Kafedrasi kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash kurslari uchun


Xalqaro ta’lim dasturlari va diplomlar


Download 0.57 Mb.
bet97/106
Sana11.05.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1450320
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   106
Bog'liq
umumiy pedagogika

Xalqaro ta’lim dasturlari va diplomlar (International Degree Programmes). Germaniyada chet ellik talabalar juda ham ko’p. Xorijlik talabalar manfaatini ko’zlab, nemis OO’Yularida xalqaro o’quv dasturlari kiritilgan.Unga ko’ra Germaniyad a bakalavr va master darajalarini olish mumkin.Talabalar (Andergraduates) uchun o’quv dasturlari 6-8
Semestr davom etadi, shundan 1-2 semestr davomida chet eldagi partner oliy o’quv yurtlarida tahsil olish imkoni yatiga ega. O’qish oxirida bakalavr (Bachelor) darajasini oladi.Biror-bir diplom yoki ilmiy darajasi bor bo’lgan bakalavrlar (Postgraduates) 3-5 Semestr tahsil olishadi va master(Master)darajasiga ega bo’ladi. Ayrim o’quv dasturlari doirasida 6 Semestrdan so’ng dissertatsiya himoya qilib “doktor” bo’lish mumkin. Bunday xalqaro dasturlarning akademik darajasi juda yuqori. Bunda talabalarni tьyutorlar va kuratorlar o’z maslahatlari bilan doimo kuzatib turishadi.Oliy maktab o’z-o’zini boshqarish huquqiga ega. Oliy o’quv yurtini shtatdagi rektor yoki bir nech ayilga saylangan Prezident boshqaradi. O’z o’zini boshqarishda vazifalari aniq taqsimlab berilgan bir necha guruhlarning bosqichma-bosqich ishtiroki printsipiga amal qilinadi.
Germaniya oliy ta’lim tizimi oliy o’quv yurtlari turlarining ko’pligi bilan farqlanadi. G’arbiy Yevropa Federal yerlarida muddatidan uzoq o’qiyotgan talabalar o’qish uchun pul to’laydilar. Ta’lim tizimidagi bu islohotlar qonun bo’yicha yo’lga qo’yilgan.
Germaniyada aksariyat universitetlar jamoatchilik asosida federal hukumat tomonidan, ba’zilari Protestant va Katolik cherkovlar tomonidan moliyalashtiriladi. Bunga qo’shimcha ravishda yana 120 privat universitet va kollejlar mavjud bo’lib, ular rasmiy tan olingan darajalarni beradi. Bularning ko’pchiligi amaliy fanlar universitetlaridir.Talabalarning ko’pchiligi jamoat universitetlarida ro’yxatdan o’tgan. 5 foiz talabalargina xususiy kollej va universitetlarda tahsil oladi. Bu yerda ta’lim to’lovlari baland bo’lsa-da, ta’lim sifati juda yaxshi.
Germaniyada universitet ta’limi markazlashmagan. 16 Federal Yerning har birida oliy ta’lim va boshqaruv tizimi bo’yicha o’z qonunlari bor.



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling