Kam tarqalgan karam turlari ularning ahamoyati va yetishtirish texnalogiyasi


Download 4.3 Mb.
bet2/7
Sana18.10.2023
Hajmi4.3 Mb.
#1707505
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kam tarqalgan karam turlari ularning ahamoyati va yetishtirish

Oʻzbekistonda oq boshli K.ning quyidagi navlari ekiladi: Gribovskiy 147—ertagi, koʻchati oʻtqazilgach, 60—65 kunda yetiladi. Boshi 0,7–1 kg , yumaloq, oʻrtacha zich, koʻkish, pishganda yoriladi. Toshkent 10—oʻrtagi, koʻchati oʻtqazilgach, 90—110 kunda pishadi. K.i 2— 2,5 kg , yumaloq-yassi, issiqqa chidamli. Oʻzbekiston 133—oʻrta kechki, koʻchati oʻtqazilgach, 110—120 kunda yetiladi. K.i 2,5—4,3 kg , yumaloq-yassi. Shuningdek, Apsheron kuzgisi, Saratoniy, Navroʻz, Ashxobod, Parallel Fp Derbent va b. navlari ham ekiladi (2002). K. zararkunandalari. K.ni zararlaydigan hasharotlar turlari juda koʻp, asosiylari karam biti, karam kuyasi, karam qandalasi, karam oq kapalagi vab. Karam biti — qanotsiz urgʻochisi 1,9—2,3 mm, tuxumsimon, koʻkish-kulrang , kulrang mum gʻubor bilan qoplangan; qanotli urgʻochisi 2,15 mm, boshi va koʻkragi jigarrang , qorni koʻkish-sariq, ozroq mum gʻuborli. Bir mavsumda 15 martagacha avlod beradi. Karam kuyasi — kapalagi qanotlari yozilganda 14–17 mm; oldingi qanotlari qoʻngʻir, keyingisi kulrang . Lichinkasi (qurti) 9–12 mm, urchuqsimon, yashil. Tuxumi 0,4—0,5 mm, yumaloq-suyri, och sariq. Hamma joyda uchraydi, asosan, K. va kizil lavlagini zararlaydi. Begona oʻtlarda, K. oʻzagi va barglarida qishlaydi. Tuxumdan chiqqan qurtlari barg bilan oziqlanadi (Toshkent viloyatida 9—10 ta avlod beradi). Karam qandalasi — tanasi 7 – 8 mm, boʻgʻimli, qalqoni qorinni yarmigacha qoplab turadi.

Usti zangori yoki yashilsimon qora boʻlib, qizgʻish, sargish yoki oqish chiziqlari bor. Oʻsimlik barglarini hartumchasi bilan teshib shirasini soʻradi, bunda barglar sargʻayadi, ilma-teshik boʻlib ketadi, yosh oʻsimliklar qurib qoladi. Koʻklamda begona oʻsimliklar bilan oziqlanib, barg orqasiga tuxum qoʻyadi. 6—15 kunda tuxumdan lichinkalar chiqadi, kattalashib gʻumbakka aylanadi. Birinchi boʻgʻini, koʻpincha may — iyunda K.ga tushadi. Karam oq kapalagi — qanoti yozilganda 5,5—6 sm, oq, uchi qora koʻrinadi. Lichinkalari qora dogʻli sargʻish-och yashil, boʻyi 1 sm. Oʻrta Osiyo sharoitida yiliga 4 marta avlod beradi. K. kasalliklaridan hosilga katta zarar keltirganlaridan asosiylari: bakterioz, soxta unshudring , qora boʻgʻiz, ildiz boʻgʻzi qorayishi. Zararkunandalarga qarshi kurashda koʻchatni dalaga ekishdan oldin insektitsidlardan birontasining 0,2% li eritmasi purkaladi, oʻsuv davrida biologik preparatlardan dendrobatsillin (1,0—1,5 kg/ga), gomelin (0,8—1,0 kg/ga) eritmalari, hosilni yigʻishdan 20—30 kun oldin insektitsidlar bilan dorilanadi, kasalliklarga qarshi yerni kuzda shudgorlash, oʻsimlik qoldiqlarini yigʻib olish, urugʻlikni ekishdan oldin dorilash tadbirlari oʻtkaziladi.


Download 4.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling