Fan gimnaziyalariga real maktabni bitirganlik haqidagi attestat bo’lsagina qabul qilinadi. Bu gimnaziyalarda ta’lim davomiyligi 3 yil. Bitiruvchilar fan yetuklik attestatini oladilar, bu esa ma’lum doiradagi fanlarni o’rganish uchun oliy o’quv yurtiga kirish xuquqini beradi.
Gimnaziyada o’qitishdan maqsad: umumta’lim bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish va shular asosida ta’lim oluvchilarni zamonaviy ma’lumotlarni olish va qayta ishlashning ilmiy metodlari bilan tanishtirish, oliy o’quv yurtida muvaffaqiyatli o’qish uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlarni yaratishdan iborat. 5-10sinflar 11-sinfda boshlangan individuallashtirilgan ta’lim dasturi uchun poydevor yaratish vazifasini bajarishga mo’ljallangan. Gimnaziyaning o’ziga xos xususiyati fanlarning differentsial tuzilgani bo’lib, ta’lim oluvchiga tanlash imkoni beriladi. Masalan, chet tillar soni va ularni navbatma-navbat o’rganish, 9-sinfda ta’lim oluvchiga aniq yo’nalishdagi fanlarni (tabiiy-matematik, ilmiy-iqtisodiy, musiqiy-badiiy) tanlash imkoni beriladi. SHunga ko’ra gimnaziyalar maxsus xarakterga ega bo’ladi va an’anaviy klassik, tabiiy-matematik va zamonaviy tillar turlariga bo’linadi. Undan tashqari iqtisodiy, pedagogik, qishloq xo’jaligi, texnik- texnologik, ijtimoiy-ilmiy, musiqiy gimnaziyalar va kommunal xo’jalik gimnaziyalar bor.Klassik gimnaziyalarda albatta lotin, yunon va birorta zamonaviy til o’rganilishi shart. Tabiiy-matematik gimnaziyalarda matematika, fizika, ximiya chuqur o’rganiladi. Gimnaziyaning yuqori sinflarida asosiy, ya’ni xamma uchun majburiy kurslar, hamda individual tanlangan o’ta qiyin (yuqori) kurslar kiritilgan.
Birlashgan (umumiy) maktab
Birlashgan maktab 5-10 (7-10) sinflarni o’z ichiga oladi. U ikkinchi bosqich Iga qarashli. Birlashgan umumiy maktabning maqsadi: barcha 2- bosqich maktablari fanlari, kurslarini bitiruv attestati talablari bilan birlashtirishdir. U o’quv muassasalari va ikkinchi bosqich II kasbiy ta’lim kurslariga o’tuvchi bitiruvchilarni tayyorlaydi. Aksariyat umumiy maktablarda o’qitish kurslari mavjud, uni muvaffaqiyatli yakunlagan ta’lim oluvchi oliy o’quv yurtiga kirish xuquqini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |