Tinglovchilarga tavsiya etiladigan manbalar:
“Pedagogika” va “Psixologiya”ga oid adabiyotlar.
Tinglovchilar uchun ko’rsatmalar:
1. Keys mohiyatini yetarlicha anglab oling.
2.Berilgan manbalarga tayangan holda muammoning yechimini topishga xizmat qiluvchi tarbiya tamoyillarini aniqlang.
3. Aniqlangan tarbiya tamoyillari orasidan muammoga barchasidan ko‘proq dahldor bo‘lgan, eng muhim tamoyil (yoki ikkita tamoyil)ni ajrating.
4. Ana shu tamoyil (tamoyillar) asosida yechimni asoslashga uring.
5. Yechimni bayon eting.
O‘qituvchining yechimi
1.Tarbiyachining tarbiyada bolaning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olmadi va tarbiya jarayonida qattiqqo‘llik metodidan foydalandi.
2. Ota-ona bog’cha mudirasi bilan kelishib, Madinani boshqa xaqiqitan muloyim, xushfe’l tarbiyachi guruxiga o’tkazishi kerak.
3. Yangi tarbiyachiga esa vaziyatni tushuntirib, Madinaga e’tiborliroq bo‘lishni so‘rab, alohida logoped, psixolog va nevropatolog bilan ishlab Madinani bu kuchli stressdan chiqarib olish kerak.
GLOSSARIY
Avtoritar texnologiya - pedagog yagona subyekt sifatida namoyon bo‘ladi, ta’lim oluvchilar esa faqatgina “ob’yekt” vazifasini bajaradi.
Adaptatsiya – ta’lim jarayonini ta’lim oluvchi shaxsiga, turar joyi sharoiti, moliyaviy sharoiti, psixologik va fiziologik xususiyatlariga moslashtirish.
Akademik qobiliyat - barcha fanlar yuzasidan muayyan bilimlarga ega bo‘lishlik.
Baholash – o‘rganilgan materialni konkret maqsad uchun baholash ko‘nikmasini anglatadi.
Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Bilimlar bazasi – muayyan bir soha (yo‘nalish, fan, bob, bo ‘lim, mavzu, tushuncha va shu kabilar) bo‘yicha to‘plangan bilimlar va ularning kompyuter xotirasida mujassamlashtirilishi va qayta ishlangan axborotlarni saqlashga mo‘ljallangan bilimlar majmui.
Bilimlar banki – bu ma’lumotlar majmualarini bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashdagi o‘quv rejasidagi fanlar bloklari bo‘yicha tizimlarga ajratib, ular asosida shakllantirilgan bilimlar majmui.
Do'stlaringiz bilan baham: |