Kalendar tematik rejalar tuzish. Reja
KISLOTALAR SUD ZALIDA YOKI KISLOTALAR OQLOVCHI VA QORALOVCHI NAZARIDA
Download 96 Kb.
|
kalendar rejalar tuzish. KIMYO FANI MISOLIDA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qoralovchi
- 12- sahifa.
KISLOTALAR SUD ZALIDA YOKI KISLOTALAR OQLOVCHI VA QORALOVCHI NAZARIDA.
Bu sahifalarimizda kislotalarning zararli va foydali tomonlari, ishlatish sohalari to'g'risida fikrlar yuritiladi. Magnit doskaga katta qilib yozilgan: nitrat kislota, sul'fid kislota, sul'fat kislota formulasi ilib qo'yilgan. Sud hay'ati bilan tanishtiriladi. Qoralovchi: - nitrat va sulfat kislotalar ishlab chiqarish zavodlari atrof-muhit ekologiyasini buzmoqdalar. Tarkibida chiqayotgan azot(IV)-oksid, oltingugurt(IV)-oksidlar inson, hayvon va o'simlik hayotiga xavf solmoqdalar. Bu masala haqida qattiq o'ylab ko'rish zarur. Oqlovchi: - fikringiz to'g'ri, ammo nitrat kislota qishloq xo'jaligimizda turli xil mineral o'g'itlar ishlab chiqarishda, tibbiyotda dori-darmonlar olishda, zar suvi tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Qoralovchi: - sul'fat kislota ishlab chiqarishdagi atrofga tarqatilayotgan oltingugurt(IV)-oksidi, uning zarari, sul'fat kislotaning o'yovchanligi, hatto to'kilsa ona zaminni ham o'yib yuborishiga nima deysiz? Oqlovchi: - sul'fat kislota ishlab chiqarishdagi muammolar to'g'ri, ammo sul'fat kislata turli xil dori-darmonlar, olish vositalari tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Eng ahamiyatlisi sul'fat kislota harakatdagi transportlarni akumlyatorlarining joniku! Transportlar to'xtab qolishini ko'z oldingizga keltirib ko'ringchi! Qoralovchi: - Xlorid kislota o'tkir hidli, uchuvchan, o'yovchan suyuqlik. U ham inson salomatligi uchun xavfli hisoblanadi. Oqlovchi: - yo'q, bu fikringizga to'liq qo'shilmayman. Xlorid kislota dori-darmonlar tayyorlashda, zar suvi olishda ishlatiladi. Hatto inson me'dasi uchun xlorid kislota zarur-ku. Qoralovchi qoraladi, oqlovchi oqladi. Nihoyat kislotalar oqlandi, chunki kislotalar taqdiri bizning qo'limizda. 12- sahifa. SUD HUKMI. - Turinglar sud kelyapti! (Hamma o'rnidan turadi). Qoralovchi va Oqlovchi fikrlarini o'rganib, yakuniy fikrlarini o'qib eshittiriladi. Sud: tuman xalq sudi qoralovchi va oqlovchi fikrlarini va kislotalar xossalarini o'rganib QAROR QILADI: 1. Kislotalar ishlab chiqarish zavodlaridan ajralib chiqadigan zaharli gazlarni qayta ishlash borasida alohida ish olib borilsin. 2. Atrof-muhit ekologiyasi himoya qilinsin. 3. Kislotalarning xossalari to'la o'rganilsin va amal qilinsin. 4. Kislotalarning ijodiy maqsadlarda ishlatish sohalari yaratilsin. 5. Kimyo sirlarini to'la o'rganib, kelajagi buyok Davlat bo'lgan mustaqil O'zbekistonimizning buyuk oilasi uchun o'zlarining munosib hissalarini qo'shish vazifasi IX a sinf o'quvchilariga, uning o'rgatish va nazorat qilib borish vazifasi kimyo o'qituvchisiga yoklatilsin. Hamma o'rnilariga o'tiradilar. 13 - sahifa. IJODIY ISHLAR. Bunda o'quvchilarga topshirilgan uy vazifalarini yig'ib olinadi va kelgusi darsgacha baholari e'lon qilinadi. 14 - sahifa. Download 96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling