Kalorimetriya


Vneshniy vid kolorimetra fotoelektricheskogo konsentratsionnogo KFK


Download 355.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana27.03.2023
Hajmi355.34 Kb.
#1299491
1   2   3   4   5
Bog'liq
13-маъруза Калориметрия (Lotincha)

Vneshniy vid kolorimetra fotoelektricheskogo konsentratsionnogo KFK. 
Barcha fotometrik asboblarda nurning 100% dan 5% gacha o‘tkazilishini (A=0-
1,3)o‘lchash mumkin. O‘tkazish shkalasining 5 dan 0,1% gacha (A=1,3-3) bo‘lgan qismi 
taxminiy aniqlashlar uchun xizmat qiladi. YOruglik o‘tkazishni o‘lchashdagi asbobni mutloq 
xatoligi 
T=1%dan 
oshmaydi. 
FEK-56M, FEK-56 asboblarda yorug‘lik manbai sifatida cho‘g‘lanish lampasi rN-35(8V,-
35Vt)va quvvati 120 Vt li o‘ta yuqori bosimli simob-kvars lampasi DRK-120 dan 
foydalaniladi, ular 315-630 nm oralig‘ida ishlashga imkon beradi. Barcha asboblar tor palasali 
yorug‘lik filьtrlari bilan ta’minlangan. KFK, FEK-56 va FEK-56 M turidagi 
fotokolarmetrlarning umumiy va optik sxemalar keltirilgan. 
FEK-56M asbobida ishlash tartibi.
1. Asbobda ta’minlash bloki va cho‘glanish lampasi ulanganidan 15-20 minut o‘tgach-
asbob barqaror ishlash rejimiga o‘tgandan keyin o‘lchashni boshlash mumkin. Simob lampasi 
o‘lchash boshlanishidan 10-15 minut oldin zanjirga ulanadi. 
2. Simob lampasini zarurat bo‘lmaganida ish xolatida qoldirish yaramaydi, chunki bunda 
uning xizmat qilish muddati qisqaradi. 


3. Eritmaning yoruglik o‘tkazishi yoki optik zichligi o‘lchanadi.O‘lchashda kyuvetaning 
qopqogi berk bo‘ladi. Avvalo asbobning ; “elektr nolь” xolati o‘rnatiladi.Buning uchun 
dastani burab parda yordamida yorug‘lik oqimining yo‘li to‘siladi. Tutqich orqali 
mikroampermetr ko‘rsatkichi “nol-0” holatiga keltiriladi va parda ochiladi. Tutqich vositasida 
yorug‘lik oqimiga tanlangan yorug‘lik filьtri kiritiladi. Barcha o‘lchashlar elektrosxemaning 
sezgirligi mikroampermetrning 1-3 bo‘lmasiga teng keladigan holatda olib boriladi; bunda 
o‘lchov diafragmasi tutqich orqali 1 foiz yorug‘lik o‘tkazishiga moslab ochiladi. Asbobning 
ko‘rsatilgan sezgirligi tutqichini burib o‘rnatiladi. CHapki yorug‘lik oqimiga o‘lchashning 
boshidan oxirigacha erituvchili kyuveta o‘rnatiladi. Agar erituvchi rangsiz bo‘lsa, chapdagi 
fotoelement yorug‘lik oqimining issig‘i ta’sirida isishining oldini olish uchun chap yorug‘lik 
oqimiga distillangan suvli kyuveta o‘rnatish tavsiya etiladi. O‘ng yorug‘lik oqimiga 
tekshirayotgan eritmali kyuveta o‘rnatiladi. O‘ng baraban tutqichini burab yorug‘lik o‘tkazish 
shkalasini 100 bo‘limiga qo‘yiladi. CHap barabanni aylantirib, mikroampermetr ko‘rsatkichi 
“0” ga keltiriladi. Agar chap baraban yordamida “0”ga qo‘yishning iloji bo‘lmasa, unda o‘ng 
yorug‘lik oqimiga asbob komplektdagi susaytkich “1” yoki “2”ni o‘rnatish kerak. So‘ngra 
tutqichni burab o‘ng oqimidagi eritmali kyuveta erituvchili kyuveta bilan almashtiriladi. 
Bunda mikroampermetrning “0”ga o‘rnatilgan strelkasi siljiydi. O‘ng o‘lchov barabanni 
aylantirish yo‘li bilan strelka boshlang‘ich “nol” holatga keltiriladi va tekshiriluvchi 
eritmaning yorug‘lik o‘tkazishi o‘ng baraban shkalasi bo‘yicha hisoblanadi. 

Download 355.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling