Kalandarova Munojatning "Dastlabki hujjatlashtirish"


Download 0.74 Mb.
bet4/41
Sana25.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1654629
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
JASIRIN BUNKER Dastlabki hujjatlashtirish

Tashkiliy hujjatlar tashkilot, muassasa va korxonalarning huquqiy maqomi, tarkibiy tarmoqlari va xodimlari, boshqaruv jarayonining borishida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalarini aks ettiradi. Nizomlar, yo'riqnomalar, majlis bayonlari, shartnomalar ana shunday tashkiliy hujjatlar jumlasiga kiradi.
Ma'lumotsimon axborot hujjatlari ancha katta guruhni tashkil qiladi, bunday hujjatlarning ish yuritish jarayonidagi ishtiroki ham juda faol. Bu guruh dalolatnoma, ma'lumotnoma, ariza, tushuntirish xati, hisobot, ishonchnoma, tavsifnoma kabi hujjatlarni o'z ichiga oladi.
Quyida hujjatlardan misol keltirilgan.
A R I Z A

Ariza ijtimoiy hayotimizda eng ko'p qo'llanadigan rasmiy hujjatlardan biridir. Odatda ariza bir nushada tuziladi va qo'lda yoziladi. Shuning uchun arizaning shakli va yozilish tartibiga rioya qilinishi kerak.


Arizada quyidagilar qayd etiladi:
Ariza taqdim etiladigan tashkilotning nomi va rahbarning ismi, familiyasi.
Ariza beruvchining ismi, familiyasi, lavozimi va to'liqmanzili. Hujjatning nomi.
Asosiy maqsadi: iltimos, taklif yoki shikoyat.
Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar nomi.
Ariza yozilgan vaqt (sana, kun, oy, yil) qog'ozning chap tomonida yoziladi.
Imzo esa o'ng tomonda - ismi, familiyasi oldidan qo'yiladi.
Ariza yozish qog'ozning yuqori qismidan, chap tomondan bir oz joy qoldirib boshlanadi. Keyin bir-ikki satr tashlanib, ariza yozuvchining ismi, familiyasi ko'rsatiladi. Shundan keyin pastroqdan bir yo'l qoldirilib, o'rta joydan katta harf bilan ARIZA deb yoziladi va nuqta qo'yiladi.


(namuna)

Surxondaryo viloyat, Qumqo'rg'on tuman


“Bahodir” fermer xo'jaligi rahbari
E.Yo.To'rayevga
Jaloyir qishlog'ida yashovchi
A.A.Jabborov nomidan


A R I Z A

Meni, fermer xo'jaligiga bosh hisobchi lavozimiga ishga qabul qilishingizni so'rayman.


Ilova:
1. Mehnat daftarchasi;
2. 4/3 hajmda fotosurat;
3. Diplom nushasi.
4. Tibbiyot ma'lumotnomasi.

01.02.2020 y. (imzo) (A.A.Jabborov)


_________________

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling