Qobiliyat – shaxsning osonlik bilan biron faoliyatni egallay olishini ta’minlaydigan individual psixologik xususiyat
Maqsad – qo‘yilgan muammo (maqsad) yechimiga intilishi yo‘nalishi va bu boradagi harakatlar natijasi.
Malaka – muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
Masofaviy o‘qitish–masofadan turib o‘qitish, qaysiki o‘quv mashg‘ulotlarining barchasi yoki ko‘p qismi telekommunikatsion va zamonaviy axborotlashtirish texnologiyalar asosida olib boriladi.
Maxsus kompetentlik – kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga tayyorlanish, kasbiy-pedagogik vazifalarni oqilona hal qilish, faoliyati natijalarini real baholash, bilim, ko ‘nikma va malakani izchil rivojlantirib borish.
Mahorat (arab. “mohirlik”, “ustalik”, “epchillik”) – 1) biror ish, kasb uchun zarur yoki shu sohada orttirilgan ustalik, san’at, mohirlik; 2) bir ish yoki faoliyatni yuksak darajada, hech bir qiyinchiliksiz, o‘ta mohirlik bilan bajarish; 3) muayyan ish, xatti-harakat yoki kasbiy faoliyatning ustalik, mohirlik bilan, san’atkorona tashkil etilishiga imkon beradigan bilim, ko‘nikma va malakalar majmui
Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko ‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.
Metod-(yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, “yo‘l” degan ma’noni anglatadi ) maqsadga erishish yo‘lini bildiradi.
Metodik kompetentlik – pedagogik jarayonni metodik jihatdan oqilona tashkil etish, ta’lim yoki tarbiyaviy faoliyat shakllarini to‘g‘ri belgilash, metod va vositalarni maqsadga muvofiq tanlay olish, metodlarni samarali qo‘llay olish, vositalarni muvaffaqiyatli qo‘llash;
Mimika (yunon. “mimikos” – “taqlidiy”) yuz muskullari harakatlari orqali shaxsning o‘z fikri, his-tuyg‘ulari, kayfiyati hamda mavjud voqelikka munosabatini ifodalashi
Modul – fanning bir yoki bir necha tushunchalarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan, ishlab chiqilgan printsiplar asosida shakllangan mantiqan tugallangan o‘quv materialidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |