Kalitli so‘zlar


Download 118.72 Kb.
bet1/2
Sana06.04.2023
Hajmi118.72 Kb.
#1332628
  1   2
Bog'liq
qimmatli-qog-ozlar-bozorida-moliyaviy-texnologiyalarni-joriy-etish-istiqbollari



"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842

January 2022 / Volume 3 Issue 1


Qimmatli qog‘ozlar bozorida moliyaviy texnologiyalarni joriy etish istiqbollari


Akrom Nusrat o‘g‘li Mardonov Toshkent moliya instituti


Dilfuza Murtozayevna Xaydarova Chilonzor tumani 2-son kasb-hunar maktabi


Annotatsiya: maqolada qimmatli qog‘ozlar bozorida moliyaviy texnologiyalarni joriy etish istiqbollari tadqiq qilingan. Tadqiqot ishi natijalariga asoslanib moliya bozori rivojlanishida qimmatli qogʻozlar emissiyasini samarali tashkil etish va uning iqtisodiyotdagi rolini oshirish hamda rivojlantirish bo‘yicha ilmiy xulosalar keltirilgan. Kalitli so‘zlar: moliya bozorining iqtisodiy mohiyati, qimmatli qog‘ozlar bozorida moliyaviy texnologiyalari, qimmatli qog‘ozlar bozori joriy etish istiqbollari, moliya bozorining tarkibiy tuzilmasi, moliya bozori faoliyatini muvofiqlashtiruvchi davlat vakolatli organlari, ahon moliya bozori rivojlanishiga xos boʻlgan tendentsiyalar, moliya bozorini rivojlantirishdagi asosiy muammolari, Qimmatli
qogʻozlar bozori va fond bozori


Future of introduction of financial technologies in the securities market


Odiljon Alikambarovich Khoshimov Tashkent Institute of Finance Dilfuza Murtozaevna Khaydarova


Vocational school №2 of Chilanzar district


Abstract: The article examines the prospects for the introduction of financial technologies in the stock market. Based on the results of the research, scientific conclusions were made on the effective organization of the issuance of securities in the development of financial markets and the increase and development of its role in the economy.
Keywords: economic significance of the financial market, financial technologies in the securities market, prospects for the introduction of the securities market, the structure of the financial market, the state authorities regulating the financial market, trends in the development of the financial market, the financial market The main problems in the development of the stock market and the stock market

O‘zbekiston jahon hamjamiyatida oʻz mavqeiga ega boʻlish maqsadida asosiy e’tiborlardan biri boʻlgan moliya bozoriga, ushbu sohada jahon amaliyotidan foydalangan holda mamlakatimiz iqtisodiyotiga xos tizimlarni joriy kilishga va ularni rivojlantirishga qaratdi. Mamlakatimizda ijtimoiy va iqtisodiy islohatlar yanada chuqurlashayotgan davrda, ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida boʻlgani kabi moliya bozori sohasida ham chuqur oʻzgarishlarni amalga oshirish hozirgi kunning asosiy talabidir. Moliya bozori sohasida olib borilayotgan islohotlarning markaziy boʻgʻinida valyuta bozorini erkinlashtirish, qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotga keng jalb etish, mamlakat moliya bozorni jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvini ta’minlash, pul-kredit sohasi va bank sektorini barqarorligini oshirish turadi. Ushbu masalalarni amalga oshirishda iqtisodiyot transformatsiyasi va globallashuvi sharoitida xalqaro moliya bozorlarining taraqqiyot xususiyatlarini oʻrganishning ahamiyati kattadir.
Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik huquqiy davlat qurishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan ekan, bunda moliya bozorlari muhim oʻrin tutadi. Moliya bozorlarining iqtisodiyotda tutgan oʻrnini oshirish bevosita ularning faoliyatini erkinlashtirishni, unda bozor qonuniyatlarining amal qilishini va unga ta’sir etuvchi omillarni mukammlal oʻrganishni talab qiladi. Shu sababli, tanlangan mavzu birinchidan, siyosiy, iqtisodiy va huquqiy jihatdan murakkabligi boʻlsa, ikkinchidan, respublikada amalga oshirilayotgan koʻpdan-koʻp yangi muammolar bilan chambarchas bogʻliqligi, uchinchidan xilma-xil statistik ma’lumotlarni tahlil qilib ilmiy xulosalar chiqarishni talab qilishidir.
Bugun moliya tizimini bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotni iqtisodiy usullar bilan boshqarishda iqtisodiyot transformatsiyasi va globallashuvi sharoitida moliya bozorlarining nazariy va amaliy muammolarini rivojlangan xorijiy mamlakatlar, hamda oʻz tajribamiz asosida oʻrganish va ularni takomillashtirish yoʻllarini ishlab chiqish hozirgi kunda iqtisodiy-moliyaviy islohotlarni yanada chuqurlashtirish jarayonidagi eng dolzarb muammolardan biri boʻlib turibdi.
Hozirgi kunda qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish borasida ayrim muammolar mavjud boʻlib bu holat bozorni rivojlantirishga salbiy ta’sir koʻrsatmoqda. Xususan, aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar daromadliligining banklardagi aholi uchun ochilgan omonatlarning daromadlilik darajasi nisbatan pastligi. Bu holat albatta axolining oʻz qoʻyilmalarini fond bozorida emas, balki banklarda saqlashlariga sabab boʻlmoqda. Shu bilan birga axoli oʻz omonatlarini qimmatli qogʻozlarga joylashtirishda ijobiy natijalarga erishilishga toʻsiq boʻlayotgan bir qator omillar ham borki, ular sirasiga qimmatli qogʻozlar boʻyicha etarli axborotga ega emasligi, qimmatli qogʻozlar oldi - sotdi jarayonining murakkabligi, mazkur jarayonga ketadigan harajatlarning sezilarli ekanligi, investorlar xuquqlarini ximoyalashda qonunchilikni takomillashtirish zarurligi va axoli qonuniy - me’yoriy xujjatlar boʻyicha
savodxonligining etarli darajada emasligi, professional ishtirokchilar faoliyatining axolini bozorga jalb qilish va oʻz maxsulotini taklif etishda faol emasligi va boshqalarni keltirishimiz mumkin. Ya’ni shu va boshqa omillar ta’sirida axoli oʻz jamgʻarmalarini qimmatli qogʻozlarda emas, balki boshqa vositalarda saqlashni afzal bilmoqda. Bu esa qimmatli qogʻozlar bozorida muxim oʻrin tutuvchi qatlamning bozordagi ishtiroki sust boʻlib qolayotganligiga sabab boʻlib qolmoqda.
O‘zbekiston qimmatli qogʻozlar bozorining funksiyalarini bajarishidagi muammolaridan yana biri bozorda moliyaviy vositalar sonining cheklanganligi, davlat qimmatli qogʻozlar bozorining mazkur bozordan byudjet defitsitini qoplashda va Markaziy bankning ochiq bozor operatsiyalarini amalga oshirishda samarali foydalanish imkoniyatini beruvchi hajmining u qadar yuqori emasligi. Mazkur muammoni hal etishda qimmatli qogʻozlar bozorida likvid moliyaviy instrumetlar sonini oshirish va investorlar uchun tanlash imkoniyatini vujudga keltirish muxim hisoblanadi. Jumladan, davlat qimmatli qogʻozlari soxasida ipoteka obligatsiyalarini muomalaga chiqarish. Bu obligatsiyalar aholini uy - joy bilan ta’minlashda muxim omil hisoblanib, hozirgi kunda mazkur muammoni shu yoʻl bilan hal etish ijobiy samara bergan boʻlar edi. Korporativ qimmatli qogʻozlar bozorida aktivlarni sek’yuritizatsiyalash maqsadida xosilaviy qimmatli qogʻozlarni muomalaga chiqarish. Buning uchun ayniqsa mamlakatimiz tijorat banklarida keng imkoniyatlar mavjud. Hozirda ularning aktivlarining portfelida etarlicha katta miqdori uzoq va oʻrta muddatga moʻljallangan kreditlarda, jumladan avto kreditlarda band. Mazkur aktivlarni jonlantirish maqsadida ularning asosida oʻz aktivlarini sek’yuritizatsiyalash, ya’ni qimmatli qogʻozlarni muomalaga chiqarish maqsadga muvofiq boʻlar edi.
Kontseptsiyaning pirovard maqsadi O‘zbekistonda emissiyaviy qimmatli qogʻozlar, ayniqsa, aksiyalar va korporativ obligatsiyalarning ikkilamchi bozorini rivojlantirish, hosilaviy moliyaviy vositalar bozorini yaratish uchun zarur shart- sharoitlarni barpo etishga imkon beradigan strategiyani va bu borada davlat organlari, fond bozori barcha ishtirokchilarining faoliyat yoʻnalishlarini belgilashdan iborat.
Respublikamizda ikkilamchi fond bozorini rivojlantirish kontseptsiyasining asosiy gʻoyalari va qoidalari toʻrt boʻlimda aks ettirilgan. Birinchi boʻlim qimmatli qogʻozlar bozorining eng muhim tarkibiy qismi sifatida ikkilamchi fond bozorining rolini tavsiflaydi va kontseptsiyaning maqsadini belgilaydi. Ikkinchi boʻlim respublika qimmatli qogʻozlar ikkilamchi bozorining chuqur tahliliga bagʻishlangan boʻlib, uning rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgan asosiy omillar keltirilgan. Uchinchi boʻlimda iqtisodiy islohotlarning zamonaviy bosqichida mamlakatimizda ikkilamchi fond bozorini rivojlantirishning keyingi shart-sharoitlari bayon etilgan. Toʻrtinchi boʻlimda esa yaqin istiqbolda ikkilamchi fond bozorini rivojlantirishning kontseptual qoidalari taklif etilgan.
Xullas, mazkur strategik maqsadlarga amal qilish qimmatli qogʻozlar bozorini
tartibga soluvchi davlat boshqaruv organlari va mamlakat fond bozorining eng muhim institutlari sa’y-harakatlarini birlashtiradi. Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilariga nisbatan izchil va muvofiqlashgan iqtisodiy siyosatni olib borishga imkon beradi. Bu esa, oʻz navbatida, qimmatli qogʻozlar ikkilamchi bozorini rivojlantirish jarayonini sezilarli darajada tezlashtiradi, uni yangi tashkiliy va iqtisodiy darajaga olib chiqadi hamda fond bozori holatiga va umuman bozor munosabatlarining rivojlanishiga samarali ta’sir etadi.
Mamlakatimiz fond bozorining investitsion jozibadorligini oshirish birinchi galda hal qilinishi lozim boʻlgan masalalardandir. Bunda fond bozori ishlab chiqarishga mablagʻlar jalb etishining eng yaxshi yoʻllaridan biri ekanligini, uning afzalliklarini koʻrsatib, individual va korporativ sarmoyadorlarning boʻsh turgan pul mablagʻlaridan eng yuqori daromad keltiruvchi moliyaviy makonga aylantirishimiz lozim.
Tadqiqot ishi natijalariga asoslanib moliya bozor rivojlanishida qimmatli qogʻozlar emissiyasini samarali tashkil etish va uning iqtisodiyotdagi rolini oshirish hamda rivojlantirishda quyidagi ilmiy xulosalarni keltirish mumkin:

  1. Korxonalarda qoʻshimcha mablagʻlarni jalb etishda qimmatli qogʻozlarning emissiyasidan keng foydalanish amaliyotini joriy etish. Hozirgi kunda mamlakatimiz korxona va tashkilotlari moliyaviy mablagʻga boʻlgan ehtiyojlarini asosan bank kreditlari hisobiga qondirmoqdalar. Vaxolanki, qoʻshimcha mablagʻni qimmatli qogʻozlar vositasida jalb qilishning bir qator afzalliklari mavjud va bu holat jahon amaliyotida keng tus olgan boʻlib, xozirda qimmatli qogʻozlar orqali mablagʻ jalb qilish bank kreditlaridan ortib ketishi tendentsiyasi kuzatilmoqda. Bu holat mamlakatimiz iqtisodiyotida qimmatli qogʻozlar bozorining rolini oshirishga turtki boʻladi.

  2. O‘zbekiston qimmatli qogʻozlar ikkilamchi bozori professional ishtirokchilarining milliy assotsiatsiyasi va O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasining qoshida moliya bozorining barcha ishtirokchlari uchun ochiq boʻlgan elektron ma’lumotlar bazasini tuzish. Bu mazkur bozorning shaffofligini ta’minlaydi va uning ishtirokchilari tomonidan qaror qabul qilish jarayonining operativligi ta’minlashga xizmat qiladi.

  3. Aksiyadorlik jamiyatlari va xoʻjalik birlashmalari ustav kapitalidagi davlat ulushlarini qisqartirish, qimmatli qogʻozlar bozori rivojlanishini ragʻbatlantiradigan imtiyoz va preferentsiyalarni yaratish, aholining moliyaviy savodxonligini oshirish, aksiyadorlik jamiyati shaklidagi tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, milliy ikkilamchi bozorning xorijiy va xalqaro bozor bilan integratsiyasini ta’minlash kabi maqsadlarni koʻzlashga qaratilgan davlat siyosatini olib borish.

  4. Aksiyadorlik jamiyatlari va xoʻjalik birlashmalari ustav kapitalidagi davlat ulushlarini xususiy sektorga sotish yoki ularni maqbul darajagacha qisqartirish orqali qimmatli qogʻozlar ikkilamchi bozorining resurs bazasi yaratish.

  5. Qimmatli qogʻozlar bozori infratuzilmasi tashkilotlari, professional ishtirokchilari, tartibga soluvchi davlat organlari faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan qimmatli qogʻozlar ikkilamchi bozorining me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish.

  6. Qimmatli qogʻozlar ikkilamchi bozorida kliring operatsiyalarini rivojlantirish, buning uchun Yagona dasturiy-texnik majmua tarkibidagi kliring, hisob-kitob va subdepozitar modulini toʻla amalga oshirilishini ta’minlash, brokerlik tashkilotlari mijozlari uchun Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida hisobvaraqlar ochish, real vaqt rejimida “bank-broker” oʻzaro elektron munosabatni ta’minlaydigan dasturlarni joriy etish.

  1. Respublikamiz emitentlarining jahon fond bozorlariga chiqish jarayonining va milliy fond bozorining xorijlik investorlar uchun jozibadorligini oshirishning huquqiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish lozim.

  2. Kapitallashuv darajasini oshirish va davlat tashabbusi bilan aksiyalar IPOsini oʻtkazish mexanizmini qoʻllash asosida oʻzbek emitentlarini xalqaro miqyosda integrallashgan fond bozorlariga chiqishini ta’minlash mumkin.

  3. Investitsiya muhiti va chet el investitsiyalari oqimining barqarorliligini ta’minlashning muhim sharti boʻlgan makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning barqarorligini ta’minlash lozim. Banklarning fond bozoridagi faoliyatini faollashtirish uchun ularning kapitalini qayta tarkiblash, ustav fondlaridagi davlat ulushini xususiy investorlarga sotish, banklarning investorlar sifatidagi faoliyatini yanada erkinlashtirish lozim. Shuningdek, fond bozori infratuzilmasini va ishtirokchilar faoliyatini barqarorlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni faollashtirish lozim.




Download 118.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling