Kalit soʻzlar
Download 37.58 Kb.
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- ʻeʻ, ʻ@ʻ, ʻ7ʻ, ʻzʻ,ʻWʻ,ʻ+ʻ,ʻshʻ,ʻ*ʻ,ʻaʻ, ʻsʻ. С++ tilida escape -belgilar jadvali
- Lʻ\013\022ʻ, Lʻccʻ Koʻp belgili oʻzgarmas tipi int boʻlib, u toʻrtta belgidan iborat boʻlishi mumkin: ʻabcʻ, ʻ\001\002\003\004ʻ. Satr oʻzgarmaslar.
- Bu satr oʻzgarmas va uningnomi string\n”
- Kompilyator har bir satr uchun kompyuter xotirasida\ satr uzunligiga tengsondagibaytlardagialohida \ xotira ajratadi va bitta - 0 qiymatli bayt qoʻshadi”;
Belgi oʻzgarmaslar. Belgi oʻzgarmaslar qoʻshtirnoq (ʻ,ʻapostroflar) ichiga olingan alohida belgilardan tashkil topadi va u char kalit soʻzi bilan aniqlanadi. Belgi oʻzgarmas uchun xotirada bir bayt joy ajratiladi va unda butun son koʻrinishidagi belgining ASCII kodi joylashadi. Quyidagilar belgi oʻzgarmaslarga misol boʻladi: ʻeʻ, ʻ@ʻ, ʻ7ʻ, ʻzʻ,ʻWʻ,ʻ+ʻ,ʻshʻ,ʻ*ʻ,ʻaʻ, ʻsʻ.
С++ tilida escape -belgilar jadvali Ayrim belgi oʻzgarmaslar ʻ\ʻ belgisidan boshlanadi, bu belgi birinchidan, grafik koʻrinishga ega boʻlmagan oʻzgarmaslarni belgilaydi, ikkinchidan, maxsus vazifalar yuklangan belgilar - apostrof belgisi(ʻ), so‘roq belgisini (ʻ?ʻ), teskari yon chiziq belgisini (ʻ\ʻ) va ikkita qoʻshtirnoq belgisini (ʻ“ʻ) chop qilish uchun ishlatiladi. Undan tashqari, bu belgi orqali belgini koʻrinishini emas, balki oshkor ravishda uning ASCII kodini sakkizlik yoki oʻn oltilik shaklda yozish mumkin. Bunday belgidan boshlangan belgilar escape ketma-ketliklar deyiladi (1.1jadval). С++ tilida qoʻshimcha ravishda wide harfli oʻzgarmaslar va koʻp belgili oʻzgarmaslar aniqlangan. wide harfli oʻzgarmaslar tipi milliy kodlarni belgilash uchun kiritilgan boʻlib, u wchar_t kalit soʻzi bilan beriladi, hamda xotirada 2 bayt joy egallaydi. Bu oʻzgarmas L belgisidan boshlanadi: Lʻ\013\022ʻ, Lʻccʻ Koʻp belgili oʻzgarmas tipi int boʻlib, u toʻrtta belgidan iborat boʻlishi mumkin: ʻabcʻ, ʻ\001\002\003\004ʻ. Satr oʻzgarmaslar. Ikkita qoʻshtirnoq (“,”) ichiga olingan belgilar ketma-ketligi satr oʻzgarmas deyiladi: ”Bu satr oʻzgarmas va uningnomi string\n” Satr ichida escape ketma-ketligi ham ishlatilishi mumkin, faqat bu ketma-ketlik apostrofsiz yoziladi. Probel bilan ajratib yozilgan satrlar kompilyator tomonidan yagona satrga ulanadi (konkantenatsiya): ”Satr - bu belgilar massivi” /* bu satr keyingi satrga koʻshiladi */ ”, uning tipi char[]”; Bu yozuv ”Satr - bu belgilar massivi, uning tipi char[]”; yozuvi bilan ekvivalent hisoblanadi. Uzun satrni bir nechta qatorga yozish mumkin va buning uchun qator oxirida ʻ\ʻ belgisi qoʻyiladi: ”Kompilyator har bir satr uchun kompyuter xotirasida\ satr uzunligiga tengsondagibaytlardagialohida \ xotira ajratadi va bitta - 0 qiymatli bayt qoʻshadi”; Yuqoridagi uchta qatorda yozilgan satr keltirilgan. Teskari yon chiziq (ʻ\ʻ) belgisi keyingi qatorda yozilgan belgilar ketma-ketligini yuqoridagi satrga qoʻshish kerakligini bildiradi. Agar qoʻshiladigan satr boshlanishida probellar boʻlsa, ular ham satr tarkibiga kiradi. Satr xotirada joylashganda uning oxiriga ʻ\0ʻ (0 kodli belgi) qoʻshiladi va bu belgi satr tugaganligini bildiradi. Shu sababli satr uzunligi, uning «haqiqiy» qiymatidan bittaga koʻp boʻladi. Ma’lumotlar tiplari va oʻzgaruvchilar. Dastur bajarilishi paytida ishlatiladigan ma’lumotlarni(qiymatlarni) saqlab turish uchun oʻzgaruvchilar va oʻzgarmaslardan foydalaniladi. Oʻzgaruvchi - dastur ob’ekti boʻlib, xotiradagi bir nechta yacheykalarni egallaydi va qiymatlarni saqlash uchun xizmat qiladi. Oʻzgaruvchi nomga, oʻlchamga va boshqa atributlarga(koʻrinish sohasi, amal qilish vaqti va boshqa xususiyatlarga) ega boʻladi. Oʻzgaruvchilarni ishlatish uchun ular albatta eʻlon qilinishi kerak. Eʻlon qilish natijasida oʻzgaruvchi uchun xotiradan joy zahiralanadi, zahiralangan joyning oʻlchami esa oʻzgaruvchining tipiga bogʻliq boʻladi. Shuni qayd etish zarurki, bitta tipga turli apparat platformalarda turlicha joy ajratilishi mumkin. Oʻzgaruvchini eʻlon qilish uning tipini aniqlovchi kalit soʻz bilan boshlanadi. Teng(=) belgisi orqali boshlangʻich qiymat berilishi ham mumkin. Bitta kalit soʻz bilan bir nechta oʻzgaruvchini eʻlon qilish mumkin. Bunda oʻzgaruvchilar bir-biridan vergul(,) belgisi bilan ajratiladi. Eʻlonlar nuqta vergul(;) belgisi bilan tugaydi. Oʻzgaruvchi nomi 255 ta belgidan oshmasligi kerak. С++ tilining asosiy ma’lumotlar tiplari, ularning baytlardagi oʻlchamlari va qiymatlarining chegaralari 1.3-jadvalda keltirilgan. Download 37.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling