Kafedrasi zoologiya
Sakkiz nurlilar kenja sinfi
Download 1.19 Mb.
|
10.03 Tayyori Mamatqulova1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Olti nurlilar kenja sinfi.
Sakkiz nurlilar kenja sinfi. Sakkiz nurlilarning 8 ta paypaslagichi va 8 ta septasi bo‘ladi, Skeleti mezogleyada hosil bo‘ladi. Kenja sinfga alseonariya (Alcyonaria), Gor- gonariya yoki muguzsimon korallar (Gorgonaria) va dengiz patchasi (Pennatularia) turkumlari kiradi (7-ilova). Alseonariyalar eng sodda tuzilgan; ular skeleti mezogleyada tarqoq joylashgan ignalardan iborat. Ular tropik dengizlarning uncha chuqur bo‘lmagan qismida ko‘proq, mu'tadil va qutb dengizlarda kamroq uchraydi. Shimoliy dengizlarda Gersemia urug‘i vakillari tarqalgan. Gorgonariyaning daraxtsimon koloniyasi o‘qi shoxsimon moddadan iborat. Ayrim korallar skeletida yod bo‘ladi, shuning uchun qadimda ulardan dorivor preparat sifatida foydalanilgan. Qizil korall (Corallium rubrum) O‘rtayer dengizida 50 m dan chuqurroqda uchraydi. Uning ohak skeleti qizil, alvon rangli yoki qo‘ng‘ir-qizg‘ish tusda bo‘ladi. Qizil korallardan mayda taqinchoqlar tayyorlangan.
Dengiz patchasining koloniyasida poliplar ikki qator bo‘lib joylashgan. Koloniyaning bosh o‘qi birlamchi polip hosil qiladi. Dengiz patchasi tanasining pastki qismi bilan suv tubidagi qumga yoki loyga kirib oladi. Olti nurlilar kenja sinfi. Paypaslagichlari va tana bo‘shlig‘i kameralari juda ko‘p, ularning soni 5 karra miqdorda bo‘ladi. Beshta turkumi ma'lum. Ulardan aktiniyalar (Actinaria) va madreporlar (Madreporaria) keng tarqalgan. Aktiniyalar ancha yirik, silindrsimon yakka yashovchi poliplar. Ular tovoni yordamida juda sekin harakatlanadi. Aktiniyalarning skeleti bo‘lmaydi; tanasining diametri 60 sm. Ayrim aktiniyalar (masalan, Sagartia va boshqalar) zohid qisqichbaqasimonlar bilan simbioz yashaydi. Zohid qisqichbaqa aktiniyani chig‘anog‘i ustiga o‘tqazib olib yurib, uni kislorodga boy bo‘lgan toza suv bilan ta'minlaydi; aktiniya esa qisqichbaqani kuydirgich ipli paypaslagichlari yordamida himoya qiladi (8-ilova). Chig‘anog‘i tor kelib o‘sishga halaqit qila boshlasa, qisqachbaqa eski chig‘anoqni tashlaydi; yangisini topib, uning ichiga kirib oladi; aktiniyani ham yangi chig‘anog‘i ustiga o‘rnatib oladi. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling