Кафедраси 99-бет “менежмент” фанидан маърузалар курси


Ishga doir etika va etiket. Nutq madaniyati. Ishbilarmonlik etiketining milliy xususiyatlari


Download 0.6 Mb.
bet43/58
Sana30.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1416154
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   58
Bog'liq
1-maruza kursi Mentjmtnt 2-kurs Buh.His. (2)

6.4. Ishga doir etika va etiket. Nutq madaniyati. Ishbilarmonlik etiketining milliy xususiyatlari

Tashkilot o‘zi uchun harakat yo‘nalishini tanlashidan oldin (ko‘proq iqtisodiy maqsadlarga yoki ijtimoiy mas’uliyatlilikka erishish) etika (ahloq) to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lishi kerak.


Ahloq - to‘g‘ri va noto‘g‘ri xatti-harakatlarni belgilovchi qoidalar (prinsiplar) majmuidir.
Biznes etikasi faqatgina ijtimoiy ma’suliyatlilik masalalarinigina emas, balki boshqaruvchilar va bo‘ysunuvchilar xatti-harakatlarining turli ko‘rinishlarini o‘z ichiga oladi.
Bundan tashqari u maqsadlarni hamda ularga erishishining rahbarlar va bo‘ysunuvchilar qo‘llagan vositalarini ko‘rib chiqadi. Ba’zi xollarda noto‘g‘ri deb vosita tan olinsa, ba’zilarida - maqsadning o‘zi noto‘g‘ri (ahloqka zid) bo‘lishi mumkin. Bu narsaning noto‘g‘ri deb hisoblanishining sababi uning noqonuniyligida emas, balki shaxsiy kadriyatlarga zid harakat bo‘lib, quvvatlanishi mumkin emasligida. Etikaning me’yor va prinsiplari jamiyatda shakllangan qarashlar va nuqtai nazarlar va alohida shaxslarning qarashlari va kadriyatlari asosida belgilanadi.
Biznesda ahloq muammolari tashkilotning iqtisodiy ko‘rsatkichlari hamda tashkilotning ichidagi va jamiyatdagi boshqa odamlarga nisbatan majburiyatlari orqali ifodalangan ijtimoiy mas’uliyatlilik ko‘rsatkichlari orasidagi qarama karshiliklar bilan bog‘liq. CHunki foydani maksimallashtirish yo‘lida ba’zi tashkilotlar ijtimoiy yo‘nalishlarga sarflarni qisqartirishi yoki ahloqqa zid xatti- harakatlar qilishi mumkin.
Ahloqqa zid ish yuritishning tarqalgan ko‘rinishlari - pora olish va berish, xujjatlarni qalbakilashtirish, noto‘g‘ri moliyaviy hisobotlar, narxlarni sun’iy ravishda oshirish, narxlar to‘g‘risida pinxona kelishuvlar va x.k.
Ish yuritishning ahloqka zid xollari ko‘payishining sabablarini rahbarlar quyidagilarda ko‘radilar:
1. Raqobat ko‘rashining kuchayishi;
2. CHorak (3 oylik) hisobotlarda foydalilik darajasini ko‘rsatishga intilish;
3. Rahbarlarni ahloqli xatti-harakatlari uchun rag‘batlantirish yo‘qligi;
4. Jamiyatda ahloq ahamiyatining umumiy pasayib ketganligi;
5. Tashkilot tomonidan oddiy ishlovchilarga tazyik o‘tkazilishi hamda rahbarlarning xatti-harakatlari.
Xodimlar xatti-harakatlarini ahloqliliigini oshirish maqsadida tashkilot ahloq normativlarini ishlab chiqish, ahloq bo‘yicha qo‘mitalar tuzish, ijtimoiy taftishlar o‘tkazish va ahloqli xatti-harakatlarga urgatish kabi turli choralarni amalga oshirishi zarur.
Ahloq me’yorlari va standartlarini ishlab chiqishda tashkilotlar ularni oshirishga erishishlari kerak.
Turli pog‘onalardagi rahbarlar boshqa xodimlarning xatti-harakatlariga o‘rnak ko‘rsatadi va shuning uchun haqqoniylik, shaxsga xurmat xissi, ochiqkungillik, adolatlilik, yordamga shaylik, yuqori darajadagi shaxsiy kadriyatlar va boshqa yuqori ahloqiy sifatlarga ega bo‘lishlari zarur. Bu talablar, ayniqsa, bugungi sharoitlarda, mamlakatimiz bozor munosabatlariga o‘tish davrini boshidan kechirayotganida juda katta ahamiyatga ega. Bugungi kunning rahbarlari o‘z faoliyatlarini yuqori ma’suliyatni xis qilgan holda amalga oshirishlari zarur.



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling