Kalandarova Munojatning "Dastlabki hujjatlashtirish"


Download 0.74 Mb.
bet5/41
Sana25.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1654629
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
JASIRIN BUNKER Dastlabki hujjatlashtirish

Hisob-kitob arizasi – bajarilgan ishlarga haq to'lash haqidagi yozma yoki og'zaki mehnat shartnomalari asosida muayyan ishlarni bajargan ayrim ishchilar tomonidan korxona rahbari nomiga yoziladi. Hisob-kitob arizalari erkin usulda yozilib, quyidagi zaruriy qismlardan iborat:
1. Korxona hamda ariza yo'llayotgan mansobdor shaxsning nomi;
2. Arizachi haqida ma'lumotlar;
3. Hujjat nomi (hisob-kitob arizasi);
4. Ariza matni;
5. Ariza berilgan sana;
6. Arizachining shahsiy imzosi.


Da'vo arizalari – korxonaning boshqa aybdor muassasalar yoki shaxslardan da'vo qilayotgan mablag' yoki biron bir mol-mulkni majburiy ravishda undirib berishni iltimos qilib, sud idoralariga yozma murojaatidir. Da'vo arizalarining quyidagi zaruriy qismlari:
1. Yo'llovchining nomi, hujjatlarning tuzilgan vaqti va tartib raqami ko'rsatilgan to'rtburchak muhr;
2. Sud idorasi yoki davlat hakamligining nomi;
3. Da'vogarning to'liq nomi va manzili;
4. Javobgarning to'liq nomi va manzili;
5. Da'vo summasi;
6. Hujjat nomi (Da'vo arizasi);
7. Da'vo arizasining matni;
8. Ilovalar.


Korxona faoliyati bilan bog'liq aloqador
da'vo arizasi namunasi
Surxondaryo viloyat Qumqo'rg'on tuman
“Bahodir” fermer xo'jaligi
2019- yil 20 noyabr
Qumqo'rg'on tuman Xo'jalik sudiga
(Sud manzili)
DAЪVOGAR – “Bahodir” fermer xo'jaligi
(xo'jalik manzili)
JAVOBGAR – Qumqo'rg'on tuman tayyorlov idorasi
(manzili)
Yetkazilgan zararni undirish haqida Da'vo summasi 15 mln. so'm.


D A ‘ V O A R I Z A S I

2019- yil 15-may shartnomaga muvofiq xo'jalik Qumqo'rg'on tayyorlov idorasiga topshirish uchun 80 tonna erta pishar olma tayyorladi. Tayyorlov idorasi vakili kelib, 35 tonna olmani qabul qilib oldi, qolgan olmani shu yilning 20 iyulidan kechiktirmay olib ketishga va'da berdi. Lekin va'da bajarilmay qoldi.


Bizning bir qancha eslatishlarimizdan keyingina tayyorlov idorasi shu yilning 12 avgustida, omborxonalarining tirbandligi sababli, qolgan 45 tonna olmani qabul qila olmasligini, shuning uchun xo'jalik ana shu olmalarni o'zi xohlaganicha ishlatishi mumkinligini ma'lum qildi. Xo'jalik 10 tonna olmani sota oldi xolos, 35 tonnasini esa qayta ishlovga topshirishga majbur bo'ldi (4-ilovadagi komissiya dalolatnomasi).
Javobgar tomonidan shartnomaning buzilishi xo'jalikka 30 520 000 (o’ttiz million besh yuz yigirma ming) so'm zarar keltirdi: shartnomaga va qayta ishlovga topshirishdagi baholar o'rtasidagi farq ana shu summani tashkil etadi (5-ilovadagi hisob-kitob).
Yetkazilgan zararni qoplash haqida yozgan da'vo xatimizga tayyorlov idorasi tomonidan hech qanday javob bo'lmadi.
Suddan javobgardan xo'jalik foydasiga 30 520 000 (o’ttiz million besh yuz yigirma ming) so'm undirish haqida qaror chiqarishni va ish yuzasidan bo'ladigan chiqimni, ya'ni davlat bojini javobgar zimmasiga yuklatishni so'raymiz.

Xo'jalik rahbari _____________ E.Yo.To'rayev


(imzo)


Tilxat – ma'lum bir shaxsdan yoki muassasadan pul, hujjat, qimmatbaho buyumlar yoxud boshqa biror narsa olinganligini tasdiqlovchi rasmiy yozma hujjat.
Tilxat birgina nusxada tayyorlanadi hamda pulli va qimmatbaho hujjat sifatida saqlanadi.
Tilxatning asosiy zaruriy qismlari:
1. Hujjatning nomi (Tilxat);
2. Matn:
a) tilxat beruvchi shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi;
b) pul, hujjat, buyum yoki boshqa biror narsani beruvchi shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi va ota ismi (zaruriyat bo'lganda muassasa nomi);
v) pul, hujjat, buyum yoki boshqa biror narsaning nomi va ularning miqdori (zaruriyat bo'lganda bahosi);
g) olinayotgan buyumning texnikaviy holati (agar u mashina, apparatlar va sh.k. bo'lsa).
3. Tilxat berilgan sana;
4. Tilxat muallifining imzosi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling