Kafillik shartnomasi


Download 21.22 Kb.
bet3/4
Sana19.06.2023
Hajmi21.22 Kb.
#1620442
1   2   3   4
Bog'liq
Yurxizmat.uz - Kafillik shartnomasi jismoniy shaxslar uchun

7. Boshka shartlari
7.1 Mazkur shartnomaga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish taraflarning roziligi acosida qoʻshimcha Kelishuv bitimi tuzish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Shu bilan Kafil Kredit shartnomasi shartlariga oʻzgartirish va koʻshimchalar kiritishga oldindan oʻz roziligini beradi va qarzdorning Kredit shartnomasiga kiritiladigan mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzasidan vujudga keladigan majburiyatlari boʻyicha toʻliq javob berish majburiyatini oladi.
7.2 Mazkur shartnomada koʻrsatib oʻtilmagan xolatlarda, taraflar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi fuqarolik qonunchiligiga asoslanadi (rioya kiladi)lar.
7.3 Mazkur shartnoma taraflar imzolaganidan soʻng kuchga kiradi va taraflar majburiyatlarini toʻlik bajargunga qadar amal kiladi.
7.4 Ushbu shartnoma bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan uch nusxada tuzilib tomonlarining xar biriga bir nusxadan beriladi.
8. Fors-major holatlar
8.1. Agarda yengib boʻlmas kuch bilan bogʻliq vaziyatlar (fors-major), masalan: suv toshqini, yongʻin, zilzila, epidemiya, harbiy mojarolar, tomonlar tarafidan mazkur shartnoma shartlarini bajarishiga taʼsir koʻrsatuvchi hukumat yoki mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan farmoyish, buyruq yoki boshqa majburiy qarorlar, hukumatning normativ-huquqiy hujjatlar va boshqalar yuzaga kelish hollari bevosita yoki bilvosita namoyon boʻlgan taqdirda, shartnoma shartlarini bajarish ushbu holat tugash muddatigacha uzaytiriladi.
8.2. Fors-major holati mavjud boʻlgan tomon uch kun ichida boshqa tomonlarni fors-major holatining boshlanish va tugash muddatlarini koʻrsatgan holda yozma ravishda ogohlantirishi lozim.
9. Nizolarni hal etish tartibi
9.1. Tomonlar mazkur shartnomani bajarish vaqtida yuzaga kelgan kelishmovchilik yoki nizolarni muzokara yoʻli bilan hal etadilar.
9.2. Shartnoma yuzasidan nizolar muzokaralar yoʻli bilan hal etilmasa, ular Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan sud tartibida hal etiladi.
9.3. Mazkur shartnomada koʻzda tutilmagan, u bilan bogʻliq boʻlgan barcha munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
9.4. Oʻzaro kelishuv imkoniyati boʻlmaganda, huquqi buzilgan taraf yuborgan talabnoma yoki ogohlantirish xatiga ikkinchi taraf mazkur hujjatlarda koʻrsatilgan muddat ichida javob berishi lozim.
9.5. Talabnoma yoki ogohlantirish xati tarafga shaxsan topshirilishi, elektron pochta manziliga yoki pochta aloqa xizmati orqali yuborilishi mumkin.
9.6. Mazkur shartnoma tomonlar imzolagan kunlan boshlab Shartnomaning amal qilish muddati tugaydigan sanaga qadar amal qiladi.

Download 21.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling