Kam tarqalgan karam turlari ularning ahamoyati va yetishtirish texnalogiyasi
Download 4.3 Mb.
|
Kam tarqalgan karam turlari ularning ahamoyati va yetishtirish
Bu standart talabi bo‘yicha oq karam boshlari barra, butun, sog‘lom, toza, karam boshi yaxshi o‘ralgan, o‘smagan, shakli va rangi bo‘yicha karam naviga xos, qishloq xo‘jalik zararkunandalari bilan zararlanmagan bo‘lishi kerak. Ularning ta’mi va hidi o‘ziga xos, begona hidlarsiz va ta’mlarsiz bo‘lishi lozim. Karam boshi o‘rtapishar va kechpishar navlarida zich bo‘lishi kerak. Ertapishar navlarida esa har xil zichlikda bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Savdo tarmoqlarida iste’molchilarga sotilayotgan oqbosh karamlarning sifatiga qo‘yiladigan talablardan yana biri karam boshining sarg‘ayib ketgan barglardan va boshqa iflosliklardan tozalanganligi hisoblanadi. Standart talabi bo‘yicha karam boshi to zich yopishib turadigan ko‘k yoki oq yaproqlarigacha tozalangan bo‘lishi kerak. SHuningdek, aholiga sotilayotgan karamlarda karam boshidan chiqib turadigan karam o‘zagining uzunligi ham me’yorlashtirilgan. Bu ko‘rsatkich hamma tovar navlarida 3 sm dan ortiq bo‘lmasligi ko‘rsatib qo‘yilgan.O‘rtapishar va kechpishar karamlar uchun muhim ko‘rsatkichlardan yana biri karam boshining massasi hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich karam qaysi vaqtda yig‘ishtirib olinganligiga bog‘liq bo‘ladi. Standartda ko‘rsatilishicha 1-iyuldan to 1-avgustacha yig‘ishtirib olingan karamlarning saralangan navlarida har bir bosh karamning massasi 1,0 kg dan, saralanmagan karamlarning esa 0,4 kg dan kam bo‘lmasligi standartda ko‘rsatib qo‘yilgan. SHuningdek, standartda sirtidagi birinchi va ikkinchi qavat yaproqchalari ozroq jarohatlangan karamlar bo‘lishiga ham yo‘l qo‘yiladi va ularning miqdori chegaralanmaydi. Ikkinchidan to beshinchi qavatgacha yaproqchalari mexanik jarohatlangan karam boshlari ertapishar karam navlarida 5,0 % gacha bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi, o‘rtapishar va kechpishar navlarida esa bu ko‘rsatkich chegaralanmaydi. Saralangan karam navlarida esa mexanik jarohatli karam boshlari bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Karamlarning har ikkala tovar navlari ham beshinchi qavatdan keyingi yaproqchalari mexanik jarohatlangan, yorilgan, chirigan, muzlab qolgan (ichi sarg‘aygan yoki qoraygan) karam boshlari bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.Download 4.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling