Kafedrasi malaka oshirish


 Davlat ta‟lim standarti va kompetensiyaviy о„quv dasturida


Download 417.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana22.11.2023
Hajmi417.46 Kb.
#1794130
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ona-tili-fanini-oqitish-metodikasi

2.2.  Davlat ta‟lim standarti va kompetensiyaviy о„quv dasturida 
о„quvchilarni chiroyli va bexato yozishlariga qо„yilgan talablar.  
I-sinf. Yozuvga oid malakalarni shakllantirish; yozish jarayonida partada to‗g‗ri 
o‗tirish, daftarni belgilangan qiyalikda qo‗yish; ruchkani to‗g‗ri ushlash; yozuv 
chiziqlarini farqlash, harflarni yozuv chiziqlari orasida to‗g‗ri joylashtirish
harflarning qiyaligi, ulanishi hamda so‗zlar orasini bir xil tenglikda chamalash. 
Kichik va bosh harflarni savod o‗rgatish jarayonidagi kabi tartibda husnixat 
bilan yozishni mashq qilish. 
II-sinf. Bir chiziqli daftarda o‗xshash unsurli harflarni yozish va harfni bir-
biriga to‗g‗ri tutashtirish; o‗xshash unsurli kichik harflar va shu harflardan tuzilgan 
bo‗g‗inlar va so‗zlarni yozish, o‗xshash unsurli bosh harflar va ularni o‗zidan 
keyin kelgan kichik harfga tutashtirish. 
Ayrim yozuv qoidalari. Daftarlarning past tomonidagi burchagini ko‗krak
o‗rtasining qarshisiga to‗g‗ri qo‗yish; daftarni chap qo‗l bilan ushlab turib 
yozish; boshini bir oz pastga egib, to‗g‗ri o‗tirish; oyoqni bo‗sh tutib, yerga 
qo‗yib o‗tirish; qo‗lning tirsagini parta ustida tutish. Ruchkani uch barmoq orasida
erkin ushlash. Har bir harfni to‗g‗ri tutashtirishga rioya qilgan holda bo‗g‗in va 


11 
so‗zlarni aniq yozishga harakat qilish; harf va harf birikmalarini to‗g‗ri va aniq 
shakllantirish; shoshmasdan, chaplashtirmasdan yozish; har bir mashqni uch-to‗rt 
marta takrorlash. 
Bir chiziqli daftarda chiroyli yozish malakalarini hosil qilish: o‗xshash 
unsurli kichik va bosh harflarni yozish; harflarni bir-biriga tutashtirish.
O‗xshash unsurli kichik harflar: 
1-guruh i, u, n, m, t, l, y 
2-guruh h, j, k, f
3-guruh o, o‘, q, a, g, g‘, p 
4-guruh e, b, x 
5-guruh r, v, s, sh, ch
O‗xshash unsurli bosh harflar: 
1-guruh U, L,Z, I
2-guruh  M, H, K, N, A  
3-guruh  O, O‘, Q, X, Ch
4-guruh  E, S, Sh, Z 
5-guruh  V, G, G‘, Y 
6-guruh T, F, R, B, P
III-sinf. Yozuvga oid malakalarni mustahkamlash. Bolalarni bir chiziqli 
daftarda yozishni mashq qildirish; (harflarning balandlik va kenglik o‗lchamini 
o‗zlashtirish) o‗quvchilar uchun qiyin bo‗lgan ayrim bosh va kichik harflarni (I, S, 
H, N, f, q, p, s) yozishga, shuningdek, harflarni to‗g‗ri tutashtirishga rioya qilish, 
so‗zlar, gaplarni ko‗chirib yozish, eshitib yozish
Bog‗lanishli nutqqa oid mashqlar dastur materiallarini o‗rganish jarayonida 
unga bog‗liq holda o‗tkaziladi.
VI-sinf. Chiroyli yozish malakalari takomillashtiriladi. Bo‗g‗in, so‗z, gap,
matnni husnixat qoidalariga rioya qilgan holda ko‗chirib yozish; eshitib yozish va 
mustaqil yozish; matnni yozishda sarlavhaning yozilishiga, xat boshidan boshlash; 
agarda, so‗zlar orasidagi masofaning bir xilligiga, harflarning to‗g‗ri va aniq 
yozilishiga, tutashtirilishiga diqqqat qaratiladi, hoshiyaga rioya qilish, o‗zining va 
o‗zgalarning yozuvini grafik tahlil qila olish.

Download 417.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling