Kafedrasi bitiruv malaka ishini bajarish bo`yicha uslubiy qo’llanma
Ishlab chiqarish oqimini tashkiliy-texnologik yechimini va dastlabki ma'lumotlarni tuzish
Download 381.06 Kb.
|
BMI majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.6-jadval. Model kolleksiyasiga ishlov berish loyihadagi texnologik tartib
3.2.2. Ishlab chiqarish oqimini tashkiliy-texnologik yechimini va dastlabki ma'lumotlarni tuzish
Ishlab chiqarish oqimini tashkiliy-texnologik yechimini loyihalash uchun dastlabki ma'lumot sifatida loyihalanayotgan buyum modeli va texnologik jarayonni loyihalash uchun topshiriq olinadi. Agar bir vaqtda ko`p fasonli texnologik jarayonni loyihalash topshirilgan bo`lsa,ishlab chiqarishninig texnologik ketma-ketligini xamma modellar uchun quyidagi shartlarni xisobga olgan xolda to`ldiriladi(3.6-jadval). - buyumni konstruktiv-texnologik o`hshashligi, qo`llaniladigan gazlamalarni tuzilishi va hususiyatlari bir hilligi; - qo`llaniladigan asbob-uskunalarni bir hilligi; - buyum paketini birdayligi. Shu bilan birga hamma modellar o`zaro o`hshash koeffisenti bo`yicha taqqoslanadi (Ku.k bo`yicha modellar orasida +/ -15% ga o`zgarishi mumkin): Bunda: Tm-taqqoslangan modelni sermexnatliligi, soat. Tb-bazadagi modelni sermexnatliligi, soat. Agar modellarninig sermexnatliligi juftlab taqqoslanganda bir-biridan 7-15% farq qilsa, unda ularni bitta texnologik oqimda ishlab chiqarish mumkin. So`ng tanlangan modellarni konstruktiv-texnologik o`hshashligi bir hillik koeffisenti bo`yicha aniqlanadi. Bunda: Kb- konstruktiv-texnologik bir xillik koeffisenti Nbir.hil- bir xil-ikkita model bo`yicha bir xil operasiya soni Num-ikkita model bo`yicha umumiy operasiyalar soni. 3.6-jadval. Model kolleksiyasiga ishlov berish loyihadagi texnologik tartib
Ishlab chiqarish oqimining tashkiliy tuzilishi aloxida seksiyalar bo`yicha dastlabki ma'lumotlarni tahlili asosida tanlanadi. Ishlab chiqarish oqimi bo`yicha esa jadval shaklida ko`rsatiladi. Tikuv buyumni ishlab chiqarishni texnologik jarayoni xar bir konkret hollarda ma'lum ishchilar soni ishtirokida amalga oshiriladi, chunki ishlab chiqarish oqim usulining asosiy sharti uninig ritmiyligi. Oqim ritmiyligi shunda ta'minlanadi, qachonki tashkiliy operasiyalar sarf vaqti bir biriga teng, karralik yoki shu ishlab chiqarish oqimda operasiyalarni bajarish o`rtacha sarf vaqtiga, ya'ni ishlab chiqarish oqimining ishlash maromiga karralik bo`lsa. Avval ishlab chiqarish oqimining ishlash maromi aniqlanadi. Ishlab chiqarish oqimining loyihalash dastlabki ma'lumotlari sifatida quyidagi parametrlar olinadi. R- smena davomiyligi, sek (28800) Tb-loyihadagi buyum sermexnatliligi, s. M-ishlab chiqarish oqimining quvvati, dona. N-ishchilar soni. S-seh satxi. Ishlab chiqarish oqimini quvvati – М /son/: bunda: R – smena davomiyligi 28800 sekundga teng; Тб – buyum sermehnatligi, s. Ishlab chiqarish oqiminidagi ishchilar soni – N /ishchi/: bunda: l и.ў – ishchi o’rinining qadami; К ўр – ishlab chiqarish oqiminidagi bir ishchiga to’g’ri keladigan o’rtacha ish o’rinlar soni; Н1 р – bitta ishchiga mo’ljallangan sathning tipovoy normasi /м2/; n – tikuv sex maydonidagi ishlab chiqarish oqimlar soni . 3. Ishlab chiqarish oqim chizig’ining umumiy uzunligi – L и ч. /м/: (м) 4. Tikuv sex sahni – S /м2/: (м2) Loyihalanayotgan Ishlab chiqarish oqim bir maromda bir maromda ishlashini ta’minlash uchun, Ishlab chiqarish jarayonining ma’romini - ф /s/ hisoblanadi. yoki Ishlab chiqarish oqimining parametrlarini hisoblash va oqimini ifodasi 3.7 jadvalga tushiriladi. Download 381.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling