Кафедраси 99-бет “менежмент” фанидан маърузалар курси
Biznesda mas’uliyatning ijtimoiy- iqtisodiy asoslari
Download 0.6 Mb.
|
1-maruza kursi Mentjmtnt 2-kurs Buh.His. (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy ma’suliyatli
Biznesda mas’uliyatning ijtimoiy- iqtisodiy asoslari.
Biznesning tashqi muxitini o‘rganib chiqib, zamonaviy tashkilotlarga ta’sir etuvchi omillardan biri, ular faoliyat ko‘rsatayotgan jamiyat ekanligini kurdik. Garchi bu ta’sir bilvosita bo‘lsada, uning ahamiyati katta, chunki tashkilot kay darajada jamiyat oldida ijtimoiy ma’suliyatliligiga uning imidji, muvaffaqiyatli faoliyati hamda boshqa tashkilotlar va jamiyat bilan hamkorligi bog‘liq. Ijtimoiy ma’suliyatli deb hisoblanish uchun tashkilotlar o‘zini jamoatchilik muxitiga nisbatan qanday to‘tishlari zarurligi to‘g‘risida ikki xil turli nuqtai nazarlar mavjud. Ularning biriga ko‘ra, tashkilot belgilangan qonunlar va davlat tartiboti me’yorlari doirasida foydasini maksamallashtirganda ijtimoiy ma’suliyatli bo‘ladi. YA’ni, tashkilot faqatgina iqtisodiy maqsadlarni ko‘zlashi kerak. Ikkinchi yo‘nalish qarashlariga binoan, tashkilot, iqtisodiy mas’ullikka qo‘shimcha holda o‘zining ish faoliyatini ishlovchilarga, iste’molchilarga va mahalliy muxitga ta’sirining insoniy va ijtimoiy tomonlarini hisobga olishi zarur hamda jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal qilishga o‘z xissasini qo‘shishi kerak. Birinchi yo‘nalish qarashlariga ko‘ra, tashkilot - bu iqtisodiy yaxlitlik (birlik) bo‘lib, faqat o‘z resurslaridan samarali foydalanish haqida uylashi kerak. YA’ni, shunday qilganda, tashkilot jamiyat uchun zarur tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish singari o‘z iqtisodiy vazifasini bajaradi. Bu faoliyati natijasida odamlarga ish, mulk egalariga foyda, davlatga esa soliklar tushishi ta’minlanadi. Agar, tashkilot bu ishlarni qonunlar doirasida bajarsa, u ijtimoiy mas’uliyatlilik bilan harakat qilgan hisoblanadi. Boshqa tomonning fikriga ko‘ra, tashkilot - bu faqatgina va birgina iqtisodiy yaxlitlik emas, balki ko‘plab omillardan tashkil topgan muxitning murakkab qismidyar. Uning faoliyat ko‘rsatishi yuqorida aytilgan omillarga bog‘liq bo‘lib, bularga mahalliy jamoalar, iste’molchilar, ta’minotchilar, axborot vositalari, birlashmalar, ishlovchilar va aksiya egalari kiradi. Bu ijtimoiy muxit tashkilotning maqsadlariga erishishiga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin, shuning uchun tashkilot o‘zining sof iqtisodiy maqsadlarini atrofidagi jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlari bilan uyg‘unlashtirishi kerak. SHunday qilib, tashkilot tashqi muxit singari murakkab tizimning tarkibiy qismlari bilan kelishmovchiliklar (nizolar)ga kelmasdan va manfaatlarini poymol kilmasdan hamkorlikda harakat qilishi zarur. Tizimning bir qismi sifatida tashkilot o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan jamiyat oldida mas’uliyatlidir va shuning uchun o‘z mablaglari va harakatlarining bir qismini ijtimoiy ehtiyojlarga sarflashi, jamiyatning rivoji va ravnakiga xissa qo‘shishi kerak. Bu turdagi qarashlarni yoklovchilar fikriga ko‘ra "garchi keng ijtimoiy majburiyatlarni matematik holda ifodalash mumkin bo‘lmasa-da, lekin birinchi darajali ahamiyatga ega, deb hisoblasa bo‘ladi". SHuni aytib o‘tish kerakki, iqtisodiyotning holati va rivojlanish darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, tashkilot shunchalik jamiyat oldida ijtimoiy mas’uliyatlidir. Bugungi kunda jaxonda ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlarda ijtimoiy va davlat muammolarini hal qilishda biznesning ishtiroki kengaymoqda. Ijtimoiy mas’uliyatlilikning, ya’ni tashkilotlarning jamiyat oldidagi ma’suliyati asoslarini tarixda ishbilarmon odamlar va tashkilotlar amal qilib kelgan diniy, umuminsoniy va ahloqiy aqidalarda ko‘rish mumkin. Xususan, bizning mamlakatimiz tarixida jamiyat manfaatlarini ko‘zlab, uning ravnaqiga katta xissa qo‘shgan, ijtimoiy mas’uliyatlilikning yorqin na’munalarini ko‘rsatgan bir qator shaxslar ma’lum.* Bunday insonlar qatoriga A. Navoiy, keyingi avlodlardan - jadidchilik harakati vakillari, Mirkomilboy kabi ko‘plab halqparvar insonlarni kiritish mumkin. Mamlakatimizda bozor munosabatlarini shakllanishi sharoitida bu masala bugungi kunning dolzarb vazifasi bo‘lib qolmoqda va O‘zbekistonning ishbilarmonlik dunyosi ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini ko‘rishda har bir tadbirkor rahbar jamiyat oldidagi mas’uliyatini xis qilishi zarur. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling