik, tashkilotchilik, tarbiyaviy ishlarni birga kushib olib borishi zarur. Rahbar jamoa a’zolarini tarbiyalashda, birinchi navbatda tartib - intizomni yo‘lga quyishi zarur. Bunda uning o‘zi o‘z og‘zidan chikkan so‘zini to‘g‘ri bajara bilishi muxim ahamiyatga ega.
Boshqaruv mehnatining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu mehnat bilan shug‘ullanadigan xodimlarning o‘zlari moddiy boylik yaratmaydilar, lekin ular moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqishda u yoki bu ishlarni bajaruvchi ishchilarning qobiliyatini, xulk-atvorini, harakatini boshqarib turadi. Rahbarlar bajaradigan ish serkirra va turli-tumandir. Ularning mehnatini faqat aqliy mehnat desak, etarli bo‘lmaydi. Rahbar har xil ma’muriy - tashkiliy echimlarni kidirish jarayonida muxandis - texnik xodimlar, ixtirochi bilan birga ijodiy mehnat bilan ham shug‘ullanadi va bu ishlarni ketma-ket emas, balki parallel ravishda bajaradi.
Rahbarning ma’muriy - tashkiliy va tarbiyaviy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan ishni turt turga bo‘lish mumkin: tashkilotchi, boshqaruvchi, muvofiklashtiruvchi va nazoratchi – baholovchi.




  1. Download 0.6 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling