Kalit soʻzlar


Download 37.58 Kb.
bet5/7
Sana10.03.2023
Hajmi37.58 Kb.
#1256766
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu

Butun oʻzgarmaslar. Butun oʻzgarmaslar quyidagi formatlarda boʻladi:
- oʻnlik son; - sakkizlik son; - oʻn oltilik son.
Oʻnlik oʻzgarmas 0 raqamidan farqli raqamdan boshlanuvchi raqamlar ketma-ketligi va 0 hisoblanadi: 0; 123; 7987; 11.
Manfiy oʻzgarmas - bu ishorasiz oʻzgarmas boʻlib, unga faqat ishorani oʻzgartirish amali qoʻllanilgan deb hisoblanadi.
Sakkizlik oʻzgarmas 0 raqamidan boshlanuvchi sakkizlik sanoq sistemasi (0,1,..,7) raqamlaridan tashkil topgan raqamlar ketma-ketligi:
023; 0777; 0.
Oʻn oltilik oʻzgarmas 0x yoki 0X belgilaridan boshlanadigan oʻn oltilik sanoq sistemasi raqamlaridan iborat ketma-ketlik hisoblanadi: 0x1A; 0X9F2D; 0x23.
Harf belgilar ixtiyoriy registrlarda berilishi mumkin.
Kompilyator sonning qiymatiga qarab unga mos tipni belgilaydi. Agar tilda belgilangan tiplar dastur tuzuvchini qanoatlantirmasa, u oshkor ravishda tipni koʻrsatishi mumkin. Buning uchun butun oʻzgarmas raqamlari oxiriga, probelsiz l yoki L (long), u yoki U (unsigned) yoziladi. Zarur hollarda bitta oʻzgarmas uchun bu belgilarning ikkitasini ham ishlatish mumkin:
45lu, 012Ul, 0xA2L.
Haqiqiy oʻzgarmaslar. Haqiqiy oʻzgarmaslar - suzuvchi nuqtali son boʻlib, u ikki xil formatda berilishi mumkin:

  • oʻnlik fiksirlangan nuqtali formatda. Bu koʻrinishda son nuqta orqali ajratilgan butun va kasr qismlar koʻrinishida boʻladi. Sonning butun yoki kasr qismi boʻlmasligi mumkin, lekin nuqta albatta boʻlishi kerak. Fiksirlangan nuqtali oʻzgarmaslarga misollar: 24.56; 13.0; 66.; .87;

  • eksponensial shaklda haqiqiy oʻzgarmas 6 qismdan iborat boʻladi:

    1. butun qismi (oʻnli butun son);

    2. oʻnli kasr nuqta belgisi;

    3. kasr qismi (oʻnlik ishorasiz oʻzgarmas);

    4. eksponenta belgisi ʻeʻ yoki ʻEʻ;

    5. oʻn darajasi koʻrsatkichi (oʻnli butun son);

    6. qoʻshimcha belgisi ( ʻFʻ yoki ʻfʻ , ʻLʻ yoki ʻlʻ ).

Eksponensial shakldagi oʻzgarmas sonlarga misollar: 1e2; 5e+3; .25e4; 31.4e-1 .

Download 37.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling