Kalendar tematik rejalar tuzish. Reja


Kimyo darslarida kartochkalar qo'llash


Download 96 Kb.
bet3/9
Sana18.06.2023
Hajmi96 Kb.
#1583408
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kalendar rejalar tuzish. KIMYO FANI MISOLIDA

Kimyo darslarida kartochkalar qo'llash.
Kartochkalarni o'qituvchi oldindan mavzuga asoslanib tuzib qo'yadi. Agar o'tiladigan yangi mavzusi ko'p vaqtni talab etadigan bo'lsa, darsni boshida o'quvchilarga kartochka tarqatmasa ham bo'ladi, bolalarni baholash uchun, darsni oxirida umumlashtirilgan holda kartochka tarqatib ularning bilimini aniqlashi mumkin. Kartochkalar o'quvchilarga: darsning boshida, darsning o'rtalarida yoki xohlagan vaqt ichida hamda darsning oxirida tarqatilishi mumkin.
Darsning boshida beriladigan kartochkalar ham ma'lum vaqtga mo'ljallangan, aniq javob talab qiladigan bo'lishi kerak. Masalan: bunda kartochkani oldingi mavzularga, yoki bugungi o'tiladigan yangi mavzuga oldingi sinflardagi elementar tushunchalar kerak bo'ladigan bo'lsa, o'sha tushunchalarni esga tushirish uchun, masala yechish darsi bo'lsa, formulalarni esga tushirish uchun savollar qo'yiladi. Qiziqarli kimyoga doir savollar ham bo'lishi mumkin. Masalan:

Pishirilgan tuxumni og'zi kichik bo'lgan shishachaga qanday qilib shaklini buzmasdan solish va chiqarish mumkin?

Agar 10-sinfda oldingi darsda "to'yingan uglevodorodlarning tuzilishi" degan mavzuni o'tilgan bo'lsa, darsning boshida shu mavzuga asosan savollardan iborat kartochkalar o'quvchilarga tarqatiladi. Yangi o'tiladigan mavzu:"to'yingan uglevodorodlarning kimyoviy xossalari, o'rin olish reaksiyasining mexanizmi" bo'ladi. Kartochkaning tuzilishi quyidagicha:



Qanday moddalar to'yingan uglevodorodlar deyiladi? Misol keltiring.

Metan hamda uning tuzilishi qanday ?

Metan qatori uglevodorodlarni yozib bering?

Uglevodorodlarning nomenklaturasi haqida ma'lumot bering?

Quyidagilarni nomlang:
CH3 - CH -CH2 - CH3
|
CH3

2, 3-dimetil pentanning struktura formulasi yozib bering.

Bu kartochkalarni belgilangan vaqt ichida bolalardan so'rab olinadi va o'quvchilar baholanadi. Nihoyat yangi mavzu bayon etiladi.


Endi darsning boshida 11-sinfga beriladigan kartochkalar: masalan, oldingi darsda "Metallarning umumiy olinish usullari" degan mavzuni o'tgan bo'lsa, bugun o'tiladigan yangi mavzu: "Bosh gruppacha metallarining xossalariga obzor" bo'ladi.
Demak yangi mavzuni o'tishdan oldin, oldingi mavzuni quyidagi kartochkalar asosida so'rash mumkin:

Metallarning olinish usuli (elektrolizi) qanday?
Misol keltiring.

Metallarning alyuminotermiya usuli buyicha olinishiga misol keltiring.

Vodorod orqali metallarning olinish usuli qanday?
Misol keltiring.

Ko'mir va CO -bilan metallarni olishga misol keltiring.

Bu kartochkalarni tarqatib 5 - minut vaqt beriladi, ular tayyorlanguncha boshqa o'quvchilardan so'rab turiladi, yana o'quvchilardan javob olgandan keyin ularni baholab, yangi mavzu bayon etiladi.
Darsning o'rtalarida yoki muammoli vaziyat hosil bo'lganda beriladigan kartochkalar quyidagicha bo'lishi mumkin.
Bizga ma'lumki o'quvchilarning ko'pchiligi darsga qiziqmaydi, shu sababli o'zaro gaplashib darsni buzishga harakat qiladi, demak bunga yo'l qo'ymaslik uchun o'qituvchi kartochka usulidan foydalanishi mumkin. O'quvchilarga kartochkani tarqatib qo'yib darsni davom ettiradi, bunda o'quvchilarni baholash shart emas, balki ularni maqtov orqali rag'batlantirish kifoya bo'ladi. Bunda kartochkalarda kimyodan qiziqarli savollar bo'lishi mumkin:
- Yong'oq daraxti qanday xususiyatga ega;
- Oq qandning yonishini aytib bering.
- Sehrli tayoqcha degan so'zga tajriba o'tqazayotgan bo'lib, mimika harakatlarini ko'rsatib bering?
- Vodorod va kislorod o'zaro bir-birini yonishiga yordam beradi, lekin suv esa yong'inni o'chiradi. Hodisani tushuntirib bering.
Darsning oxirida beriladigan kartochkalar ham xuddi oldingilariga o'xshash bo'ladi. Bu kartochkalar darsni mustahkamlash uchun, umumlashtirish uchun beriladi. Bunda faqatgina savollar emas, balki masalalar ham bo'lishi mumkin. Bu ham o'quvchilarni yoshiga, bilim darajasiga mos bo'lishi kerak, tarqatayotganda ham bolalarni bilimiga qarab tarqatish kerak, aks holda muammoli vaziyat paydo bo'lib qolishi mumkin. Darsning oxirida 10-sinflarga beriladigan kartochkalar quyidagicha bo'lishi mumkin. Masalan oldingi darsda "yoqori molekulyar birikmalar haqida tushuncha" degan mavzu o'tilgan bo'lsa, yangi mavzu "polimerlarning xossalari" bo'ladi. O'qituvchi oldingi mavzuni takrorlab, o'quvchilarni baholaydi, bundan so'ng yangi mavzuni bayon qilib beradi, tushuntiradi. nihoyat oxirida shu mavzuni mustaxkamlash uchun o'quvchilarga kartochkalar tarqatiladi, ularni ko'rinishi quyidagicha:
- polimerlar qanday xususiyatga ega, ularning xossalarini qanday tushuntirish mumkin?
- polietilen haqida ma'lumot bering?
- polietilen qaysi usuldan foydalanib olinadi?
- polietilendan qanday maqsadlarda foydalaniladi?
Shu kartochkalar javobiga qarab o'quvchilar yangi mavzuni qanchalik o'zlashtirgani aniqlanadi. 11- sinfda ham yangi mavzu "Metallarga oid obzor" darsida, o'qituvchi yangi mavzuni bayon qilib beradi va mustahkamlash uchun o'quvchilarga kartochkalar tarqatadi. Ular quyidagicha bo'ladi:
- Davriy sistemada metallarning tutgan o'rni haqida gapiring?
- Metallarning oksidlovchilik xususiyati nimaga bog'liq va qanday o'zgaradi?
- Metallarni qaytaruvchanlik xossasi qanday?
- Metallar necha gruppadan iborat, ular haqida so'zlab bering?
Agar mavzu "kimyoviy muvozanat, kimyoviy muvozanat konstantasi haqida tushuncha" bo'lsa, unda quyidagicha savollardan iborat kartochkalar tuzish mumkin:
- qaysi vaqtda kimyoviy muvozanat qaror topadi ? Misol keltiring.
- kimyoviy muvozanat konstantasi formulasini yozing va unga misol keltiring.
- CO2 +C « 2CO reaksiyaning muvozanat konstantasi ifodasini yozing?
- Le-Shatel'e prinsipi qanday ?
- N2 + O2 == 2 NO - Q reaksiya uchun muvozanat konstantasini matematik ifodasini yozing.



Download 96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling