Kalit soʻzlar


Download 37.58 Kb.
bet4/7
Sana10.03.2023
Hajmi37.58 Kb.
#1256766
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu

С++ tilida leksemalar.С++ tili alfaviti va leksemalariga quyidagilar kiradi:
Alfavit belgilaridan tilning leksemalari shakllantiriladi:
identifikatorlar; kalit (xizmatchi yoki zahiralangan) soʻzlar; oʻzgarmaslar;amallar belgilanishlari; ajratuvchilar.
Identifikatorlar va kalit soʻzlar. Dasturlash tilining muhim asosiy tushunchalaridan biri - identifikator tushunchasidir.Identifikator deganda katta va kichik lotin harflari, raqamlar va tag chiziq (ʻ_ʻ) belgilaridan tashkil topgan va raqamdan boshlanmaydigan belgilar ketma-ketligi tushuniladi. Identifikatorlarda harflarning registrlari (katta yoki kichikligi) hisobga olinadi. Masalan, RUN, run, Run - bu har xil identifikatorlardir. Identifikator uzunligiga chegara qoʻyilmagan, lekin ular kompilyator tomonidan faqat boshidagi 32 belgisi bilan farqlanadi.
Identifikatorlar kalit soʻzlar, oʻzgaruvchilar, funksiyalar, nishonlar va boshqa ob’ektlarni nomlashda ishlatiladi.
С++ tilining kalit soʻzlariga quyidagilar kiradi:
asm, auto, break, case, catch, char, class, const, continue, default, delete, do, double, else, enum, explicit, extern, float, for, friend, goto, if, inline, int, long, mutable, new, operator, private, protected, public, register, return, short, signed, sizeof, static, struct, swith, template, this, throw, try, typedef, typename, union, unsigned, virtual, void, volatile, while.
Yuqorida keltirilgan identifikatorlarni boshqa maqsadda ishlatish mumkin emas.
Protsessor registrlarini belgilash uchun quyidagi soʻzlar ishlatiladi:
_AH, _AL, _AX, _EAX, _BH, _BL, _BX, _EBX, _CL, _CH, _CX, _ECX, _DH, _DL, _DX, _EDX, _CS, _ESP, _EBP, _FS, _GS, _DI, _EDI, _SI, _ESI, _BP, _SP, _DS, _ES, _SS, _FLAGS.
Bulardan tashqari «__» (ikkita tagchiziq) belgilaridan boshlangan identifikatorlar kutubxonalar uchun zahiralangan. Shu sababli ʻ_ʻ va «__» belgilarni identifikatorning birinchi belgisi sifatida ishlatmagan maʻqul. Identifikator belgilar orasida probel ishlatish mumkin emas, zarur boʻlganda uning oʻrniga ʻ_ʻ ishlatish mumkin: Silindr_radiusi, aylana_diametiri.
Oʻzgarmaslar. Oʻzgarmas (literal) - bu fiksirlangan sonni, satrni va belgini ifodalovchi leksemadir.
Oʻzgarmaslar beshta guruhga boʻlinadi - butun, haqiqiy (suzuvchi nuqtali), sanab oʻtiluvchi, belgi (literli) va satrstring», literli satr).
Kompilyator oʻzgarmasni leksema sifatida aniqlaydi, unga xotiradan joy ajratadi, koʻrinishi va qiymatiga (tipiga) qarab mos guruhlarga boʻladi.

Download 37.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling