Kafedrasi kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash kurslari uchun
Download 0.57 Mb.
|
umumiy pedagogika
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
- 1-keys bayoni
- Keys yechimi.
- 2-keys bayoni
NAZORAT UCHUN SAVOLLARI
Xalqaro baholash dasturlari bo’yicha ma’lumot bering.PISA va TIMSS nima? Rivojlangan davlatlar ta’lim tizimining o’ziga xosliklarini tushuntiring. Yaponiyada maktabgacha va boshlang’ich ta’lim, o’rta va katta maktab ta’lim tizimi, Davlat universitetlariga kirish qoidalari haqida ma’lumot bering.Germaniya Federal Yerlarida ta’lim tizimining umumiy va farqli jihatlarini ko’rsating.Germaniyada ta’lim tizimi bosqichlari haqida . Germaniyada maktab tiplarining farqini tushuntiring. Germaniyada birlashgan (umumiy) maktab turlari: kooperativ va integratsiyalashgan maktablar haqida ma’lumot bering. Janubiy Koreyadagi maktabgacha, boshlang’ich, o’rta va yuqori ta’lim haqida . Kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim haqida so’zlab bering. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Yo’ldoshev J., Hasanov S. Pedagogik texnologiyalar.– T.: “Moliya-iqtisod” nashriyoti, 2009. 2. Yo’ldoshev J.G’. Xorijda ta’lim. –T.: SHarq, 1995. 3. Muslimov N.A., Usmonboeva M.H., Sayfurov D.M., To’raev A. B. Innovatsion ta’lim texnologiyalari .- T.: “Sano standart” nashriyoti, 2015. 4. Muxina S.A., Solovyova A.A. Sovremennыe innovatsionnыe texnologii obucheniya. – M.׃ “GEOTAR-Mediya”, 2008. 1-keys bayoni: Uzoq yillik ish tajribasiga hamda o‘quvchilar o‘rtasida alohida hurmatga ega kutubxonachi auditoriyaga kirib, doskada o‘zining karikatura janrida ishlangan rasmini ko’radi. Karikatura yorqin ishlangan, har bir shtrix aniq ishlangan, qolaversa, rasm juda kulgili chiqqan. Butun guruh kutubxonachining karikaturaga, uning ijodkoriga nisbatan munosabatini kutyapti. Biroq, kutubxonachi shoshilmasdan, katta qiziqish bilan karikaturani tomosha qiladi va shunday dedi: “Karikatura shunchalik yaxshi chiqibdiki, uni hatto o’chirgim kelmayapti. Rasm ijodkori 164 – yosh rassom uni qog‘ozga ko‘chirib olishi kerak. Men karikaturist (rassom)ni munosib baholayman!”. Keys savollari: 1. Kutubxonachining mavjud vaziyatdagi holatini shaxsan Siz qanday baholaysiz? 2. Bu vaziyatda kutubxonachi qanday tarbiya metodini qo‘lladi? Keys yechimi. Bu vaziyatda kutubxonachi o‘zining tarjribali va pedagogik nazokatga egaligini namoyon eta oldi. U karikaturani o‘zining ustidan kulish vositasi deb emas, aksincha, san’at asari sifatida qabul qildi. Natijada kutubxonachi aybdor o’quvchini qidirib, unga tanbeh berishni istamadi. Buning o‘rniga o‘zining san’atga bo‘lgan muhabbatini ko‘rsatdi. Bunday yondashuv o‘quvchilarga kutubxonachining irodali, o‘ziga hurmat bilan munosabatda bo’lishi, hissiyotlarini jilovlay olish, o‘z-o‘zini boshqara bilish qobiliyatiga egaligini ko’rsatdi. Oqibatda o‘quvchilar o‘qituvchining ruhan barqaror ekanliklarini angladi. SHu sababli keyingi safar ular o‘qituvchini kamsitish yoki ustidan kulishni istashmaydi. Bayon etilgan vaziyatda o’qituvchi 1) izohlash (o‘zida muayyan guruh yoki alohida shaxsga yo’naltirilganlikni ifoalovchi hissiy-og‘zaki ta’sir etish usuli); 2) xulq va faoliyatni rag‘batlantirish metodlaridan biri bo‘lgan – qo‘llab-quvvatlash metodidan foydalandi. 2-keys bayoni Madina 2 yoshda. U juda xam quvnoq, xamma bilan oson muloqotga kirishadigan, juda ko‘p she’rlar biladigan qiz. Uni bog‘chaga berishdi va bir oy davomida bola injiq, yig‘loqi, dudug‘lanadigan bo‘lib qoldi. Tarbiyachi ota-onani oldida doim qizga nisbatan xushmuomala bo‘lib, erkalatardi. Ota-ona vaziyatni surishtirsa, tarbiyachi uyda qo‘rqib ketgan bo‘lsa kerak, deb vaziyatni yumshatishga xarakat qildi. Boladan so‘ralsa, bola xech nima gapirib bera olmaydi. Savollar: 1.Bu vaziyatda kim aybdor? 2.Ota-ona qanday yo‘l tutishi kerak? 3. Bolaga endi qanday munosabat bildirish kerak? Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling