Кафедраси 99-бет “менежмент” фанидан маърузалар курси
Tashkilotlarda mehnat taqsimoti turlari. Tashkiliy tuzilmalar
Download 0.6 Mb.
|
1-maruza kursi Mentjmtnt 2-kurs Buh.His. (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqaruv b o‘g‘ ini
- Organik struktura
- Vazifaviy(funksional ) struktura
5.3. Tashkilotlarda mehnat taqsimoti turlari. Tashkiliy tuzilmalar
Har bir tashkilot o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlariga eng samarali yo‘llar bilan erishish imkonini beradigan shaklda va mantiqiy ketma -ketlikda to‘zilgan ichki xo‘jaliklar va boshqaruv pog‘onalaridan iborat. Bunday tuzilish va aloqalar tashkilot strukturasi deyiladi. Uning tuzilishiga asosan ikkita omil ta’sir ko‘rsatadi: mehnatning ixtisoslashgan taqsimoti; nazorat miqyosi (boshqarilish normasi). Mehnatning ixtisoslashgan taqsimoti - berilgan ishni mutaxassislarga, ya’ni tashkilotda mazkur ishni hammadan yaxshiroq bajaradigan shaxslarga biriktirish. Tashkilotda mehnatni kay tarzda taqsimlash — eng ahamiyatli boshqaruv qarorlaridan biridir, chunki funksional sohalar (bo‘limlar)ni tanlash tashkilotning asosiy tuzilishini belgilab beradi va bu uning muvoffaqiyatli faoliyat imkonini beruvchi omillardan biridir. SHunday qilib, mehnatni gorizontal va vertikal taqsimotini to‘g‘ri amalga oshirish zarur. Mehnatning vertikal taqsimoti, ya’ni bevosita boshqaruv faoliyatini muvofiklashtirish, tashkilot muvoffaqiyatini ta’minlash uchun zarur. Uning natijasida boshqaruv pog‘onalari ierarxiyasi shakllanadi. Tashkilot strukturasiga boshqaruv shakli ta’sir ko‘rsatadi va u bir necha pog‘onalardan iborat bo‘lishi mumkin. Bir rahbarga bevosita bo‘ysunuvchi odamlar soni nazorat miqyosi (boshqarilish me’yori) ni tashkil etadi. Agar u keng bo‘lsa, boshqaruv strukturasi yassi (yoyilgan) shaklda bo‘ladi, agarda tor bo‘lsa, natijada ko‘p pog‘onali struktura shakllanadi. Boshqarilish normasi boshqarish pog‘onalari va funksional bo‘limlarga qarab, shuningdek, tashkilotning ichidagi va tashqi muxitidagi boshqa o‘zgaruvchilar ta’sirida o‘zgaradi. Tashkilot strukturasi faoliyatni muvofiklashtirish vazifasini bir qismini bajaradi, aks holda ichki xo‘jaliklar va odamlar tashkilotning umumiy maqsadlariga emas, o‘z maqsadlariga erishish uchun harakat qiladilar. Tashkiliy strukturani loyihalashtirishda quyidagi elementlarga e’tibor qaratiladi:bo‘g‘inlar, darajalar,gorizontal hamda vertikal aloqalar. Boshqaruv bo‘g‘ini bu - tashkilotning alohida yoki erkin boshqaruv idorasidir (ichki bo‘limlar). Bo‘limlar orasida o‘rnatilgan aloqa gorizontal tavsifga ega. Boshqaruv darajasi - bu boshqaruv ierarxiyasida ma’lum darajani egallagan boshqaruv buginlari yig‘indisidir. Tashkiliy struktura odamlar faoliyatining samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. SHuning uchun tashkilotlarda tashkiliy strukturani tanlash va shakllantirish, rahbarlar faoliyatida eng muxim va zarur elementlardan biri hisoblanadi. Bu masala nafaqat tashkilotlar faoliyatini yangidan boshlaganda,balki faoliyat ko‘rsatayotgan va rivojlanayotgan tashkilotlarda ham hal qilinishi zarur.CHunki, tashqi muxitdagi yoxud ichki omillardagi o‘zgarishlar tashkilot strukturasini ularga mos holda o‘zgartirishni taqazo etadi. Tashkiliy strukturalar ko‘p sonli tur va shakllarga ega.(CHizma) Mexanik struktura
Organik struktura
5.3.-CHizma.Tashkiliy strukturalar turlari. Tashkiliy strukturalar murakkablik, rasmiyatchilik va markazlashtirish darajasi asosida ikkita guruxga bo‘linadi -- Mexanik va Organik strukturalarga. Mexanik tashkiliy struktura ko‘p sonli bulyanmalar (vertikal bo‘yicha) hisobiga murakkablik, rasmiylikni va markazlashtirishning yuqori darajasi,cheklangan axborot tarmogi va aloqalar bilan tavsiflanadi. Organik struktura - oddiyroq, keng axborot armogiga ega va kamroq rasmiylashgan. Bu tarkibda boshqaruv nomarkazlashgan. Bu struktura boshqaruvning egiluvchan va moslashuvchan shaklidyar.Organik strukturadagi munosabatlar shakli va usuli - sherikchilik, munozaralar asosida tashkil etiladi; Mexanik strukturada esa - qaror, farmoyish, tavsifnomalar va me’yoriy xujjatlar asosida munosabatlar tashkil etiladi. YAqin-yaqinlargacha tashkilotlarda Mexanik (byuroqratik) strukturalar keng tarkalgan bo‘lib,ularning asosiy turlari: funksional, muntazam, muntazam-shtabli, divizional strukturalardan iborat edi. Ammo, so‘nggi vaqtlarda ko‘plab firma va korporatsiyalar kuchayib ketgan rakobat ko‘rashi sharoitida yashash qobiliyatini saqlab kolish uchun strategiyasini va strukturasini o‘zgartirmoqdalar.Bunda ko‘proq diqqat e’tibor Organik strukturalarga qaratilmoqda. Bularga matritsali, dasturli-maqsadli, loyihali strukturalar kiradi. Vazifaviy(funksional ) struktura - uzoq vaqt ishlatilib kelingan struktura bo‘lib,boshqaruvni departamentlashtirish ( taqsimlash) natijasida kelib chikkandir.Uning bo‘limlarining har biri boshqaruvda o‘zining aniq vzifasiga ega, o‘ziga buyurilgan vazifani bajaradi. Firmaning vazifaviy funksional strukturasi. (CHizma)
Funksional tarkib kichik va o‘rta hamda nisbatan barqaror tashqi muxitda faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilotlarda qo‘llanilyashi mumkin.Katta tashkilotlarda ularning faoliyat yo‘nalishlari (yoki mahsulot turlari) ko‘p bo‘lgan xollarda divizional struktura ko‘proq samara beradi.Bunda tashkilot asosan 3 ta omil asosida,bo‘limlarga bo‘linadi,ya’ni mahsulot,haridorlar guruxi yoki geografik joylashuv bo‘yicha. Bu bo‘limlar guyoki mustakil tashkilotlar kabi harakat qiladi va faqatgina markiziy boshqaruv idoraga (bosh firmaga) bo‘ysunadilar. Divizional struktura -chizma. (mahsulot bo‘yicha)
Muntazam strukturada boshqaruvning barcha buginlari vertikal bo‘ysunish buylab joylagan, ya’ni eng yuqori darajadan to quyigacha. Har bir boshqaruv pog‘onasi yuqoriroqda to‘rganiga bo‘ysunadi. Muntazam struktura yassi va ko‘p pog‘ona i shakllarga bo‘linadi. Strukturaning shak i biz yuqorida ay jb o‘tgan boshqarilish me’yoriga bog‘liq. Muntazam tashkiliy struktura. (CHizma)
Muntazam struktura tashkilot uncha katta bo‘lmaganda qo‘llanishi yaxshi samara beradi. Tashkilotlarning o‘sishi va vazifalarining murakkablashishi muntazam rahbarlar koshida maxsus ekspertlardan iborat shtablar tuzishga zaruriyat tug‘diradi. SHtabli bo‘linmalar xodimlari tashkilotning muntazam (chizikliy) faoliyatiga aralashmaydilar, faqat muntazam rahbarlarga ular o‘z ishlarini muvoffaqiyatli bajarishlari uchun yordam va maslaxatlar beradilar. Muntazam - shtabli struktura
Muntazam-shtabli strukturalarda muntazam va shtabli bo‘linmalar orasidagi munosabatlarni muvoffiklashtirish ba’zida juda katta kiyinchiliklar tug‘diradi. Bu kabi axvoldan chiqishda boshqaruv strukturasini qayta ko‘rish va shtabli bo‘linmalar sonini yoki ulardagi xizmatchilarni qisqar- tirish yo‘lidan foydalanish mumkin. YUqorida ko‘rib chiqilgan tarkiblar byuroqratik tarkiblarga kiradi. organik tarkiblar hisoblanuvchi strukturalarning shakillanishi zaruriyati tashkilotlarda ko‘p resurslar va mablag sarfi talab etuvchi murakkab loyihalar yoki dasturlar amalga oshirilishidan, hamda bularga maxsus boshqaruv strukturasi talab qilinishi bilan belgilanadi. Loyihali struktura. - bu tashkilotning aniq masalasini echish uchun vaqtincha to‘ziladi. Bu struktura funksional bo‘linmaning ichida tashkil qilinadi. Bunda yuqori malakali mutaxassislar loyihani amalga oshirish uchun to‘planadilar va ish muddati tugagach, tarkatilib yuboriladilar. Loyihali strukturada xizmatchilar bir vaqtda ikkita rahbarga bo‘ysunadilar - loyiha rahbariga va umumiy funksional bo‘lim boshligiga. Loyihali struktura - chizma
Matritsali struktura - bu funksional strukturaga loyihali strukturaning birlashganidan tashkil topadi. Bunda xodimlar funksional bo‘lim boshligiga va loyiha rahbariga bo‘ysunadilar. Matritsali struktura tashkilotga ichki va tashqi muxit faoliyati sharoitlariga tezda moslashish imkonini beradi. Ushbular bilan birga hozirgi zamon menejmenti tashkilotlarning yangi va samarali tashkiliy tarkiblarini izlamoqda. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling