Kafedrasi zoologiya
Download 1.19 Mb.
|
10.03 Tayyori Mamatqulova1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korall riflari
Aktiniyalar asta-sekin harakatlanishi bilan koloniyali korallardan farq qiladi. Ularning paypaslagichlari ayniqsa sezgir bo‘ladi. Aktiniyalar ta'sirlanganida tanasini qisqartiradi, paypaslagichlarini tortib olib, yumaloqlanadi. Aktiniyalar yirtqich bo‘lib, qisqichbaqalar, mollyuskalar va boshqalar bilan oziqlanadi. O‘ljasini paypaslagichlari bilan tutadi. Paypaslagichlaridan chiqadigan otiluvchi ipchalari o‘ljasini falajlaydi. So‘ngra aktiniya og‘zini katta ochadi va halqumining bir qismini tashqariga chiqarab o‘ljani qamrab oladi. Ozig‘i gidraga o‘xshash tana bo‘shlig‘ida va hujayra ichida (fagotsítoz) hazm bo‘ladi.
Ko‘payishi va rivojlanishi. Korall poliplar jinssiz va jinsiy ko‘payadi. Yakka yashovchi poliplar (aktiniyalar) ba'zan bo‘linib ko‘payadi, koloniy- ali turlari esa kurtaklanadi. Korall poliplar odatda ayrim jinsli. Jinsiy bezlari septalar endodermasi va mezogleyasi o‘rtasida joylashgan. Spermatozoidlar septa epiteliysidan tana bo‘shlig‘iga, undan og‘iz teshigi orqali suvga chiqib ketadi; urg‘ochisining og‘zi orqali kirib, tuxum hujayrasini urug‘lantiradi. Ko‘pchilik aktiniyalarning rivojlanishi gastral bo‘shliqda polip yetishib chiqqungacha davom etadi. Ayrim aktiniyalar tuxumi suvda urug‘lanadi. Tuxumdan kiprikli planula lichinkasi rivojlanib chiqadi. Planula oldingi tomoni bilan substratga yopishib olib, polipga aylanadi. Korall riflari. Atlantika, Hind va Tinch okeanlarining tropik qismida rifhosil qiluvchi (madrepor) korallar tarqalgan. Ularning bo‘yi ancha baland bo‘lib 2 m, ba'zan 4 m ra (Acropora) yetadi. Korall riflarining ohak skeleti ancha og‘ir; ular suvning sayoz joylarida rivojlanadi. Avstraliya, Indoneziya, Okeaniya sohillaridagi riflar keng tarqalgan. Riflar Qizil dengizda ham uchraydi. Korallar qishda harorat 20° dan pastga tushmaydigan suvlarda ayniqsa, barq urib rivojlanadi. Riflar tanasida bir hujayrali suv o‘tlari simbioz yashaydi. Shu sababdan korallar suvning yorug‘lik yetib boradigan 50 m gacha chuqurligida tarqalgan; kam sho‘rlangan suvlarda, daryolarning quyilish joyida uchramaydi. Madrepor korallar ifloslanmagan, kislorodga boy suvlarda rivojlanadi. Korall riflari juda ko‘p dengiz hayvonlari uchun yashash va ko‘payish joyi hisoblanadi. Dengizlaring riflar tarqalgan joylarida suv o‘tlari, mollyuskalar, chuvalchanglar, qisqichbaqasimonlar, ignaterililar, baliqlar va boshqa bo‘shliqichlilar juda xilma-xil bo‘ladi. Korall riflarida hayot kechiradigan suv o‘tlari va hayvonlar birgalikda korall riflari biotsenozini hosil qiladi. Bu biotsenozdagi qattiq skeletga ega bo‘lgan organizmlar rif hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Boshqa ko‘zga yaqqol tashlanadigan organizmlar uchun esa riflar pana joy hisoblanadi. Riflar qirg‘oq riflari, barer riflari va atollarga ajratiladi. Qirg‘oq riflari qirg‘oqni dengiz tomondan o‘rab turadi. Barer riflari qirg‘oqdan nariroqda, unga parallel joylashadi. Avstraliya yaqinidagi barer riflari qit'aning shimoliy sohillari bo‘ylab 1400 km masofaga cho‘zilgan. Atol- lar suvdan biroz turtib chiqib turadigan halqa korall orallaridan iborat. Halqa ichida dengiz suvidan iborat laguna deb ataladigan ko‘l bo‘ladi. Suv, shamol yoki qushlar yordamida har xil o‘simliklar urug‘i kelib o‘sib qolishi tufayli atollarda hayot boshlanadi. CH. Darvin korall riflarini "Bigl" kemasida sayohat qilganida tekshirib, barer riflari va atollarni qirg‘oq riflaridan kelib chiqqanligini ko‘rsatib berdi. Agar qirg‘oq riflari bilan har tomondan o‘rab olingan orol astasekin cho‘ka boshlasa, riflar oroldan ajralib qolib, barer riflariga aylanadi. Orol butunlay cho‘kib ketib, uning atrofi ko‘tariladigan bo‘lsa atollar hosil bo‘ladi. Korall poliplarga uchta kenja sinf kiradi. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling