Kafedrasi kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash kurslari uchun


Erkin o’qitish quyidagilar bilan belgilanadi


Download 0.57 Mb.
bet59/106
Sana11.05.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1450320
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   106
Bog'liq
umumiy pedagogika

Erkin o’qitish quyidagilar bilan belgilanadi:
o’quv manbasiga qiziqish uyg’otish, bilishga va faol ijodiy fikrlashga rag’batlantirish; ishonchga asoslangan erkin talabchanlik ta’lim oluvchilarning mustaqilligi va tashabbusiga tayanish;jamoa orqali usullar bilan talablarni amalga oshirishni ta’minlash.
Yangi shaxsiy yondashuvning mohiyati, ta’lim tizimida o’quv fanidan ta’lim oluvchiga emas, ta’lim oluvchidan o’quv fani tomonga harakatlanishni taqozo etadi, ta’lim oluvchilarning imkoniyatini inobatga olib, rivojlantirish, takomillashtirish va boyitishga qaratilgan.

  • O’qitishning yuqori oliy pog’onasi individual o’qitishdir.

Umumta’lim maktablarida ta’lim oluvchilarning aqliy rivojlanish darajasi bo’yicha tabaqalashning ijobiy tomonlari bilan salbiy tomonlari ham mavjud bo’ladi.
Yakka tartibda o’qitish jarayonni tashkillashda individual yondashish va o’qitishning individual shakli ustuvor hisoblanadi. O’qitishning barcha shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalarida individual yondashish qo’llaniladi, individuallashtirish, o’quv maqsadlariga erishishning asosiy vositasidir.
Bu o’qitishning asosi, ta’lim oluvchining individual-pedagogik xususiyatlarini o’rnatish hisoblanadi. Natijalar asosida, o’qitish usuli tanlanadi. Qabul qilingan texnologiya, qoida va jarayonlarga ko’ra o’qitish jarayoni amalga oshiriladi.
Ta’lim oluvchining shaxsiy imkoniyatlarni ro’yobga chiqarishini ta’minlash, zamonaviy o’quv jarayoniga qo’yiladigan jadallashgan ilmiy-texnikaviy taraqqiyotining talabidir. Individual va individuallashtirilgan o’qitishda erishiladi

  • Individual o’qitish o’quv jarayonining tashkil etishning shakli, pedagog

o’quvchilar bilan yakka shug’ullanadi, o’quvchi o’quv vositalari yordamida uzluksiz mustaqil ta’lim oladi.;
Individual o’qitishning afzalliklari: pedagogik jarayonning ta’lim oluvchi qobiliyatlariga moslashuvchanligi imkoniyatidir. O’quvchining bilim olish darajasi doimiy monitoringini amalga oshirish va zaruriy tuzatishlar kiritish natijasida maqbul pedagogik jarayon tashkil etiladi
Individual yondashish pedagogik jarayonda pedagogning o’quvchilar bilan o’zaro munosabati, shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda quriladi va butun guruh va har bir o’quvchining rivoji uchun psixologik-pedagogik muhit yaratiladi.
Individuallashtirilgan o’qitish o’quv jarayonini tashkillashda shaxsiy yondashish asosida o’qitish yo’li, usullari, sur’ati tanlanadi va turli o’quv-uslubiy psixologik-pedagogik hamda tashkiliy boshqaruv tadbirlari orqali ta’minlanadi

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling