Kafedrasi mikroiqtisodiyot


Ekzogen va endogen o‘zgaruvchan ko‘rsatkichlar


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/14
Sana16.06.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1489055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Makroiqtisodiy Tahlil

 


Ekzogen va endogen o‘zgaruvchan ko‘rsatkichlar. Har qanday 
model (nazariya, tenglama, grafik) real borliqning sodda va abstrakt 
ko‘rinishi hisoblanadi, chunki tadqiqot o‘tkazishda barcha elementlarni 
bir vaqtning o‘zida barchasini hisobga olish mushkul masala hisoblanadi. 
Shuning uchun har qanday makroiqtisodiy modelni absolyut deb 
hisoblash mumkin emas. Bunday makroiqtisodiy modellar barcha 
mamlakatlar uchun bir vaqtning o‘zida bir xil to‘g‘ri javob berish 
imkonini bermaydi. Ammo bunday «umumiylashtirilgan» modellar orqali 
bandlik, ishlab chiqarish, inflatsiya, investitsiya, iste’mol, foiz stavkasi, 
valuta kursi 
kabi 
ichki 
(endogen) 
iqtisodiy 
ko‘rsatkichlarni 
boshqarishning kompeks muqobil usullari aniqlanadi. 
Model tashqarisida belgilanuvchi tashqi (ekzogen) o‘zgaruvchan 
ko‘rsatkichlar qatoriga esa hukumatning fiskal (soliq-budjet) va 
Markaziy Bankning pul-kredit siyosati instrumentlarini – davlat 
xarajatlaridagi o‘zgarishlar, soliqlar va pul massasi kabilarni kiritishimiz 
mumkin bo‘ladi. 
Iqtisodiy muammolarni hal etishda modellarning turli xil usullar 
orqali yechimlar topa olish imkoniyatiga ega ekanligi makroiqtisodiy 
siyosatning muqobilligi va egiluvchanligini ta’minlaydi. Makroiqtisodiy 
modellardan foydalanish fiskal (soliq - budjet), monetar (pul - kredit), 
valuta va tashqi savdo siyosat dastaklarini muvofiqlashtirishni 
optimallashtirish hamda hukumat va Markaziy Bankning iqtisodiyotni 
davriy tebranishini boshqarish bo‘yicha chora-tadbirlarini samarali olib 
borish imkoniyatini yaratib beradi. 
Tovar va xizmatlar, daromad va xarajatlar aylanma harakat modeli
yalpi talab (AD) va yalpi taklif (AS) modeli, Keyns xochi, IS-LM, Fillips, 
Laffer egri chiziqlari, Solou modeli va shu kabi boshqa umumlashtirilgan 
makroiqtisodiy modellar makroiqtisodiy tahlilning umumiy vositalari 
hisoblanadi, ammo aytish joizki, ular milliylik xususiyatidan mustasnodir. 
An’anaviy iqtisodiy tizimda yashovchi kishilar uchun diniy va madaniy 
qadriyatlar iqtisodiy faoliyatga nisbatan birlamchi deb qaraladi. Bunday 
jamiyatga u yoki bu iqtisodiy tizim elementlari ma’lum bir darajada kirib 
kelar ekan, qaysiki iqtisodiy rivojlanish yo‘lini o‘zlari uchun ko‘proq 
manfaatli deb bilmasinlar (sof bozor iqtisodiy tizimi yoxud ma’muriy - 
buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiy tizim), bu ularning tub ijtimoiy 
manfaatlariga zid kelmasligiga asoslangan holda yashaydilar. 



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling