Kafedrasi kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash kurslari uchun


Umumiy maktabning ikkita tipi bor:kooperativ, integratsiyalashgan maktab


Download 0.57 Mb.
bet96/106
Sana11.05.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1450320
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   106
Bog'liq
umumiy pedagogika

Umumiy maktabning ikkita tipi bor:kooperativ, integratsiyalashgan maktab.
Kooperativ umumiy maktabda asosiy maktab, real maktab va gimnaziyalar birgalikda ishlaydi. Tashkiliy, metodik va didaktik jihatdan ular bir biriga qaram bo’lmagan bo’limlar sifatida faoliyat yuritadi. Bu bo’limlar o’zaro xamkorligining turi va darajasi yosh davrlar guruhlariga bog’liq. Kooperativ umumiy maktab barcha bo’limlar uchun umumiy pedagogik rahbariyatga ega.

Integratsiyalashgan umumiy maktab 10-sinfgacha alohida maktab tipini ajratmaydi. Sinflarni tashkil qilishning yagona mezoni yosh bilan bog’liq. Alohida fanlarni o’qitish kurs tizimi bo’yicha olib boriladi.Umumiy maktabda mutaxassislar tomonidan “fanlardan yutuqlari bo’yicha differentsiyalash” deb nomlangan guruhlarga bo’lish joriy qilingan.Differentsiyalashdan kutilgan maqsad: har bir ta’lim oluvchiga uning qobiliyatlariga ko’ra talablar qo’yish, har biriga individual yondashish. O’zlashtirish o’zgarishi natijasida bir guruhdan ikkinchi guruhga o’tish mumkin.


Germaniyada kasbiy va oliy ta’lim tizimi
Germaniya ta’lim tizimida hunar ta’limi muhim ahamiyatga ega, chunki yuqori malakali ishchilarga bo’lgan talab kuchlidir. To’liqsiz o’rta maktabni bitiruvchilarning 20% hunar ta’limi tizimida bilim olishni davom ettiradilar. Aksariyat hollarda o’qish muddati 3-3,5 yilni tashkil etadi. O’qish 3 bosqichdan iborat bo’lib, birinchi yil asosiy hunar ta’limi beriladi. Bunga o’qitilayotgan kasbga taalluqli maxsus fanlardan nazariy asoslar berilib, yirik korxonalarda amaliy mashg’ulotlar o’tkaziladi. Ikkinchi yil davomida maxsus hunar ta’limi beriladi. Ta’lim oluvchining birinchi yildan ikkinchi yilga o’tishida sinov imtihonlari o’tkazilib, o’qishni davom ettiruvchi yoshlar tanlab olinadi. Uchinchi yil davomida maxsus hunar ta’limi yanada chuqurlashtirilib boriladi. Bitiruv imtihonlari maxsus komissiya tomonidan qabul qilinadi. Komissiya a’zolari korxonalarning yetakchi mutaxassislari, Federal Yerlardagi sanoat palatasi, hunarmandchilik palatasi vakillaridan tashkil topadi. Hunar maktablarining diplomlari oliy o’quv yurtlariga kirish uchun huquq bermaydi. Buning uchun 1 yillik tayyorlov kurslarini tugatish talab etiladi. O’qishga qabul qilish imtihonsiz, maktab ta’limi to’g’risidagi hujjatga asosan amalga oshiriladi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling