Kafillik shartnomasi


Download 21.22 Kb.
bet2/4
Sana19.06.2023
Hajmi21.22 Kb.
#1620442
1   2   3   4
Bog'liq
Yurxizmat.uz - Kafillik shartnomasi jismoniy shaxslar uchun

3. Kafilning majburiyatlari
3.1 Kafillik bilan taʼminlangan majburiyatlar qarzdor tomonidan bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda, Kreditorning talabiga asosan Kafil kredit toʻlovlarni, kredit buyicha xisoblangan foizlarni va boshqa toʻlovlarni Kredit shartnomasidagi qarzdorning majburiyatlari bilan belgilangan muddat va miqdorda toʻlash majburiyatini oladi.
3.2 Kreditorning talabiga koʻra Kafil uzining ish joyi (asosiy yoki oʻrindoshlik asosidagi)dan oylik ish haqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdim etishadi.
3.3 Ish joyi yoki yashash joyi oʻzgarganda, Kafil bu xaqda 10 kunlik muddat ichida Kreditorga xabar berishi lozim.
Kafilning boshqa majburiyatlari
4. Kreditorning majburiyatlari
4.1 Kafil qarzdorning kreditor oldidagi majburiyatlarini bajarganda, Kreditor qarzdorga boʻlgan talablarini tasdiqlovchi xamma xujjatlarini xamda ushbu talablarni taʼminlaydigan xuquqni kafilga topshirish majburiyatini oladi.
Kreditorning boshqa majburiyatlari
5. Shartnomani bajarish tartibi
5.1 Qarzdor kredit shartnomasi buyicha olgan oʻz majburiyatlarini bajarmagan takdirda, Kafil Kreditorga foizlarni toʻlash xamda asosiy qarzni kaytarish majburiyatini oladi.
5.2 Kredit shartnomasi boʻyicha qarzdorning majburiyatlarini bajargan Kafilga Kreditorning ushbu majburiyat boʻyicha xuquqlari Kafil Kreditorning talablarini qancha xajmda qanoatlantirgan boʻlsa, shuncha xajmda oʻtadi.
6. Shartnoma boʻyicha javobgarlik
6.1 Taraflar mazkur shartnoma boʻyicha oʻz zimmalariga olgan majburiyatlari boʻyicha amaldagi qonun xujjatlari talablari doirasida javobgardirlar.
6.2 Kafil kaytarish muddati kelgan toʻlovlarni amalga oshirish toʻgʻrisida yozma yoki ogʻzaki ravishda ogoxlantirilgach, belgilangan muddat davomida oʻz majburiyatlarini bajarmasa, toʻlov kechiktirilgan xar bir kun uchun kechiktirilgan summasining shartnomada belgilangan foizning 1.2 baravari miqdorida Kreditorga penya tulaydi.
Bank xuquqlari:
6.3 Qarzdor va unga kafil boʻlayotgan jismoniy shaxslarning daromad manbalariga nisbatan shubha uygʻonganida yoki kreditni kaytarilishda muammoga duch kelganida bank xodimlarini qarzdor va unga kafil boʻlgan jismoniy shaxslarning ish joylariga borib ularning ish joyidan tasdiqlangan holda maʼlumotnoma oladi va belgilangan muddatlarda monitoring oʻtkazadi.
6.4 Agar karzdor majburiyatini bajarmasa, bank kafildan ushbu qarzdorni majburiyatlarini toʻlik qoplab berishni talab kilishga xaqli.
6.5 Agar kafil qarzdorni majburiyatlarini qoplab bermagan taqdirda bank kafildan ushbu majburiyatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda undirib olishga haqli.

Download 21.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling