Kalit soʻzlar


С++ tilidagi dastur tuzilishi va uning kompilyatsiyasi


Download 37.58 Kb.
bet3/7
Sana10.03.2023
Hajmi37.58 Kb.
#1256766
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu

С++ tilidagi dastur tuzilishi va uning kompilyatsiyasi. С++ tilida dastur yaratish bir nechta bosqichlardan iborat boʻladi. Dastlab, matn muharririda (odatda dasturlash muhitining muharririda) dastur matni teriladi, bu faylning kengaytmasi «.cpp» boʻladi, Keyingi bosqichda dastur matni yozilgan fayl kompilyatorga uzatiladi, agarda dasturda xatoliklar boʻlmasa, kompilyator «.obj» kengaytmali ob’ekt modul faylini hosil qiladi. Oxirgi qadamda komponovka (yigʻuvchi) yordamida «.exe» kengaytmali bajariluvchi fayl - dastur hosil boʻladi. Bosqichlarda yuzaga keluvchi fayllarning nomlari boshlangʻich matnli faylning nomi bilan bir xil boʻladi.
Kompilyatsiya jarayonining oʻzi ham ikkita bosqichdan tashkil topadi. Boshida preprotsessor ishlaydi, u matndagi kompilyatsiya direktivalarini bajaradi, xususan #include direktivasi boʻyicha koʻrsatilgan kutubxonalardan С++ tilida yozilgan modullarni dastur tarkibiga kiritadi. Shundan soʻng kengaytirilgan dastur matni kompilyatorga uzatiladi. Kompilyator oʻzi ham dastur boʻlib, С++ tilida yozilgan dastur matni uning uchun kiruvchi maʻlumot hisoblanadi. Kompilyator dastur matnini leksema (atomar) elementlarga ajratadi va uni leksik, keyinchalik sintaktik tahlil qiladi. Leksik tahlil jarayonida u matnni leksemalarga ajratish uchun «probel ajratuvchisini» ishlatadi. Probel ajratuvchisi - probel belgisi (ʻ ʻ), ʻ\tʻ - tabulyasiya belgisi, ʻ\nʻ- keyingi qatorga oʻtish belgisi, boshqa ajratuvchilar va izohlar hisoblanadi.
Dastur matni tushunarli boʻlishi uchun izohlar ishlatiladi. Izohlar kompilyator tomonidan «oʻtkazib» yuboriladi va ular dasturning bajarilishiga hech qanday taʻsir qilmaydi.
С++ tilida izohlar ikki koʻrinishda yozilishi mumkin.
Birinchisida “/*dan boshlanib, “*/”belgilar oraligʻida joylashgan barcha belgilar ketma-ketligi izoh hisoblanadi, ikkinchisi «satriy izoh» deb nomlanadi va u “//” belgilardan boshlangan va satr oxirigacha yozilgan belgilar ketma-ketligi boʻladi. Izohning birinchi koʻrinishida yozilgan izohlar bir necha satr boʻlishi va ulardan keyin С++ operatorlari davom etishi mumkin.
Misol.

int main(){
// bu qator izoh hisoblanadi int a=0; // int d; int c;
/* int b=15 */ /* - izoh boshlanishi a=c;

izoh tugashi */
return 0; }

Dasturda d, b oʻzgaruvchilar eʻlonlari inobatga olinmaydi va a=c amali bajarilmaydi.
Quyida С++ tilidagi sodda dastur matni keltirilgan.

# include // sarlavha faylni qoʻshish int main () // bosh funksiya tavsifi
{ // blok boshlanishi
cout <<”Salom Olam!\n”;// satrni chop etish return 0; // funksiya qaytaradigan
qiymat
} // blok tugashi

Dastur bajarilishi natijasida ekranga “Salom Olam!” satri chop etiladi.
Dasturning 1-satridagi #include preprotsessor direktivasi boʻlib, dastur kodiga oqimli oʻqish/yozishfunksiyalari va uning oʻzgaruvchilari eʻloni joylashgan «iostream.h» sarlavha faylini qoʻshadi. Keyingi qatorlarda dasturning yagona, asosiy funksiyasi - main() funksiyasi tavsifi keltirilgan. Shuni qayd etish kerakki, С++ dastursida albatta main() funksiyasi boʻlishi shart va dastur shu funksiyani bajarish bilan oʻz ishini boshlaydi.
Dastur tanasida konsol rejimida belgilar ketma-ketligini oqimga chiqarish amali qoʻllanilgan. Ma’lumotlarni standart oqimga (ekranga) chiqarish uchun quyidagi format ishlatilgan:
cout <<;
Bu yerda sifatida oʻzgaruvchi yoki sintaksisi toʻgʻri yozilgan va qandaydir qiymat qabul qiluvchi til ifodasi kelishi mumkin (keyinchalik, burchak qavs “<>” ichiga olingan oʻzbektilidagimatnC++ tili tarkibiga kirmaydi deb qabul qilish kerak).
Masalan:
int uzg=324;
cout<Ma’lumotlarni standart oqimdan (odatda klaviaturadan) oʻqish quyidagi formatda amalga oshiriladi:
cin >>;
Bu yerda qiymat qabul qiluvchi oʻzgaruvchining nomi. Misol:
int Yosh;
cout<<”Yoshingizni kiriting_”; cin>>Yosh;
ButuntipidagiYoshoʻzgaruvchisikiritilganqiymatnioʻzlashtiradi. Kiritilgan qiymatni oʻzgaruvchi tipiga mos kelishini tekshirish masʻuliyati dastur tuzuvchisining zimmasiga yuklanadi.
Bir paytning oʻzida probel vositasida bir nechta va har xil tipdagi qiymatlarni oqimdan kiritish mumkin. Qiymat kiritish tugmasini bosish bilan tugaydi. Agar kiritilgan qiymatlar soni oʻzgaruvchilar sonidan koʻp boʻlsa, «ortiqcha» qiymatlar bufer xotirada saqlanib qoladi.

#include int main(){ int x,y; float z;
cin>>x>>y>>z;
cout<cout<return 0; }

Oʻzgaruvchilarga qiymat kiritish uchun klaviatura orqali
10 20 3.14
harakati amalga oshiriladi. Shuni qayd etish kerakki, oqimga qiymat kiritishda probel ajratuvchi hisoblanadi. Haqiqiy sonning butun va kasr qismlari ʻ.ʻ belgisi bilan ajratiladi.

Download 37.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling