Kalit soʻzlar


Download 37.58 Kb.
bet1/7
Sana10.03.2023
Hajmi37.58 Kb.
#1256766
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu

1.1. Dasturlashga kirish, dasturlashning asosiy tushunchalari


Bu yerdadasturlash tillarining tuzilmasi, tilning bazaviy tushunchalari, preprotsessor direktivalari va vositalari, identifikatorlar, ularning tiplari, ularga qiymat oʻzlashtirish usullari va operatorlari, amallar bajarilish ustivorligi, kutubxona funksiyalari, matematik funksiyalar va boshqa tilning asosiy tushunchalari keltirilgan. Bundan tashqari oddiy dasturning tuzilishi, oʻzgaruvchilar, operatsiyalar, iboralar, asosiy tiplarning oʻzgarishi, kiritish-chiqirish vositalari va dastur strukturasi, kutubxona funksiyalari, matematik funksiyalar haqida ma’lumotlar bayon etilgan.
Kalit soʻzlar.kommunikatsiya, dasturiy taʻminot, kompilyator, loyihalash, foydalanuvchi interfeysi, foydalanuvchi, aniqlik, dasturchi, samaradorlik, iostream, kiritish, chiqarish amali. REJA:

  1. Tilning bazaviy tushunchalari (til alifbosi, identifikator va leksemalar, kalit soʻzlar, konstanta satrlar, ma’lumotlartipi)

  2. Arifmetik ifoda va amallar, siljitish amallari, inkrement va dekrement

  3. Bitlarga ishlov beruvchi operatorlar, ma’lumotlartipini

oʻzgartirish

  1. Kutubxona funksiyalari

  2. Preprotsessor direktivalari va vositalari.

C++ tili Byarn Straustrup tomonidan 1980 yilning boshlarida ishlab chiqilgan. C++ tilida yaxshi dastur tuzish uchun “aql, farosat va sabr” kerak boʻladi. Bu til asosan tizim sathida dasturlovchilar uchun yaratilgan.
C/C++ algoritmik tilining alifbosi:

    1. 26 ta lotin harflari(katta va kichik);

    2. 0 dan 9 gacha boʻlgan arab raqamlari;

    3. Maxsus belgilar: - + * / : ; . , % ? ! = “” № <> { } [ ] ( ) $ # & ^ va h.k.

Dastur bajarilishi jarayonida oʻz qiymatini oʻzgartira oladigan kattaliklar oʻzgaruvchilar deyiladi. Oʻzgaruvchilarning nomlari harfdan boshlanuvchi harf va raqamlardan iborat boʻlishi mumkin. Oʻzguruvchilarni belgilashda katta va kichik harflar bir biridanfarq qiladi(A va a harflari 2 ta oʻzgaruvchini bildiradi). Har bir oʻzgaruvchi oʻz nomiga, tipiga, xotiradan egallagan joyiga va son qiymatiga ega boʻlishi kerak. Oʻzgaruvchiga murojaat qilish uning nomi orqali boʻladi. Oʻzgaruvchi uchun xotiradan ajratilgan joyning tartib raqami uning manzili hisoblanadi. Oʻzgaruvchi ishlatilishidan oldin u aniqlangan boʻlishi lozim.
Oʻzgaruvchilarning son qiymatlari quyidagi koʻrinishda yoziladi:

  • Butun tipli oʻnlik sanoq tizimida: ular faqat butun sondan iborat boʻladilar. Masalan: 5; 76; -674 va h.k.

  • Sakkizlik sanoq tizimidagi sonlar: 0 (nol)dan boshlanib, 0dan 7 gacha boʻlgan raqamlardan tashkil topadi. Masalan: x=0453217;

  • char belgi tipi uning oʻzgarish intervali 0 dan 255 gacha yoki apostrof ichidagi ixtiyoriy 1ta simvol. Xotiradan 1 bayt joy oladi. Simvollar ASCII kodlariga mos keladi. (ASCII – American Standart Code for Information Interchange).

  • Butun tipli oʻzgaruvchilar: int. Masalan: int a, i, j ; Bu yerda dasturda ishlatilayotgan a, i, j oʻzgaruvchilarining tipi butun ekanligi koʻrsatildi. Bu tipdagi oʻzgaruvchilar 2 bayt joy egallaydi. Ularning oʻzgarish oraligʻi: -32768 dan +32767 gacha; (Hozirgi 32 razryadli kompyuterlarda 4 bayt joy oladi va oraligʻi 2 marta oshgan).

  • Butun tipli katta (uzun) oʻzgaruvchilar: long. Masalan: long s, s2, aa34; Bu tipdagi oʻzgaruvchilar 4 bayt joy egallaydi. Ular – 2147483648 dan+2147483647 gacha bo‘lganoraliqdagi sonlarni qabul qilishi mumkin.

  • Ishorasiz butun oʻzgaruvchilar: unsigned short – 2 bayt joy oladi,oʻzgarish oralig‘i 0 dan 65535 gacha; unsigned long – 4 bayt joy oladi, oʻzgarish oralig‘i: 0 dan 4294967295 gacha; unsigned char – 1 bayt joy oladi, oʻzgarish oralig‘i 0 dan 255 gacha.

  • Haqiqiy tipdagi oʻzgaruvchilar: float. Masalan: float a, b: Bu yerda dasturda ishlatilayotgan a, b oʻzgaruvchilarining tipi haqiqiy ekanligi koʻrsatilgan. Bu tipdagi oʻzgaruvchilar 4 bayt joy egallaydi va qabul qilish chegarasi 10-38 dan 10+38 gacha.

  • Katta yoki kichik qiymatli oʻzgaruvchilarni ifoda etishda doubletipi ishlatiladi. Ular uchun 8 bayt joy ajratiladi va qabul qilish chegarasi 10-304 dan 10+304 gacha.

  • Juda katta yoki juda kichik qiymatli oʻzgaruvchilar uchun long doubletipi ishlatiladi, u 10 bayt joy oladi va qabul qilish chegarasi 3.4*10-4932 dan 1.1*10-4932gacha.

  • Qator tipidagi oʻzgaruvchilar uchun ham char tipi belgilangan. Ular ham 1 bayt joy oladi va 0 dan 256 tagacha boʻlgan simvollar ketma-ketligidan iborat boʻlishi mumkin. Satr tipidagi oʻzgaruvchilar qoʻshtirnoq (“) ichida yoziladi.

C++ tilida oʻzgaruvchilarni initsializatsiya qilish degan tushuncha ham mavjud. Initsializatsiya qilish degani oʻzgaruvchini eʻlon qilish barobarida unga boshlangʻich qiymatini ham berish demakdir. Masalan: int a=5, b, s=-100;– a, b, s oʻzgaruvchilari butun tipli ekanligi koʻrsatildi va a oʻzgaruvchisiga 5 (a=5), s oʻzgaruvchisiga esa –100 (s=-100) boshlangʻich qiymatlar berildi.
Dastur bajarilishi jarayonida oʻz qiymatini oʻzgartira olmaydigan kattaliklar oʻzgarmaslar deyiladi. Masalan: x=1; boʻlsa keyinchalik x=x+5 deb yozib boʻlmaydi. Oʻzgarmaslarni const soʻzi bilan
koʻrsatiladi. Maslan: const int x=95; float y=9.17; ( const lar simvol yoki nol (NULL) boʻlishi ham mumkin.)

Download 37.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling