Kafedrasi kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash kurslari uchun


JANUBIY KOREYA TA’LIM TIZIMI


Download 0.57 Mb.
bet81/106
Sana11.05.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1450320
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   106
Bog'liq
umumiy pedagogika

JANUBIY KOREYA TA’LIM TIZIMI
Janubiy Koreyada zamonaviy ta’lim tizimining qaror topishi 1945 yillardan, ya’ni mamlakatning yapon hukmronligidan ozod bo’lgan vaqtidan boshlanadi. 1945 yildan 1970 yillargacha ta’lim tizimi ayniqsa jadal rivojlandi. 1950–1953 yillardagi Koreya urushi natijasida yuzaga kelgan iqtisodiy yo’qotishlar va vayronagarchiliklarga qaramay Janubiy Koreya savodsizlikni tugatishga qat’iy kirishdi.
1968 yilda qabul qilingan Milliy ta’lim xartiyasi koreys xalqi mentaliteti va vatanparvarligining o’ziga xos tomonlarini ayniqsa yorqin ifoda etadi. Xartiyaga muvofiq milliy ta’lim millatni jipslashtirishga, tarix va an’anlariga hurmat bilan qarashga, qadriyatlarni ulug’lashga, millatni yanada kuchliroq qaror topishiga va umuman, xalqning farovonligini ta’minlashga yaqindan yordam beradi va asos bo’lib xizmat qiladi. Ta’limga bu kabi munosabatda bo’lish, koreys xalqi uchun tabiiy bir holatdir va aynan mana shu holat mamlakatning muvaffaqiyati uchun kafolat bo’lib xizmat qiladi.
Koreya ta’lim tizimi muayyan bir xillikka ega bo’lish bilan bir qatorda, alohida maktablar uchun mahalliy va milliy dasturlar doirasida davlat ta’lim standarti doirasidan chekinishga ruxsat beradi. Davlat ta’lim dasturi davriylikka ega bo’lib, ta’limga bo’lgan talabdan kelib chiqqan holda, jamiyatning dunyoqarashlari va yangi fanlarning yuzaga kelishiga bog’liq ravishda o’zgarib turadi. Ta’lim dasturi standartlari maktablar uchun o’quv mazmunini aks ettiruvchi va rahbarlarning o’quv dasturlari ishlab chiqishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Hukumat milliy va ijtimoiy talablarni qondirish maqsadlarida, shuningdek, ilmiy tadqiqot ishlanmalari bo’yicha turli ko’rsatkichlarni e’tiborga olgan holda, shu kungacha davlat dasturiga yetti marotaba o’zgartishlar kiritdi. “Ettinchi dastur” 1997 yilning dekabrь oyida joriy etilgan. Yangi globallashuv davri va modernizatsiyalashuv asrida har taraflama mukammal inson resurslarini kamol toptirish maqsadida Yettinchi dastur eskicha ta’lim metodlaridan voz kechib, yangi mukammal ta’lim tizimini yaratishga intildi. Har bir fan bo’yicha talabalarning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda, ta’lim berish metodlari ishlab chiqildi. Bunda talabalarning mustaqil bilim egallashiga, ularning dunyoqarashlarini yanada kengaytirishga katta e’tibor qaratildi. SHunday qilib, Yettinchi dastur talabalarning individual talanti, ijodiy kuchi, mustaqillikka intilishlarini inobatga olishi bilan avvalgi dasturlardan farq qiladi. Bunda shaxsning mustaqilligiga ijodiy kuch uchun poydevor sifatida qaraladi.
Yettinchi dastur ikki qism: umumiy va maxsus qismlardan iborat. Yangi dastur bo’yicha o’rta maktab o’n yillik bo’lib, keyingi 11- va 12-sinflarda ta’lim oluvchilar kelgusida egallaydigan kasblari bo’yicha ixtiyoriy tanlov asosida maxsus tayyorlov kurslarida ta’lim oladilar.
Milliy dastur doirasida pedagoglar uchun maxsus o’quv rejalari ham ishlab chiqilgan. O’rta maktab doirasida o’qitiladigan fanlar majburiy va qo’shimcha darslarga ajratiladi. Oliy maktab va universitetlarda maxsus fanlar o’qitiladi. Maktablarda ba’zi fan sohalari bo’yicha chuqurlashtirilgan bilimlar beriladi.Davlatning ta’lim sohasini rivojlantirish bo’yicha amalga oshirgan islohotlari natijasida Koreya Respublikasi ba’zi bir ko’rsatkichlar bo’yicha jahonda yetakchi o’rinlarni egallaydi.
Bugungi kunda Janubiy Koreya ta’lim tizimining eng ustuvor
yo’nalishlaridan biri maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirish hisoblanadi. Maktabgacha ta’limni bepul qilgan holda mamlakat maktabgacha ta’lim muassasalariga qatnaydigan bolalar sonini oshirishga erishdi. Koreya Respublikasida bolalar bog’chasi ularga nazariy ta’lim berish maqsadiga intilmagan holda, o’zining muhim vazifasi – ularning har taraflama barkamol bo’lib yetishishini ta’minlashga, ularning jismonan va ruhan sog’lom bo’lishiga, o’zida ishonchni tarbiyalab yetishtirishga harakat qiladi.
Janubiy Koreya Respublikasi ko’plab tadqiqotchilarning diqqatini o’ziga tortmoqda, sababi bu davlat postindustrial tsivilizatsiya yutuqlarini egallagan Osiyo-Tinch okeani regionining noyob davlatlaridan biridir. Koreyaliklar bajarilishi shart bo’lgan asosiy vazifa - o’z an’anaviy madaniyatini saqlash, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni o’z madaniy-siyosiy identivlik, SHarqning an’anaviy qadriyatlari va orientirlari bilan bog’lashga intilish deb hisoblaydilar. Bu davlatning ta’lim tizimi YuNISEF ekspertlari xulosasiga ko’ra sanoati rivojlangan davlatlar ichida “eng samaralisi” deb tan olingan.
Janubiy Koreyaning iqtisodiyoti va texnikadagi yutuqlari “Inson resursiga investitsiyani to’g’ri tikkanligida” deb ta’kidlashadi. Konfutsiy davridan saqlanib qolgan ziyoli odamga jamoat xizmati xozirgi kungacha bor. Janubiy Koreyada 1980 yillardan beri ilmiy kasblar eng nufuzli hisoblanadi.
Janubiy Koreya ta’lim tizimi yana bitta butunjahon tamoyilini amalga oshiradi: bu ta’lim va fan integratsiyasidir. Dunyo amaliyotida o’quvmuassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarini o’z ichiga oluvchi akademik konglomeratlar samarali faoliyat olib borishmoqda. Bunday birlashuv ilm va ta’lim integratsiyasining aniq asosi bo’lib xizmat qiladi va mamlakatda yagona ilmiy-texnik va ta’lim siyosatini olib borish imkoniyatini beradi. Oliy o’quv yurtlari va ilmiy tadqiqot institutlarining qo’shilishi bugungi kunda integratsiyaning eng samarali shakli hisoblanadi.
Ko’p rivojlanayotgan davlatlarda ta’lim bugungi kunda jamiyatning faqat sarf-harajatlar sohasi emas, balki asosiy ishlab chiqaruvchi kuchiga aylandi. Ya’ni, ta’lim raqobatbardosh, jiddiy moliyaviy mablag’larni olib keluvchi soha bo’lishi kerakligi isbotlandi. Ta’limning deyarli 1-bosqichidayoq davlat va iqtisodiyotning rivojlanishiga qaratilgan bo’lishi kerak. Faqat bilim olish uchungina emas, balki olingan bilimlarni amaliyotda samarali qo’llash uchun o’qish zarur.
Lekin shuni hisobga olish joizki, ta’limni tizimli modernizatsiya qilish jarayoni o’z-o’zidan eski tartib elementlarni yengib o’tish, yangi g’oyalarni ishlab chiqish va tabiiy boshqaruvning boshqa metod va mexanizmlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Lekin bu shundoqligicha nusxa olish shaklida emas, balki yangiliklarni qabul qilish bilan birga ta’lim rivojlanish bosqichidagi eng yaxshi an’analar va qo’lga kiritilgan yutuqlarni saqlab qolishni taqozo etadi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling