Кафедраси 99-бет “менежмент” фанидан маърузалар курси


Download 0.6 Mb.
bet42/58
Sana30.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1416154
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   58
Bog'liq
1-maruza kursi Mentjmtnt 2-kurs Buh.His. (2)

Rahbarlik uslubi deb alohida rahbarning unga xos bo‘lgan (doimiy) xulk atvori, bo‘ysunuvchilarga bo‘lgan munosabati, qarorlar qabul qilishga va masalalarni hal qilishga yondoshishlari tushuniladi.
Rahbarlikning quyidagi uslublari mavjud: avtokratik rahbarlik uslubi, demoqratik uslub va liberal uslublar.
Avtokratik uslub - bunda rahbar kul ostidagilarining faoliyati uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga to‘liq oladi. Hamma mavjud axborotlarni o‘zi orqali o‘tkazishga harakat qiladi. Jamoa a’zolarini bevosita muloqotda bo‘lishini chegaralab kuyadi.Tankidni kutara olmaydi, lekin o‘zi tankid qilishni yaxshi ko‘radi. Bunday rahbar odatda, kub gapirishni yoktirmaydi, lekin bo‘ysunuvchilari bilan muomalaada bo‘lganda uning rahbarlik gururi balandligi sezilib turadi.
Demokratik rahbarlik uslubi. Bunday rahbarlik turida rahbar o‘z faoliyatini o‘zining guruxidagi jamoa a’zolariga tayangan holda olib boradi. Faoliyat uchun javobgarlik bo‘ysunuvchilar orasida taqsimlanadi. Jamoa a’zolarining bir-biri bilan bevosita munosabatlarini rag‘batlantirish bilan birgalikda rahbar bo‘ysunuvchilarning bildirgan fikriga kulok soladi, ular bilan maslaxatlashadi, ijobiy tomonlarini inobatga oladi, ilg‘orlarni mukofotlaydi. Bunday uslub bo‘ysunuvchilarning shaxsiy tashabbusini, ijodiy faoliyatini rivojlantiradi va jamoada urtoklik va ishchan muxitni yaratadi. Bu faqat jamoaning sharoitiga ta’sir ko‘rsatibgina kolmay, balki uning ish natijalariga ham bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Liberal rahbarlik uslubi.Bunda rahbar faollik ko‘rsatmaydi, u faqat axborot manbai bo‘lib xizmat qiladi yoki uni o‘zi yigadi, i/ch va xo‘jalik masalalarini muxokama qilish rasmiy xarakterga ega bo‘ladi, ishda o‘zini o‘zi tankid qilish yo‘q bo‘ladi. Bunday rahbarlar tashqaridan ko‘rsatiladigan ta’sirga moyilligi bilan ko‘zga tashlanib turadi. Bunda u yoki bu masalalarni bajarish ayrim bo‘ysunuvchilarning xoxishiga bog‘liq bo‘ladi.
Umuman olganda, rahbarlik uslublarini ikki turga ajratish mumkin, bu:
1) Ishning natijalariga qaratilgan rahbarlik
2) Insonlarga qaratilgan rahbarlik.
Birinchi uslubdagi rahbarlikka asosiy e’tiborni faqat ko‘zlangan maqsadga erishishga qaratish xos bo‘lib, bunda jamoadagi munosabatlar, xodimlarning ehtiyojlari va intilishlari hisobga olinmaydi.
Ikkinchi uslubda esa aksincha, faoliyatda ishlovchilarning ehtiyojlari, xulk-atvori, ishdan konikishini hisobga olib ish quriladi. Bu ikkala uslub aslida, uslublar tasnifining eng chekka qarama-karshi ko‘rinishlari bo‘lib, alohida rahbarlik uslublari mana shu ikki chegara doirasida joylashgan.
YUqorida aytib o‘tganimizdek, rahbarlikning yagona eng optimal uslubi yo‘q va ularning qo‘llanilishi vaziyatga, bo‘ysunuvchilarning darajasiga bog‘liqdir. Masalan, avtokratik rahbarlik uslubi bo‘ysunuvchilarning madaniy darajasi, ahloqi pastligi sababli yoki favkuloddagi vaziyatlarda (masalan, buyurtmani tezlashtirish) qo‘llanilishi yaxshi natijalar beradi. Ammo jamoada har tomonlama demoqratik munosabatlar etilgan paytda rahbar o‘zining ish uslubini o‘zgartirishga majbur bo‘ladi.
Demak, tashkilotda rahbarlik qilishda ishning moxiyatiga, ijrochilar darajasiga va vaziyatga qarab rahbarlikning turli uslublari qo‘llanilishi mumkin.



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling